Islomdagi birinchi masjid

DO`STLARGA ULASHING:

Islomdagi birinchi masjid

Saudiya Arabistonining Madina shahridagi Qubo masjidi Islom tarixida birinchi qurilgan masjid hisoblanadi. Uni Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) milodiy 622-yilda (hijriy 1-yilda) barpo etgan.
Masjid yillar davomida bir necha marta ta’mirlangan va kengaytirilgan. 1829 yilda Usmoniylar sultoni Mahmud II Qubo masjidini to‘liq qaytadan qurishni buyurgan. Oxirgi ta’mirlash 1986 yilda bo‘lib o‘tgan.

Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon ma’lum qilishicha masjid maydonini kengaytirish bo’yicha yangi loyiha ishlab chiqilgan, unga ko’ra masjid maydon 50 000 kvadrat metrga kengaytiriladi bu esa uning amaldagi maydonidan 10 baravar ortiq. Loyiha yakunlangach, masjid 66 000 ming namozxonni sig‘dira oladi. Yangi masjid loyihasi misrlik me’mor Abdel Vohid al-Vakil tomonidan ishlab chiqilgan.

Оставьте комментарий