Aliexpress o’zbek tilida. Aliexpress haqida barcha ma’lumotlar.

DO`STLARGA ULASHING:

Bizda ko’pchilik internetda xarid qilishdan juda qo’rqishadi, chunki internet do’konlar tomonidan yolg’on va firibgarliklar haqida ko’p bor eshitganmiz. Hamda O’zbekistonda bu narsa uncha rivojlanmagan, ko’pchilik internet do’konlar haqida bilmaydilar ham. Ahir biz hamma narsani Ippodrom, Abu-sahiy, Navoiy ko’cha va boshqa bozorlaridan sotib olishga odatlanib qolganmiz. Qanday qilib Xitoydan Internet orqali xarid qilish mumkin’ligi, uni O’zbekistonga, nafaqat pochta bo’limiga, balki sizni uygacha eltib berishadi desa, siz ham ishonmagan bo’lardingiz. Lekin ishoning bu ayni haqiqat. Bunga misol sifatida men o’zimni va mingdan ortiq posilkasini Xitoydan qabul qilib olgan, va hali ham yangi buyurtmalar berayotgan odamlarni ayta olaman. Bu odamlar soni kun sayin ortib bormoqda. Siz bu maqolani o’qiyotgan ekansiz, sizga aliexpress haqida bilish va Xitoydan Internet orqali xarid qilish juda qiziq. Shopogoliklar safiga hush kelibsiz!

 

Aliexpress — nega u bunchalik mashxur?
AlieKspress (yoki AlieXpress) sayti dunyoning eng ko’p kiriladigan saytlari qatoriga kiradi, masalan Rossiyada u Facebook, Instagram, Twitter, LiveJournal va boshqa ko’plab mashxur saytlarni ortda qoldirgan. Bu shunchaki Internet magazin (Internet do’kon) bo’lsa ham, ko’pgina ko’ngilochar saytlardan o’zib ketti.

Dunyoda 46, Rossiyada 9-o’rin

O’zbekistonlik foydalanuvchilar uchun ham Aliexpress kun sayin tanilib bormoqda. Uning bu darajada mashxurligi bekorga emas, Aliexpress shunday afzalliklarga egaki, ular haqida bugun gapirib o’tmasam bo’lmaydi. Men bugun Aliexpress haqida xolis odamdek fikr yuritmoqchiman, uni maqtamoqchi ham, yomonlamoqchi ham emasman, faqat borini yozaman.

Aliexpress sayti ko’pgina tillarda ishlaydi. Afsuski u yerda o’zbek tili hozircha yo’q, lekin kelajakda qo’shib qo’yishsa ajab emas. Bizga rus tili yaqin bo’lgani uchun  ham saytimdagi ko’p misollar aliexpressning rus tili versiyasidan olingan. Aliexpress saytida o’zingizga qulay tildan foydalanishingiz mumkin. Daromad.ru saytida esa  aliexpress o’zbek tilida!

Aliexpress sayti bo’limlari

Boshlashdan avval sizni aliexpress sayti bo’limlari bilan tanishtirmoqchiman, ahir u yerda bo’limlar ko’p va ularga to’g’ridan to’g’ri olib boruvchi ssilkalar (manba) yo’q. Agarda manzilni aniq bilsangiz (yoki ularni zakladka qilib qo’ysangiz), kerakli bo’limga darhol o’tishingiz mumkin.

www.aliexpress.com — bu saytning asosiy sahifasi. Agarda WWW ni qo’shmay aliexpress.com deb yozsangiz, sizni aliekspressni ruscha saytiga o’tkazishadi.

ru.aliexpress.com — bu saytning ruscha versiyasi. Agarda saytni asosiy versiyasiga o’tmoqchi bo’lsangiz, o’ng tarafda, tepada «Go to Global Site (English)» tugmasiga bosing.

login.aliexpress.com — aliekspressda ro’yxatdan o’tish sahifasi. Ro’yxatdan o’tish qiyin emas, shunday bo’lsa ham, men siz uchun bu haqida maxsus, rasmlar orqali tushuntiradigan maqola yozganman.

group.aliexpress.com — saytning bu bo’limi qaynoq takliflar deb ataladi. Bunga sabab bu bo’limdagi mahsulotlar narxi eng past ko’rsatkichda bo’ladi. Ularni korzinkaga solib bo’lmaydi, faqatgina darxol sotib olish mumkin.

superdeals.aliexpress.com— bu СУПЕР СДЕЛКИ (super bitimlar) bo’limi: yahshi maxsulotlar uchun yahshi chegirmalar. Har kuni yangi mahsulotlar, ko’pgina yahshi narsalarni foydali narxlarda sotib olish mumkin.

activities.aliexpress.com — bu sahifada bo’lib o’tayotgan aksiyalar ko’rsatiladi.

mall.aliexpress.com — bu MOLL bo’limi (inglizchadan mall — «savdo markazi»), bu yerda faqat taniqli va ishonchli brendlar sotiladi.

trade.aliexpress.com — bu sizning Aliexpressdagi sahifangiz, u yerda barcha posilkalaringizni ko’rishingiz, savdogarlar bilan bog’lanishingiz, eltib berish manzilini ko’rsatishingiz mumkin va xokazo.

portals.aliexpress.com — bu bo’lim orqali Aliexpressda pul ishlashingiz mumkin. Bannerlar, ssilkalarni oling va olg’a! Lekin men sizga Aliexpress orqali pul ishlash uchun bu usulni maslahat beraman.

ru.itao.com — bu boshqa bir alohida sayt, lekin Aliekspressga ulangan. ITAO — bu aliexpress xaridorlari sotib olgan narsalarini maqtanadigan yoki muxokama qiladigan ijtimoiy tarmoq.

Saytda yana boshqa kichik bo’limlar ko’p, shuni o’zi sizga Aliexpress sayti qanchalik katta ekani ko’rsatdi deb o’ylayman. Hamda, men qisqaroq qilib aliexpress saytining afzallik va kamchiliklari haqida gapirib bermoqchiman. Agarda sizga qiziq bo’lsa, maqolani o’qishda davom eting va ssilkalarga bosib kerakli sahifaga o’ting.

Nega AliExpress ko’pchilik uchun qiziq?

Kuniga bir necha ming odam bu saytda ro’yxatdan o’tishiga ko’pgina sabablar bor, men sizlarga ularni tushuntirib beraman. Hamda sizni havfga solishi mumkin bo’lgan holatlar haqida ham gapirib o’tmoqchiman. Lekin keling, yahshisidan boshlaymiz…

1. Aliexpressda mahsulotlar juda ham arzon!

Nima uchun Aliexpressda narxlar past? Hammasi oddiy: aliekspress — bu Xitoy maxsulotlari sotiladigan sayt, Xitoyda esa, bilishimizcha, barcha narsa juda arzon. Lekin bu hammasi emas.

Aliexpress — bu shunchaki Internet magazin’ni anglatmaydi, aliexpress — bu xitoyliklar ishlaydigan ulgurji va chakana savdo bozoridir. Bu yer oddiy odam ijaraga joy olib, istagan maxsulotini sotadigan bozorga o’xshaydi.

Sotuvchilar o’rtasida katta raqobat mavjud bo’lib, buning oqibatida narxlar pasayishi yuzaga keladi.

Raqobat kuchliligi tufayli sotuvchilar har xil aksiyalar uyushtirishadi. Yanada qizig’i, hohlagan sotuvchi bilan to’g’ridan to’g’ri gaplashib, chegirma so’rashingiz mumkin.

2. Aliexpressning rus tilidagi sayti borligi!

Bu kimlarnidir hursand qilmasligi mumkin. Lekin o’zingiz o’ylang sayt Hitoy tilida bo’lganida nima qilgan bo’lar edingiz? Mayli ingliz tilida deylik, oramizda ko’pchilik bu tilni bilmasa kerak? Uni Rossiyada top-10 saytlar ro’yxatiga kirgani ham bejiz emas.

Meni saytimda Aliexpress o’zbek tilida. Demak har qanday sizga tushunarsiz narsa bo’lmasin, Daromad.ru  sayti orqali uni yechimini topishingiz mumkin!

3. Aliexpress posilkalarni o’rtadagi odamlarsiz, to’g’ridan-to’g’ri Hitoydan yuboradi.

Bilasizmi, nega oddiy do’konlarda ko’pincha maxsulotlar qimmat sotiladi?  Chunki shu do’konga kelgunicha bechora maxsulot nechta olib-sotarlar qo’lida aylanadi. Aliexpressda esa bunday holat ro’y bermaydi, har bir sotuvchi shaxsan o’zi, maxsulotni to’g’ridan-to’g’ri sizni manzilingizga yuboradi. Bu nafaqat qulay, balki maksimal ravishda narxni arzonlashtiradi.

Agarda yetkazib berish xaqqini sotuvchi to’lashini xisobga olsak, siz o’z buyurtmangizni minimal arzon narxda olasiz. Men atayin zakaz (buyurtma) qilgan ko’p mahsulotlarim (maxsulotlarim) narxini O’zbekistondagi narxi bilan solishtirib ko’rganman, Aliexpressdagi narx doim kamida 40-50% arzonroq chiqqan.

4. Tanlash uchun maxsulotlar xilma xilligi!

Aliexpressda Xitoydagi deyarli barcha narsani xarid qilish mumkin. Pochta orqali yuborish ta’qiqlangan narsalardan tashqari albatta. Ko’pgina odamlar bu Internet do’konida soatlab mahsulotlar izlashadi va xarid qilishadi. Shaxsan o’zim bir qiziqib qolsam, 3-4 soatlab qolib ketishim mumkin.

Aliexpressdagi ko’pgina mahsulotlarni, bizning kichik shaharlardan topish qiyin. Topsangiz ham u albatta Xitoydan keltirilgan bo’ladi.

Maslahat: Aliexpressda xarid qilayotib, huddi shunday mahsulot sizning shaharda sotiladimi yo’qmi aniqlang. Qanday narxda ekan? Agar narxlar bir xil bo’lsa, yahshisi uni uyingizga yaqinroqdan olganingiz yahshi, bunday holatda uni tekshirib ko’rishingiz va kafolat olishingiz mumkin. Agarda bunday mahsulotni sizni shaharda topib bo’lmasa, uni albatta Aliexpressdan zakaz qiling.

Aliexpress bilan qanday muammolar bo’lishi mumkin?

Hammasi oson ekan deb o’ylashga shoshilmang, Xitoyda huddi bizga o’xshagan odamlar ishlashadi. Ularni ichida sizni aldashga urinadigan firibgarlari ham, vijdonini mahsulotiga qo’shib sotib yuborganlari ham uchrab turadi. Lekin bundan qo’rqish kerak emas, bozorga borganingizda sizni hisobda yoki tarozda aldashlariga yo’l qo’ymaysiz-ku to’g’rimi? Hammasi sizni tajribangiz va diqqatingizga bog’liq.

Aliexpressda qanday vaziyatlarga duch kelish mumkin? Mana bu yangi foydalanuvchilar beradigan asosiy savollar:

1. Aliexpressda meni aldashlari mumkinmi?  

Afsuski, bu savdo rastasidagi sotuvchilarning barchasi ham insofli emas. Shunday sotuvchilar borki, ular 1-2 kunlik do’kon ochishadi, mahsulotni sotishadi, lekin sizga hech nima jo’natishmaydi. Sifatsiz yoki talabga mos kelmaydigan mahsulot yuborishlari ham mumkin.

 

Lekin bu borada o’ylanib o’zingizni qiynamang, bunday xolatni oldini olishni bilish, yahshisi avvaldan qallob sotuvchilarni tanib olish kerak.

Maslahat: bu maqolada, aliexpressda qanday aldashlarini o’qing, hamda sotib olishdan avval mahsulot haqida fikrlar va izohlarga e’tibor qarating.

2. Aliexpress o’zbek tilida: Aliexpressda sifatli maxsulotlar bormi? 

Ha, bunday mahsulotlar juda ko’p. Lekin Xitoyliklar ba’zida aldab turishlari sir emas. Saytda mahsulot haqida yahshi narsalarni yozib, sizga yomon mahsulotni yuborishlari mumkin, ahir mahsulot narxi juda arzon va siz uni qaytarib ovora bo’lib yurmaysiz deb umid qilishadi.

Lekin qolgan barcha mahsulotlar sifatsiz ekan deb o’ylash kerak emas, bir sotuvchining o’zida sifatli maxsulot ham, juda yomon maxsulot ham bo’lishi mumkin, ahir Aliexpress bu bozor, do’kon emas.

3. Menga yuborilgan posilka yo’qolib qolishi mumkinmi?

Bunday holat ham bo’lishi mumkin, sotuvchi vijdonan mahsulotni yuboradi, lekin bizning pochta mahsulotni yo’qotib qo’yadi. Shunday holat ham bo’ladiki, sotuvchi yetkazib berish uchun arzon yo’llarni qidiradi va posilka bu oraliqda yo’q bo’lib ketadi. Lekin bu kam uchraydigan holat.

Siz duch kelishingiz mumkin bo’lgan noqulay vaziyatlar shular. Hozir kirib turgan saytingiz, aliexpress.com saytidan ishonch bilan foydalanishingizga yordam beradi. Saytimiz endi rivojlanish bosqichida turibdi, agarda siz yangiliklardan birinchi bo’lib boxabar bo’lishni istasangiz, shu maqola tagida o’zingizga qulay bo’lgan usul orqali saytimizga obuna bo’lishingiz mumkin.

 

Maslahat: agarda posilka yo’qolib qolsa, vahima qilishga xojat yo’q, shunchaki sotuvchi bilan baxs oching (спор с продавцом) va siz sotuvchini albatta yutasiz, ishonavering!

Aliexpress o’zbek tilida — Aliexpress saytidan xarid qilish kerakmi?

Shubxasiz, Aliexpressdan xarid qilish kerak! Faqat ko’rib turganingizdek, bunga aql bilan yondashish kerak. Tajriba yig’ib olsangiz, o’ylangan va foydali xaridlar amalga oshirishingiz osonlashadi.

Daromad.ru saytingizdagi maqolalar esa ALBATTA sizga katta yordam beradi. O’ylaymanki bu siz uchun juda qulay. O’qing va o’rganing do’stlar!

Daromad.ru sayti endi sizniki. Ushbu saytingiz orqali Xitoydan xarid qilishga oid o’zingizni qiziqtirgan har qanday kerakli ma’lumotni topishingiz mumkin, agar topa olmasangiz saytimizda siz uchun Savol-Javob bo’limi bor, u yerda istagan savolingizni yozib qoldiring va men sizga yordam beraman.

18 комментариев к “Aliexpress o’zbek tilida. Aliexpress haqida barcha ma’lumotlar.”

  1. Уведомление: Sex Chat Live Xxxxxx

  2. Уведомление: WordPress Hosting

  3. Уведомление: sbo

  4. Уведомление: sbo

  5. Уведомление: sbo

  6. Уведомление: jettes un coup d'oeil à

  7. Уведомление: read this article

  8. Уведомление: 0 chocolate

  9. Уведомление: visit website

  10. Уведомление: look at here

  11. Уведомление: Ultimate weed buying

  12. Уведомление: หมอนวดอิสระ

  13. Уведомление: lsd pills quantity,

  14. Уведомление: how to join illuminati

  15. Уведомление: situs togel 4d

  16. Уведомление: Compusi Organici Volatili (COV)

  17. Уведомление: ดูดวงไพ่ยิปซี

  18. Уведомление: ufaeazy เว็บตรง

Комментарии закрыты.