7-sentyabr Braziliyaning mustaqillik kuni

DO`STLARGA ULASHING:

1822-yil 7-sentyabr – Janubiy Amerikaning yuragi  hisoblangan Braziliya o’z mustaqilligiga erishgan. Portugal sayyohi Amerigo Vespuchchi Janubiy Amerikani alohida materik sifatida 1497-yilda kashf etgan, uch yil o’tgach, Braziliya 1500-yilda boshqa Portugal sayyohi – Pedru Alvaresh tomonidan kashf etilgan. Braziliya 1822-yilning 7-sentyabrida o’z mustaqilligiga erishgan, 1889-yildan boshlab respublika deb e’lon qilingan. Kashf etilgan vaqtda portugaliyaliklar Braziliya hududiga Vera Krush Yeri (portugalchada «Vera – Krush” «haqiqiy xoch” ma’nosini anglatadi), deb nom berishgan. Ammo keyinchalik ushbu mamlakat Braziliya deb atala boshlagan. Mutaxassislarning fikricha, mamlakat hozirgi nomining kelib chiqishi bu yerdan Yevropaga katta miqdorda olib ketilgan sandal daraxtining turi – «pau – brazil” bilan bog’liq. Mazkur qimmatbaho daraxt Yevropaga buyoq, mebel va musiqa asboblari ishlab chiqarish uchun olib kelingan. Mamlakat aholisi dunyodagi eng aralash tarkibga ega bo’lgan braziliyaliklardan tashkil topgan. Jumladan, oq tanlilar, asosan, portugaliyaliklar, italiyaliklar, ispanlar, nemislar, arablar aholining 53,9 foizini, mulatlar (oq va qora tanlilarning avlodlari) – 38,5, qora tanlilar – 6,2, osiyoliklar (asosan, yaponlar) – 0,5, hindular – 0,43 foizini tashkil etadi. Aholi soni XIX asrning 80 yillaridan boshlab tez ko’paya boshlagan. XVIII asrning boshlarida mamlakat hududida 1,2 mln. kishi yashagan, 1790 yilda 2,9 mln. kishi, XIX asr oxirida – 17,9 mln. kishiga yetgan.

14 комментариев к “7-sentyabr Braziliyaning mustaqillik kuni”

  1. Уведомление: sbo

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: mckennaii mushroom,

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: liquor store for sale in

  6. Уведомление: sbo

  7. Уведомление: เงินด่วน

  8. Уведомление: 토토굿게임

  9. Уведомление: สล็อตpg

  10. Уведомление: Continue Reading

  11. Уведомление: 늑대닷컴

  12. Уведомление: white magic truffles

  13. Уведомление: clase azul tequila website​

  14. Уведомление: relaxing music

Комментарии закрыты.