2021 yilda necha kun dam olamiz?

DO`STLARGA ULASHING:

Prezidentning tegishli farmoni (PF-6122, 03.12.2020y) bilan 2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilandi hamda dam olish kunlari ko‘chirildi.
Farmonga muvofiq, 2021 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
 2 sentyabr – payshanba;
3 sentyabr – juma.
Shuningdek, 2021 yilda dam olish kuni 27 mart — shanba kunidan 22 mart — dushanba kuniga ko‘chirildi.
Bundan tashqari, 2021 yil 2 yanvar – shanba, 20 mart – shanba, 22 mart – dushanba va 4 sentyabr – shanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kunlari hisoblanadi.
Byudjet tashkilotlarida qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini 2 ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. Ammo mehnat ta’tili davomida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi.
azon.uz

Оставьте комментарий