22-noyabr Vasko da Gama Ezgu Umid burnini aylanib o’tgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

1497-yil iyulda Hindistonga yo’l qidirish uchun 4 ta kemadan iborat ekspeditsiya Lissabondan jo’nab ketdi. Qirol ekspeditsiya uchun og’ir yuk kemalari «San-Gabriel” va «San- Rafael”, «Berriu” nomli 3 machtali elkanli kema va yuk tashuvchi kemalar yasashni buyurdi. Va buni hammasini tajribasiz dengiz sarkardasi Vasko da Gamaga topshirdi. Haligacha olimlar nima uchun Portugaliya qiroli ishni sinalgan moryak, Ezgu Umid burnini ochib mashhurlikka erishgan Bartolomeu Diashga topshirmaganligi ustida bahslashadilar. Diash bu nuqtani Bur deb ataydi, lekin burunni Hindistonga yo’l ochish umidida Umid deb o’zgartirdilar. Bu orzular o’zini oqladi faqat Diash bilan emas. Diash qirol uchun kuchsiz komandirdek ko’ringan deb hisoblaydilar. Bir safar u kemalarni Hindistonga etkazib bera olmadi, isyonkor matroslarni uddalay olmadi. Da Gama esa jur’atli va hattoki shafqatsizligi bilan ham tanilgan edi. Boshqa manbalarda aytilishicha qirol ekspeditsiyani Vaskoning otasiga topshirmoqchi bo’lgan, lekin u to’satdan vafot etgan. Nima bo’lishidan qat’iy nazar Vasko da Gama oldiga qo’yilgan vazifani uddaladi. U Afrikani janub tomonidan aylanib o’tdi, Ezgu Umid burnini bosib o’tib Hind okeaniga chiqdi va nihoyat ko’zlangan manzilga Hindistonga etib keldi. Da Gama ekspeditsiyasi ochgan yo’l Suetsk kanali ochilishiga qadar asosiy savdo yo’li bo’lib qoldi.
Qo`shimcha ma`lumot

22-noyabr Bolonyada jaz festivali
Bolonyada jaz festivali – bu musiqa ishqibozlari uchun katta voqea hisoblanadi. Yevropada eng yirik voqealardan biri hisoblanadigan bu festivalga dunyoning barcha burchaklaridan ajoyib musiqachilar va sadoqatli tomoshabinlar kelishadi. Festival birinchi martda 1958-yilda o’tkazildi, uni Angliyaga tashrifidan so’ng aynan jaz bilan og’rigan Alberto Alberti boshchiligidagi guruh tashabbuskorligiga ko’ra tashkil qilindi. Boshida festival muntazam o’tkazilmagan bo’lsa-da, taniqli yulduzlarni va oddiy iste’dodli musiqachilarni bu yerga kelishiga to’sqinlik qila olmasdi. Har doim Cheta Beykerdan va Dizzi Gillespi dan tortib Maylz Devisgacha bo’lgan XX asrning afsonasiga aylangan jazlaring hammasi festivalda kuylanar edi. Hozirgi vaqtda festival Bolonyaning bir nechta musiqali maydonlarida o’tkazilmoqda, bekorga Italiya musiqa shahri deb atalmaydi. Bundan tashqari bir qancha chiqishlar qo’shni Ferrara shahrida ham bo’lib o’tyapdi. Konsertlar turli janrlarda beriladi – organdan tortib kvartetgacha, kamer etyudlardan tortib hissiyotli raqs va uning musiqasigacha.

22-noyabr Meksikada musiqa kuni
Bu bayram kuzning oxirida, 22-noyabrda nishonlanadi. U meksikalik musiqachilarga va ularning homiylariga bag’ishlanib o’tkaziladi. Meksika musiqasi dunyodagi eng chiroyli musiqalardan biridir va meksikaliklar gruppasi buni isbotlashga doim tayyorlar! 22 -noyabrda Meksika musiqasi shaharning har bir burchagida tinmay yangrab turadi. Musiqachilarning ko’pchiligi shahar maydonlarida to’planishib, o’zlarini mahoratlarini atrofdagilarga namoyish qilishadi va musobaqalashishadi. Shu kuni ayollar o’rtasida milliy konkurs bo’lib o’tadi. Meksikaning ajoyib musiqasini ijro etgan va milliy qo’shiqlarni mahorat bilan ijro etgan ayol musobaqa g’olibi bo’ladi. Meksikaliklar musiqani juda sevishadi va musiqa kunini kutib ham o’tirishmaydi. Butun yil bo’yi shahar ko’chalarida yuzlab qo’shiqchilar o’z san’atlarini namoyish qilishadi. Musiqachilar ozgina pul evaziga har qanday melodiyani chalib beradi.

10 комментариев к “22-noyabr Vasko da Gama Ezgu Umid burnini aylanib o’tgan kun”

  1. Уведомление: mindcontrol chaturbate

  2. Уведомление: sbo

  3. Уведомление: Burnley dating

  4. Уведомление: เงินด่วน 30 นาที ถูกกฎหมาย

  5. Уведомление: เงินด่วนออนไลน์ โอนเข้าบัญชี ได้จริง

  6. Уведомление: 토토포켓몬

  7. Уведомление: Alexa Nikolas

  8. Уведомление: 4-aco-dmt effetti,

  9. Уведомление: interieuradvies aalten

  10. Уведомление: most reliable psilocybin mushroom seller​

Комментарии закрыты.