Muhammad Yusuf tavalludiga bag`ishlangan tadbir senariysi

DO`STLARGA ULASHING:

Adabiyot fanidan Muhammad Yusuf tavalludiga bag`ishlangan tadbir senariysi

Muhammad Yusuf – el ardog’idagi shoir. Tadbir ssenariysi

“Zor – zor  yig’lab  turar  Andijon”  qo’shig’i  ijrosi tugallanishida  2  olib  boruvchi  chiqib  keladi.

1-boshlovchi:

Bashoratchi  deyishadi  shoirlarni,

Shuning  uchun  suyishadi  shoirlarni.

Suyib  turib  suyishadi  shoirlarni,

Qizg’aldoqlar  qirlarda  xor  yig’lar  bu  kun.

2-boshlovchi:

Bashoratlar  yolg’on  chiqsa  bo’lmasmidi,

Yolg’on  chiqsa,  tole`  nima  kulmasmidi.

Qaro  yerning  bag’ri  sizsiz  to’lmasmidi,

Boychechaklar  bag’rimda  qon  yig’lar  bu  kun.

1-boshlovchi:

Talpingani  ko’klammidi  ko’ngilchamning,

Ko’k  kiygani  ko’klammidi  ko’ngilchamning.

Kiyay  desa  ko’k  kammidi  ko’ngilchamning,

Kapalaklar  kaftimda  xor  yig’lar  bu  kun.

2-boshlovchi:

Kuylamasman  endi  sira  muhabbatni,

Kuylasam  ham  o’ylamasman   muhabbatni.

Esga  olib  har  zamonda  Muhammadim,

Erka  kiyik  xumor -xumor  yig’lar  bu  kun.

1-boshlovchi:

Assalomu  alaykum  hurmatli  ustozlar,  aziz  o’quvchilar.  Muhammad  Yusufning  yorqin  hayoti  va  ijodiga  bag’ishlangan “Muhammad Yusuf – el ardoqlagan shoir” mavzusidagii kechamizga xush kelibsiz, azizlar.

2-boshlovchi:

Bevaqt  o’lim  adabiyotimiz  gulshanida  barq  urib  ochilib,  yashnab  turgan  bir  chechakni uzdi-yu,    ketdi.

1-boshlovchi:

Muhammad  Yusuf  adabiyotimizga  chaqnab  kirib  kelgan,  qisqa  vaqt  ichida  eng  yosh    “O’zbekiston  xalq  shoiri”  sifatida  tanilgan  xalq  shoiri  edi.

2-boshlovchi:

Uning  xalqona  ohanglardagi  misralari  o’zbekning  chin  ma’nodagi  ma’naviy  mulkiga  aylandi.

1-boshlovchi:

Agar  Muhammad  Yusuf  she’rlarini  jamlab,  bir  nom  bilan  umumlashtirsa,  uni  “O’zbek  xalqiga  qasida”  deb  atash  mumkin  bo’lar  edi.  Chunki  har bir she’r misrasi ortida  O’zbek , uning dardi, quvonchi, tashvishi, mehri, orzu-umidlari, qo’ying-chi, butun hayoti gavdalanadi.

1-boshlovchi:

Dillarni titratib sovuq shum xabar

She’r ahlini etdi dilgir va mayus

Safar tez qaribdi nechun bu qadar

Siz qayga ketdingiz, Muhammad Yusuf.

1-boshlovchi:

Atrofni kuzatib besabr, beshavq,

Qalbida qo’zg’alib bor amri ma’ruf.

Osmonday yurakni biz uchun to’shab,

Siz qayga ketdingiz, Muhammad Yusuf.

Muhammad Yusufga bag’ishlab yozilgan she’rlar

Muhammad Yusufning “Uzr she’ri”.

Biz bahorga oshiq bo’ldik, kuzdan uzr,

Xazonlarda qolib ketgan qizdan uzr,

Har ne o’tsa bizdan o’tdi, bizda gunoh,

Tug’ilmagan qo’shiqlarim sizdan uzr.

Dili borga dardim dildan to’kkanim rost,

So’z boshida bosh egib tiz cho’kkanim rost.

Gohi jonni avaylagan-qo’riqchim rost,

Tug’ilmagan qo’shiqlarim sizdan uzr.

O’ksimasin zardob to’la ko’ngilchangiz.

Daryo-daryo ko’z yoshim bor cho’milsangiz,

Men ham mashhur bo’larmidim , tug’ilsangiz,

Tug’ilmagan qo’shiqlarim sizdan uzr.

Yuragimning tagidasiz  yalpizdan past,

Goh o’ylayman –shundoq qo’lim uzatsam bas!

Yuzingiz bir ko’rmay sira o’lgim kelmas.

Tug’ilmagan qo’shiqlarim sizdan uzr.

 

Qo’shiq.

1-boshlovchi:

Shoir  O’zbekiston  atalmish  yurt  farzandi  ekanligidan  cheksiz  g’ururlanardi.  U  millatning  chinakkam  fidoyi  farzandi  edi.  Mehr  va  samimiyat  bilan  “Muhammad  Yusufman  O’zbekistondan”  deya  o’zbekligidan  faxrlanar,  boshqalarni  ham  shunga  undar  edi.

2-boshlovchi:

Aziz  vatanimiz va xalqimizning  armonli  ohiga  aylangan  Mirzo  Ulug’bek,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur    kabi  zotlarning  qismati,  Amir  Temur,  Alisher Navoiy  kabi  siymolar  taqdiri  shoir  qalamidan  she’r  bo’lib  emas,  hasrat  bo’lib  to’kiladi.

1-boshlovchi:

Xalqni  ozod  ko’rish  istagida  shahid  ketganlarning  bezovta  ruhlari  shoirni  qiynaydi. Shuning  uchun  bo’lsa  kerak,  qatag’onlik  davrining  jirkanch  manzaralari  va  bevaqt  xazon  bo’lgan  vatandosh  ma’rifatparvar  ajdodlarimiz  ruhini  shod  etish  maqsadida  jo’shib  yozardi.

2-boshlovchi:

O’zbekning  ardoqli  shoiri  Muhammad  Yusuf  ko’plab  jadid  adabiyotining  namoyondalariga  bag’ishlab  madhiyalar  yozgan.  Ular  tilidan  so’zlaydi,  orzu- istaklarini  namoyon  qiladi.

 

1-boshlovchi:

Bir  arsloni  o’tdi  O’zbekning,

Ohi  ko’kka  yetdi  O’zbekning.

Quyosh  yig’la,  osmon, aza  tut,

Muhammadi  ketdi  O’zbekning.

2-boshlovchi:

Baland  ketdi,  shoniga  ketdi,

Jannatning  ayvoniga  ketdi.

Turk  yukini  yelkalashay  deb,

Yassaviyning  yoniga  ketdi.

Sahnada  tarixiy  shaxslar  siymosi  gavdalanadi.

Amir  Temur  siymosi

O’shal  kuni  qayda  eding,  bolam  derman,

Qulog’ingga  yetmadimu  nolam  derman.

Meni  qo’zg’ab  nima  topdi  olam,  derman,

Yurtdoshlarim  so’rog’iga  bering  javob.

Tirik  ersam  tinmasdi-ku  yarog’im,

O’lik  jondin  na  istarlar,  qarog’im.

Qo’lim  qayda  deyman,  bosh  chanog’im.

Farzandlarim  so’rog’imga  bering  javob.

Bu  qandayin  ko’rgulik,  yo  rabbano,

Yovuz  yotdan  yer  ostida  yo’q  panoh.

Mirzo  Bobur  qayda,  qayda  Mironshoh,

Yurtdoshlarim  so’rog’imga  bering  javob.

Dunyo  topdim deydi ,  dunyo  yig’ladim,

Men el uchun ot ustida uxladim,

Nahot endi o’z go’rimga sig’madim,

Farzandlarim so’rog’imga bering javob.

Men ne qilay,

Men bir ojiz bandaman,

Ruhlar bilan bir jonu bir tandaman.

Uzr so’rab har kun  samarqanddaman,

Ulug’ naslim so’rog’imga bering javob.

 

              Mirzo Ulug’bek so’zlaydi.

Bag’rimda bo’y etgan bo’z bolam,

Mergan bolam, lochin ko’z bolam.

Bo’g’zimga tig’ urgan o’z bolam,

Men dardimni kimga aytaman.

Sezmay qoldim..O’shanda chog’im,

Yulduzlarda ekan nigohim.

Bilmadim ne ekan gunohim,

Men dardimni kimga aytaman.

Qancha g’amga botmagan edim,

Qancha og’u yutmagan edim.

O’z bolamdan kutmagan edim!

Men dardimni kimga aytaman.

Tanim muzlab, goh tosh qotaman,

Men shoh emas , axir otaman,

Go’rimda ham o’ylab yotaman,

Men dardimni kimga aytaman.

             

           Mirzo Bobur

Toqatim topdi oqibat,

Taxtni yov oldi oqibat,

O’z yurtim qoldi oqibat

Afg’on ketdim daryo kechib.

Omad kelar ketar ekan

Jon do’sting ham sotar ekan

Ortingdan tosh otar ekan,

Hayron ketdim daryo kechib.

Ikki ko’zim elimdadur,

Cho’g’dek so’zim tilimdadur.

Dilim yonib, dilimda bir

Armon, ketdim daryo kechib.

Bog’ishamol sayr endi-

Qilg’ay chiqib g’ayr endi.

Boburing yo’q , xayr endi,

Anjon, ketdim daryo kechib.

Qo’shiq: “Unutmoq osonmas ularni”

1-boshlovchi:

Muhammad Yusuf  she’rlari orqali nafaqat o’zini, balki qancha – qancha  hofizlarni, xonandalarni elga tanitdi. Shoirning har bir so’zi she’r edi. U inson qalbining tub-tubidagi dardini topib yoza olardi. Shoirning yuragi xalq yuragi bilan hanohang urardi.

2-boshlovchi:

U kishi barcha mavzularda:  muhabbat, Vatan, ona, shaharlar madhiyasi, tarixiy shaxslar, tabiatga bag’ishlab ijod qilardi. Hatto “peshonasi yo’q qizg’aldoq…” dan tortib “ko’zi to’la  yosh jayron” gacha barcha-barchani sevardi.

She’rlar. Sahnaga o’quvchilar kirib keladilar.

1-o’quvchi:

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam.

Majnun bo’lib sahrolarga yetaklasam

Bu dunyoda birday g’arib men ham, sen ham.

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam.

Shamol emas , izing quvib yurdi kamon,

Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron,

Sening joning, mening jonim- omonat jon

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam.

2-o’quvchi:

Gulim, mehr ko’zda degani yolg’on

Mening dilimda hech o’chmas yolqinsiz,

Qancha korishmasak shuncha qadrdon,

Qancha oils bo’lsak shuncha yaqinsiz.

Siz shirin dardimsiz, shirin azobim.

Siz mening ko’klardan topgan oftobim

Yerlarda yo’qotgan ko’zmunchog’imsiz.

Siz o’sha ko’zimning kiftida yurgan

Siz osha ko’nglimga ko’ngli in qurgan

To’kilay deb tilim uchida turgan,

She’rimsiz, bir umr bitmas ohimsiz.

3-o’quvchi:

                   Belbog’

Pahlavon  yigitcha  polvon  yigitcha,

Dimog’i  osmonni  olg’on  yigitcha.

O’zbek  ekaningiz  yolg’on,  yigitcha,

Belbog’ingiz  qani  belingizdagi?

Uzr,  og’ir  olmang  achchiq  so’zimni,

Qoq  yuragingizga  sanchiq  so’zimni.

Nega  yahnatmaydi  boqsam  ko’zimni,

Belbog’ingiz  qani  belingizdagi?

Asli-ku  siz  tinim  bilmas  dehqonsiz,

Ter  to’kib,  hech  minnat  qilmas  dehqonsiz.

Dunyoni  gullatib  qo’ygan  hoqonsiz,

Belbog’ingiz  qani  belingizdagi?

Tovoningiz  o’psa  arzir  bu  tuproq,

Qancha  o’psa  shuncha  qarzdir  bu  tuproq.

Ammo  g’urur  kerak  insonga  ko’proq,

Belbog’ingiz  qani  belingizdagi?

Ulkan  paxtazordir  yurtning  to’rt  yog’i,

Yerni  oqqa  o’rab  bo’ldingiz  chog’i.

O’sha  paxtangizdan  tikilgan  shohi,

Belbog’ingiz  qani  belingizdagi?

Dehqoni,  cho’poni,  bog’boni  bari,

Turkiyning  to’qson  olti  qabilalari.

Ey,  Mirzo  Boburning  nabiralari, 

Belbog’ingiz  qani  belingizdagi?

Sahnaga  Abdulla  Qodiriy  qahramonlari  chiqishadi.

Zaynab:

Tengim  boshqa,  dedi  yor,

Topdim  desam  tengimni.

Marg’ilonlik  bir  dildor

Tortib  oldi  begimni.

Kulgi  ketmay  ko’zimdan

Yog’ar  bo’ldi  ko’z  yoshim

Ko’z-ko’z  qilib  baxtini 

Yoqar  bo’ldi  kundoshim.

Nima  bo’ldi,  bek  yigit, 

Bekangizga  qarash  yo’q?

Kumushdan ming  o’rgilib,

Zaynabdan  hol  so’rash  yo’q.

Taqdir  derdim, shum  taqdir,

Ko’nglim  ko’nsa  kuymasdim.

Begim,  Sizni  men  axir, 

Kumushdan  kam  suymasdim.

Qolsam  dardim  bir  dunyo,

Ketsam – bir  uy  ko’chim  bor,

Kumushoyni  keltirgan

Aravada  o’chim  bor!

***   ***  ***   ***   ***   ***   ***    ***   ***   ***   ***

Sen  Shirinu  men ham  Farhod  emasman,

Sen  achchig’u  men  ham  novvot  emasman.

Zaynab,  Zaynab,  menga  aytma  zoringni

Sen  dilxun-u  men  ham  dilshod  emasman.

Boshga  neki  tushsa  ko’pdan  atamish,

Biz  bir  qafas  aro  giryon  bir  juft  qush.

Bir   go’shada  sen  xomushsan, men  xomush,

Sen  vayronu  men  ham  obod  emasman.

Qo’shiq:  “Marg’ilonda  Kumushni  ko’rdim”

1-boshlovchi:

Vatanparvarlik  g’oyalari  Muhammad  Yusuf  she’riyatining  o’zagini,  tub  mohiyatini  tashkil  etadi.

2-boshlovchi:

Vatanni  har  kim  o’zicha  suyadi,  o’zicha  ardoqlaydi.  Muhammad  Yusuf  O’zbekistonni  alohida  bir  mehr  bilan  alqaydi.

1-boshlovchi:

Xalq  uchun,  Vatan  uchun,  Mustaqillik  uchun  yonib  yozardi.  Uning  “O’zbekiston”  she’rini  bir  eslang-a.  Qanday  go’zal,  jozibali,  kuchli  qo’shiq  bo’ldi.  Hatto  yoshlar  madhiyaga  aylanib  ketdi. Shunday  she’rni  bitgan  shoir  o’lishi  mumkin-mi?  Yo’q  also!  U  hamisha  tirik. U biz bilan.

1-boshlovchi:

Vatan  haqida  juda  ko’p  yozilgan.  Biroq  yozmoq  bilan yozmoqning  farqi  bor.  Muhammad  Yusuf  bir  she’rida  “Yurtim  seni  iddaolar  qimay  sevaman”  deb  aytganida  qanchalar  haq  edi.  Darhaqiqat,  u  o’z  elini,  xalqi,  vatanini  chin  farzandday,  beg’araz,  sitqidildan  yaxshi  ko’rar  edi.  Shu  mehrining  natijasi  o’laroq,  uning  she’riyati  ham  xuddi  shundoq  beminnat  va  beg’araz  she’riyat  sifatida  maydonga  keldi.

She’rlar:

  • “Vatan”
  • “Vatan madhi”
  • “Ulug’imsan, Vatanim”

Barcha  birgalikda  “Yoshlar  madhiyasi”ni  baralla  ijro etishadi.

Оставьте комментарий