21-noyabr Butunjahon salomlashish kuni

DO`STLARGA ULASHING:

Butunjahon salomlashish kuni «Siz salomlashing va sizga ham salom berishadi” degan shior ostida 21-noyabrda Butunjahon salomlashish kuni o’tkaziladi. Misr va Isroil o’rtasida bo’lib o’tayotgan sovuq urush avjiga chiqqanda 1973-yil bu bayramni amerikalik ikki aka-uka Maykl va Brayen Makkomaklar o’ylab topganlar. Xalqaro ahvolning keskinlashib ketmasligi uchun bu kun norozilik belgisi sifatida juda ham kerak edi. «Oddiy, lekin samarali harakat” kerak degan samimiy tabriklar bilan xatlar jo’natishdi. Dunyoda tinchlik bo’lishi uchun ular o’zlarining g’oyalari bilan hech kimni majbur qilmoqchi emas edilar. Bu g’oya 180 ta davlatlarda qo’llab quvvatlandi. Butunjahon salomlashish kunini har yili turli kasbdagi va yoshdagi fuqarolar nishonlab kelmoqda.
Kim qanday salomlashadi?

21-noyabr tarixda birinchi marta insonni havo sharida uchishi kuzatilgan kun
Insonni havoga ko‘tarish fikri aka-uka Mongolfyalarga tegishli. Ular shu maqsadda uchish apparatini yasash g‘oyasini ilgari surdilar. Bunday apparatni ya’ni issiq havo bilan to‘ldirilgan havo shari boshqaruvchisiz  1783-yil 5-iyunda uchirildi. Ular tomonidan qurilgan yirik shar balandligi 22.7 m, diametri 15 m edi. Uning quyi qismiga ikki kishiga mo‘ljallangan aylana ayvon mahkamlanadi. Lekin Fransiya qiroli Lui XVI qurilma avtorlariga uchishda o‘zlari ishtirok etishlariga ruxsat bermadi. Va tarixda birinchi marta aka-uka Mongolfyalar tomonidan qurilgan havo sharida ximik Jan Fransua Pilatr de Rozye do‘sti markiz Fransua de Arlando bilan uchishga otlandilar. Issiq havo bilan to‘ldirilgan shar Parijning g‘arbida joylashgan shaharchadagi de la Myuet qal’asining bog‘idan 1783-yil 21-noyabrda havoga ko‘tarildi. Havoda suzuvchilar 915 m balandlikka ko‘tarildilar va 25 daqiqada 9 km masofani bosib o‘tdilar, keyin esa Fontenblo yo‘li yaqinidagi ochiq maydonga muvaffaqiyatli qo‘ndilar. Uchish o‘ziga yarasha ajoyib voqyea edi, bundan tashqari kimyogarlarni ilgari surayotgan nazariyalarini to‘g‘ri ekanligini isboti sifatida ham katta ahamiyatga ega edi. Havo sharini boshqaruvchisiz va boshqaruvchi bilan uchishi to‘rtta taniqli kimyogarlar-Djozef Blek, Genri Kavendish, Djozef Pristli va Antuan Lavuazyelar bilan chambarchas bog‘liq. Keyingi yillarda Yevropada havo sharida ko‘plab uchishlar amalga oshirildi. Insoniyat shunday qilib uchishga o‘rgandi.

21-noyabr Egeya dengizida «Britanik” kemasi – «Titanik” egizagi cho’kib ketgan kun
1916-yil 21-noyabr ertalab Egeya dengizida «Britanik” kemasi cho‘kib ketdi. O‘sha vaqtning eng katta kemasi hisoblangan «Britanik” gospitalga mo‘ljallanib qayta jihozlangan va Birinchi jahon urushi harbiy harakatlarida faol qatnashgan. «Uayt Star Layn” kompaniyasining beshta tezyurar yirik passajirlar kemasidan biridir. «Britanik” — gospital kemasi boshida passajir layneri sifatida qurilgan va «Gigantik” deb nomlangan. U cho‘kib ketgan «Titanik” kemasi o‘rnini bosish uchun o‘ylab topilgan va takomillashtirilgan holda yaratilgan. Masalan, suv palubalardan tortib kayutalargacha suv o‘tkazmaydigan devor bilan qoplangan. Biroq o‘zi yaratilgan joyda Sutgempton-Nyu-York  yo‘nalishida bo‘lish nasib etmadi. Buning o‘rniga layner birdan  Britaniya harbiy flot boshqarmasi ixtiyoriga o‘tkazildi, va gospitalga moslashtirilib jihozlandi.Shu maqsadda  «Britanik” bortiga 3000 dan ortiq patsiyent qabul qila olar edi.  1915-yil noyabrda layner flot tarkibiga kiritilib O‘rtayer dengiziga jo‘natildi. O‘rtayer dengiziga besh marta muvaffaqiyatli safarni amalga oshirdi va Britaniya imperiyasining 15000 ta soldatini olib keldi. 1916-yil 21-noyabrda Egeya dengizida nemis minasiga yo‘liqib, ag‘darilib ketdi va 55 daqiqa ichida cho‘kib ketdi. Qutqaruvchilarning yaxshi tashkillashtirilgan ishlari sharofati bilan 1136 ta jarohatlangan guruh a’zolaridan 21 tasi halok bo‘ldi. 2000-yil rejissyor Brayan Trengard-Smit tomonidan «Britanik” badiiy filmi suratga olindi.

21-noyabr Xalqaro televideniya kuni
21-noyabr cheksiz axborotu ma’lumotlar makoniga aylangan, keng omma ma’naviy ehtiyojlarini qondiruvchi vosita sifatida xizmat qilib kelayotgan televideniyasiz hayotimizni tasavvur qilolmaymiz. Televideniya tarixi deyarli bir asr avvalgi davrga borib taqaladi. Zamonaviy yassi ekranli televizorlarning bobokalonlari XX asrning yigirmanchi yillarida, AQSh, Yaponiya va Rossiya hududida elektron nurlar orqali tasvir uzatish va qabul qilish borasida tadqiqotlar olib borish jarayonida paydo bo’lgan. 1996-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi ilk marotaba Butunjahon televizion forumini tashkil etish haqida qaror qilib, tadbir o’tkaziladigan sanani «Xalqaro televideniya kuni» deb e’lon qilgan. Garchi dunyoning ko’pgina mamlakatlaridagi soha vakillari 21-noyabrni bayram sifatida nishonlasa-da, boshqa barcha ayyomlar kabi ushbu kunda ham javlon urib ishlayveradilar. Darvoqe, ko’plab manbalarda televizorning vatani deya poytaxtimiz Toshkent e’tirof etilgan. Elektron televideniya tizimi 1928-yilda Toshkentlik ikki kashfiyotchi B.P.Grabovskiy va I.F.Belyanskiy tomonidan yaratilgan. Tajriba sifatida qo’llanilgan ilk televizion uskuna o’sha paytda «telefot” deb nomlangan.

21-noyabr Turinda shokolad festivali
2003-yildan buyon o’tkazilib kelinayotgan Turin shokolad festivali 21-noyabrda (2014-yil hisobi bo’yicha) o’tkaziladi. Hozirgi vaqtda Turinni Italiyaning shokolad markazi deb atash mumkin: bu yerda har yili bu shirinlikdan 85 ming tonna ishlab chiqariladi, bu esa shokolad ishlab chiqarishning dunyo bo’yicha 40%ini tashkil qiladi. Festival kunlarida shokoladning har-xil turlaridan tatib ko’rishlari, ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatishlari mumkin. «CioccolaTo” festivali o’n kun davom etadi va shu kunlarda ko’plab tomoshalar, madaniy tadbirlar, o’yinlar va bolalar uchun musobaqalar o’tkaziladi. Lekin voqealar markazida, albatta, shokolad turadi. Shokoladdan xohlagancha tatib ko’rish, ishlab chiqarishni kuzatish, mahalliy shokoladga baho berish mumkin. Ko’rgazma maydonida shokolad fabrikasi ishlab turadi.

24 комментария к “21-noyabr Butunjahon salomlashish kuni”

  1. Уведомление: Аноним

  2. Уведомление: replica wathches

  3. Уведомление: สล็อตวอเลท

  4. Уведомление: nova88

  5. Уведомление: nova88

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: เงินด่วนออนไลน์ โอนเข้าบัญชี ได้จริง

  8. Уведомление: Devops Services

  9. Уведомление: sbo

  10. Уведомление: mcx-spear

  11. Уведомление: click to investigate

  12. Уведомление: molly drug in england,

  13. Уведомление: MDMA Crystal

  14. Уведомление: vigrx

  15. Уведомление: calm music

  16. Уведомление: motivation music workout

  17. Уведомление: relax

  18. Уведомление: sweet jazz

  19. Уведомление: massage music

  20. Уведомление: jazz instrumental music

  21. Уведомление: motivational music

  22. Уведомление: winter jazz

  23. Уведомление: jazz relaxing music

  24. Уведомление: smooth bossa nova

Комментарии закрыты.