Go’dakni massaj qilamiz

DO`STLARGA ULASHING:

Profilaktika uchun qilinadigan massaj go’dakning jismoniy va ruhiy rivojlanishini barkamollashtiradi. Profilaktika massaji maxsus malaka talab qilmaydi. Asosiysi nozik massaj qilish va go’dak reaktsiyasiga diqqat bilan e’tibor qilish.
Massaj kundalik parvarishning eng asosiy o’rinlaridan birini egallaydi, chunki massaj bilan faqatgina terini tinchlantirmay, balki tayanch harakat organlarini, asab, yurak va qon aylanish sistemasiga ijobiy ta’sir etadi.
Hozirgi kunda profilaktik massaj go’dak parvarishida muhim o’rin egallashini hech bir etuk mutaxassis inkor qilmaydi va massaj ertaroq – go’dakning birinchi kunlaridanoq boshlash kerak. Massajni har bir oila a’zosi bajarishi mumkin, buning uchun bilim va ko’nikmalar talab etilmaydi.
Massajni bir necha hillari mavjud:
  • Profilaktik
  • Profilaktik davolovchi
  • Davolovchi
Profilaktik davolash va davolovchi massaj muolajasi faqat pediatrning tavsiyasi asosida, mahsus mutahassis tomonidan bajariladi.
Zamonaviy klinik izlanishlar natijasida massajning go’dak organizmi jismoniy barkamol bo’lishida muhim o’rin egallashi tasdiqlandi. Massaj teri, ichak a’zolari, umuman olganda go’dakning organizmiga ijobiy ta’sir qiladi. Massaj asab sistemasiga ijobiy ta’sir etadi, ta’sirchan va asabiy go’daklarga profilaktik massaj ijobiy ta’sir etib, uyqu va xulq atvorini maromiga keltiradi. Bu massaj usulini minimal ma’lumotga ega oilaning har bir a’zosi bajarishi mumkin.
Go’daklar hayotining birinchi yilida profilaktik massaj tavsiya etiladi, ayniqsa, ishtaxasiz, ham harakatli, chala tug’ilgan go’daklar; sun’iy oziqlantirishdagi va kuchsiz mushakli go’daklar; hamda kasallikdan chiqqan go’daklar uchun.
O’tkir va surunkali patologiyalarda profilaktik massaj tavsiya etilmaydi. Har qanday holatda ham profilaktik massajga o’tish jarayonidan oldin pediatr bilan maslahatlashish darkor.
Mutahassislar yig’lab turgan go’dakni massaj qilish tavsiya qilishmaydi. Avvalambor, go’dakning massajga bo’lgan salbiy nisbatini aniqlab, uni yo’qotish kerak. Qo’lingiz sovuqligi yoki go’dakning qorni och bo’lsa yig’lash ehtimoli kuzatiladi; unda qorin og’riqlari, meteorizm ta’sirida yoki boshlanayotgan kasallik oldi bo’lishi mumkin. Agarda siz massajni juda intensiv ravishda qilayotgan bo’lsangiz, bu holat go’dakda og’riqlar paydo bo’lishiga olib keladi.
Massaj ovqatlantirgandan 30-40 daqiqadan so’ng, ya’ni bola tinch va to’ygan holatida boshlanadi. Bu muolaja taxminan 5-20 daqiqalar davom etadi. Go’dak terisi toza va quruq bo’lishi shart! Shuning uchun massajdan oldin go’dakni chayintirish kerak va quruqlab artish lozim. Massaj uchun iliq, tinch va elvizaksiz joy bo’lishi kerak. Xona xarorati +24-25S bo’lishi kerak. Go’dak bilan birgalikda stolda, karavotda yoki erda joylashib, mayin musiqa qo’ying.
Boshlaymiz:
  • Qo’llaringiz toza va quruq bo’lishi kerak. Zeblarni (uzuklarni) echib, qo’lingizga kerakligicha yog’ surting. Qo’lni ishqalab qiziting. Go’dak iliqlikni sezishi lozim.
  • Massajni go’dak boshidan boshlang. Barmoq uchlari bilan yuz va tomoqni mayin uqalang. Quloqlarni, qosh chiziqlarini, qosh oralig’idan chakkaga mayin siypalang, burun va labni “chizing”.
  • Soat nili yo’nalishi bo’yicha go’dak qornini engil harakatlar bilan silang. Jigarni (o’ng qovurg’a tagida) massaj qilish tavsiya etilmaydi.
  • Ehtiyotkorlik bilan go’dak ko’kragini uqalang. Harakatlarni markazdan yonga qarab ko’krak qafasini ezmasdan amalga oshiring.
  • Go’dak qo’llariga o’ting. Go’dak panjasini ushlab qo’lini ko’taring, panjadan elkaga qarab silang.
  • Oyoqlarga o’ting. Oyoq tagini ushlagan holda oyog’ini ko’taring va tagidan tozga qarab tashqi tomonidan silang.
  • Oyoq tagini massaji ayniqsa muhim. Oyoqni ustki va pastki qismlarini nozik silang. Har bir barmoqlarni alohida uqalang.
  • Go’dakni qorniga o’girib, orqasini bo’yindan dumbaga va aksincha silang.
  • Massajdan so’ng go’dakni issiq kiyintirib, dam oldiring.
Qo’llaringiz go’dak tanasida engil harakatlanishi kerak. Massajni amalga oshirish uchun go’dak yog’idan foydalaning, u qo’llaringiz engil va sirg’aluvchan harakatini ta’minlaydi, go’dak terisini esa namlantiradi. Massaj vaqtini shunday belgilangki, sizga hech kim va hech narsa halal bermasin. Hech qaerga shoshilishingiz kerak emas, farzandingiz esa butunlay bo’shashishga tayyor bo’lishi kerak.
Profilaktik massaj go’dak bilan qo’shimcha muloqot uchun ajoyib imkoniyatdir.

Оставьте комментарий