7-noyabr Minsk Xalqaro «Xazonrezgilik” («Listopad”) kinofestivali kuni

DO`STLARGA ULASHING:

7-noyabr Minsk Xalqaro «Xazonrezgilik” («Listopad”) kinofestivali kuni
Belorussiya poytaxti Minskda bo’lib o’tadigan yirik kinoforum – Xalqaro «Xazonrezgilik” («Listopad”) kinofestivali 7-noyabrda (2014-yil hisobida) boshlanib, hafta bo’ylab davom etadi. Belorussiya festivalida har yili ko’plab mamlakatlarning kinoindustriya mutaxassislari, kinematografiya havaskorlari va taniqli madaniyat arboblari yig’iladi. «Listopad” kinofestivalining asosiy konsert tantanalari Minsk tantanalar saroyida bo’lib o’tadi. Ayni kinoforumning asosiy maqsadi Belorussiya kinosan’atini ommalashtirishdan iborat. Bu esa: kinoning yuqori sosial-madaniy holatini tashkil qilish, Rossiya, SNG mamlakatlari, Yaqin xorijiy davlatlar bilan kinematografiya sohasidagi yagonalikni saqlash, ijodiy munosabatlarni rivojlantirish va xorijiy hamkasabalar bilan tajriba almashish, kinematografiya sohasida yoshlar ijodini qo’llab-quvvatlash va shular jumlasidandir. «Listopad» o’z faoliyatini 1994-yildan boshlagan. Birinchi yili Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qozog’iston davlatlari 12 ta filmlari bilan ishtirok etgan. Vaqtlar o’tishi bilan festival yuksak nufuzga erishdi va 2003-yil festivalda SNG mamlakatlari filmlarigina emas, balki Polsha, AQSh, Eron, Serbiya, Bolgariya, Chexiya, Xitoy, Yaponiya davlatlari ham o’z filmlari bilan ishtirok etishdi. Hozirgi vaqtda bu festival jahonda eng zo’r premуeralar to’planadigan va ko’rsatiladigan yirik Yevropa kino festivallaridan biri hisoblanadi. 2013-yil dunyoning 40 dan ortiq davlatlari 145 ta film bilan ishtirok etishdi. Bundan tashqari, tashkilotning yuqori darajaga ko’tarilganligi belgisi sifatida «Listopad” 2013-yil Xalqaro prodyuserlar federasiyasining assosiasiyasiga vakil qilib tayinlandi. «Listopad” dunyodagi eng nufuzli kinoforumlar – Moskva, Berlin, Kann, Venesiya kinofestivallar qatoridan joy oldi. Kinofestival kino konkurslar bilan chegaralanib qolmasdan, unda konkursdan tashqari o’tmishdagi ko’rsatuvlar, taniqli kinoematografistlar bilan uchrashuvlar, press-konferensiyalar, maorifga oid forumlar, seminarlar va har-xil ko’rgazmalar va kechalar ham bo’lib o’tadi.

11 комментариев к “7-noyabr Minsk Xalqaro «Xazonrezgilik” («Listopad”) kinofestivali kuni”

  1. Уведомление: DevOps Companies

  2. Уведомление: Usa Inmate

  3. Уведомление: sbobet

  4. Уведомление: Buy magic mushroom online USA

  5. Уведомление: stop screenshot

  6. Уведомление: cbd google

  7. Уведомление: browse around this site

  8. Уведомление: go x app

  9. Уведомление: Blue meanie magic mushroom

  10. Уведомление: หวยลาว

  11. Уведомление: duurzaam speelgoed

Комментарии закрыты.