8-Mart yaqin Xazil she’r

DO`STLARGA ULASHING:

8-Mart yaqin
Xazil she’r🌺
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
O‘ylab qoldi Sottixon
Ko‘zida porlab chaqin.
Oz qoldi, xali zamon
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Tilla zanjir o‘ziga,
Atlas kerak qiziga.
Shakar qo‘shib so‘ziga
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Ishdan kelar xo‘jayin,
Charchagandir bu tayin.
Bexuda so‘z aytmayin.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Kulib qarshi olayin,
Shirin taom solayin.
Parvonalar bo‘layin.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Ishlarin qildi shoshib,
Dam xam yeb qoldi oshi.
Keldi umr yo‘ldoshi.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Xush kelibsiz arslonim.
O‘zimni paxlavonim.
Sizga fidodir jonim.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Mana suv yuvingiz qo‘l.
Toliqtirmadimi yo‘l?
«Sochiq obke qizim bo‘l».
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Keldingizmi charchamay?!
O‘zim sizdan aylanay.
Issiq non yopdim atay.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Sho‘rva bor oshdan oldin,
Qo‘yning go‘shtidan soldim.
Ishdan vaqtli keb qoldim.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
O‘g‘lingizga majlis bor.
Ovora bo‘lmang zinxor.
O‘zim olaman xabar.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Qizingizda to‘garak,
Ip-u kalava kerak.
Obkeldim barin birdek.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Bozorda surinmang deb,
Toliqib, urinmang deb.
Ro‘zg‘orimga berdim zeb.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Oilaviy bo‘lib jam.
Tortildi taomlar xam.
O‘zingga shukur Egam.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Choy iching achchiqqina,
Qilmaylik araz, gina.
Suyanchimsiz birgina.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Binokorim, tog‘imsiz.
Chor yon taraf bog‘imsiz.
Baxtga to‘lgan chog‘imsiz.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Ko‘pdan buyon Boqivoy.
Maqtov eshitmovdiyov.
Shu o‘z xotinimi voy.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Buncha shirin so‘zlari,
Kulib turar ko‘zlari.
Sottixonmi o‘zlari?!
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Endi bersam eьtibor.
Lab ustida xoli bor.
Buncha go‘zal bu dildor.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Avvalar derdim » ey xotin,
xamma ishingdan ortgin.
Sen xam ro‘zg‘orni tortgin».
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Bilsam yelkadosh ekan.
Uyim der, yuvosh ekan.
Shirin suhbatdosh ekan.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Qars ikki qo‘ldan ekan-da,
Men «o‘v xotin»deganda.
«Xa nima» der ekanda.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Endi tilida labbay.
Gulim desam bir gulday.
Shuni sevmayin qanday?!
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
O‘yga tolganin ko‘rib,
Sottixon gapni burib.
So‘zin boshladi turib:
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
«Ishda muammo yo‘qmi,
Baridan ko‘ngil to‘qmi.
Esizda bormi-yo‘qmi?
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Aytolmay turgan edim,
Bir zanjir ko‘rgan edim.
Xavasda yurgan edim.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Aravani teng tortsak,
Agar ro‘zg‘ordan ortsak.
Shu tillani sotvolsak».
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Boqivoy der: «Xap seni,
Reja qilganding neni?
Ko‘ndirmoqchisan meni.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Shundan ekanda nozing,
O‘zgaribdi ovozing,
Ishqdan kuylaydi sozing.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Erkaklaaar chatoq axvol.
Sizdayam bormi shu xol?
Kengashish kerak darxol.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Yaxshiyam yilda bir bor.
Keladi bayram takror.
Shu tilla nega darkor?
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Bu muloyim Sottixon.
O‘zgarmasin u tomon.
E, mayli bo‘lsin omon.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Qarab ko‘nglin mayliga,
Oberayin mayliga.
Ketdik tilla sayliga».
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸

Оставьте комментарий