9-noyabr Ispaniyada zaytun festivali kuni

DO`STLARGA ULASHING:

9-noyabr Ispaniyada zaytun festivali kuni
Har yili kuzda Andaluziyadagi Baena shahrida zaytun va zaytun yog’i festivali o’tkaziladi. Bayram zaytun hosilini yig’ishni tugallashga bag’ishlanadi. 1998-yil 9-noyabrdan 11-noyabrgacha bo’lib o’tadigan zaytun va zaytun yog’i Yevropa festivali har yili o’tkazilib, yirik festivallrdan biri hisoblanadi. Kichkina shaharcha Baena zaytun yog’i ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda yetakchilardan biri bo’lib, andaluz oshxonasining haqiqiy asosi bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun festival yerning bu nematiga tashakkur sifatida quvnoq muzika, o’yinlar va to’kin dasturxon atrofida o’tkaziladi. Aynan noyabrda hosil to’liq etishtirib olinib, qayta ishlanib, keluvchi minglab turistlarga bu delikatesni ulashish uchun maxalliy xalq tayyor turadi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, Ispaniyada zaytunning yuzlab turlari bor. Italyan oshxonasini taniqli Parmezan pishlog’isiz tasavvur qilib bo’lmaganidek, ispan ovqatlarini zaytunsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Dunyo bo’yicha zaytun yog’i ishlab chiqarishni 45% Ispaniyaga to’g’ri keladi. Baena «Ispaniyaning zaytunlar poytaxti” deb ataladi. Shahar atrofidagi zaytun bog’larining maydoni 400 kv km. Birinchi zaytun yog’ini greklar boshlab berishgan, keyin boshqa territoriyalarga tarqalgan. Qadimgi ruslar ham Kiev knyazi stoliga zaytunni grek sotuvchilaridan sotib olishgan. O’sha vaqtlardan zaytun yog’i yoshlik va go’zallik manbayi ekanligi ma’lum edi. Gomer uni suyuq oltin deb atadi, Aristotel zaytunni foydali birikmalarini o’rganishga alohida ilm sifatida qaradi, Gippokrat zaytun yog’ini foydali tomonlarini alohida ta’kidlab, ulardan foydalanib, davolashningbir necha usullarini yaratdi. Va hozirgi kunda bu sehrli yog’ dunyoda boshqa yog’larga nisbatan eng qimmatli hisoblanadi. Kulinarlar, vrachlar, parfyumerlar undan unumli foydalanishadi. Zaytun yog’ining o’ziga xos va qimmatli jihati shundaki, tarkibida ko’p miqdorda olein kislotasi mavjud, uning sharofati bilan organizmdan xolesterin moddasi chiqarib yuboriladi va qarish jarayonini sekinlashtiradi. Mevasi-rezavor, danakli, tusi qora, to’q binafsha. Mevasi etida 80% gacha, mag’zida 30% gacha moy, oqsil, vitamin S va karotin bor. Qurg’oqchilikka chidamli, -13-18 daraja sovuqqa bardosh beradi. Ispaniyadagi zaytun festivali bu nafaqat quvnoq va bayramona tadbir, balki zaytun va zaytun yog’ini ishlatishni turli usullarini o’rgatish, o’simlikni butun dunyo va alohida odamlar uchun naqadar ahamiyatli ekanini eslatib turishdan iborat.

19 комментариев к “9-noyabr Ispaniyada zaytun festivali kuni”

  1. Уведомление: nova88

  2. Уведомление: buy psilocybin mushrooms california​

  3. Уведомление: chat gay

  4. Уведомление: sbo

  5. Уведомление: denver mushroom dispensary​

  6. Уведомление: jav

  7. Уведомление: wholesale liquor for sale online

  8. Уведомление: limanbet giriş

  9. Уведомление: maxbet

  10. Уведомление: screenshot block

  11. Уведомление: 스포츠토토사이트

  12. Уведомление: free swinger sites

  13. Уведомление: Aller voir

  14. Уведомление: find out here

  15. Уведомление: rich89bet

  16. Уведомление: golden teacher mushroom quest,

  17. Уведомление: serviços informática lisboa

  18. Уведомление: blue magnolia mushroom potency

  19. Уведомление: here

Комментарии закрыты.