Abdulla Qodiriyning O‘tgan kunlar insho

DO`STLARGA ULASHING:

INSHO
MAVZU: ABDULLA QODIRIYNING «O‘TGAN KUNLAR»
RЕJA:
1. Kirish:
Romanning yaratilish tarixi
2. Asosiy qism:
a) Otabek va Yusufbek hoji obrazlari.
b) Otabek va Kumush sevgisi.
c) “O‘tkan kunlar”-hayot haqiqati aks etgan romandir.
3. Xulosa
Abdulla Qodiriy ijodining muhim xislati-tarixiy burilishlar davrida xalq ichida bo‘layotgan katta xodisalar tasviriga murojaat yetishidir. Bu xislat, ayniqsa uning yirik tarixiy prozasida yaqqol ko‘rinadi. 1922 yilda parchalari bosilib, 1926 yil boshlarida nashrdan chiqqan «O‘tgan kunlar» romani yaqin o‘tmishning yeng og‘ir, yeng qora kunlari bo‘lgan «Xon zamonlariga» bag‘ishlangan yedi. «O‘tgan kunlar» ham mazmun, ham shakl, ham uslub jihatidan butun O‘rta Osiyo xalqlari adabiyotida tom ma’noda novator bo‘lib, katta ijtimoiy qiziqish tug‘dirdi.
Abdulla Qodiriy ongli ravishda novatorlik yo‘li bilan bordi va izlanishlari samarali bo‘ldi. U o‘zbek romanchilik maktabini yaratdi.
«O‘tgan kunlar» romani «yangi zamon romanchiligi bilan tanishuv yo‘lida kichkina bir tajriba, yana to‘g‘rirog‘i, bir havas» yedi. Ammo o‘zbek adabiyotida to‘ng‘ich roman bo‘lgan-«O‘tgan kunlar» bir milliy adabiyotda hozirgi zamon ma’nosidagi etuk adabiyotimizning g‘alabasigina bo‘lib qolmay, butun o‘zbek mumtoz adabiyotidan abadiy o‘rin oldi. «O‘tgan kunlar» da o‘zbeklar va boshqa O‘rta Osiyo xalqlari hayotining XIX asr birinchi yarmidagi manzarasi yoritilgan. Feodallik zulmi, hukmdorlarning xalqlar va qabilalar orasiga nizo solishi, ularni bir-biriga tezlashi, buning fojiali oqibatlari, bu fojiani ko‘rib, mamlakatni manfaatparast xonlar va beklar beboshligidan xalos qilishni orzu yetgan ilg‘or kishilarning boshiga tushgan kulfatlar «O‘tgan kunlar»ning mazmunini tashkil etdi.
Davr uchun juda xarakterli va ijtimoiy taraqqiyotga bevosita aloqador voqealar Abdulla Qodiriy tomonidan san’atkorona tasvirlab bergani uchun «O‘tgan kunlar» o‘zbek xalqi va O‘rta Osiyo xalqlari adabiyotida yangi davr ochdi.
O‘tmish xodisalariga asar yaratilgan zamonning ilg‘or mafkurasi nuqtai nazaridan baho berishga intilish Qodiriy ijodiyotidagi tub burilishlaridagi alomatlaridan biridir. Turkistonda feodal mustamlaka zulmini ag‘darib tashlab yangi mustaqil hayot qurishga intiladi.
«O‘tgan kunlar» o‘tmishni ana shu yangi hayotga intilish nuqtai nazaridan baholash ruhi bilan sug‘orilgan Abdulla Qodiriy feodal davrni mehnatkashlar uchun zulm, baxtsiz xorlik davri sifatida qoralaydi. O‘tmishga shunday baho ma’rifat jihatdangina yemas, ijtimoiy va siyosiy jihatdan ham katta aktual ahamiyatga yega yedi. Yangicha davrga intilish, xalq ongida o‘tmishning adolatsizliklari haqida chuqur tushuncha hosil qilish bilan ham bog‘liq yedi. Zamonasining ijtimoiy yehtiyojlarini sezgan Abdulla Qodiriy uchun birdan-bir to‘g‘ri yo‘l-haqqoniy tasvir yo‘li bilan boradi. Abdulla Qodiriy davrning hayot manzarasini, oddiy kishilarning taqdirini tasvirlash orqali yaratishi xarakterlidir, bu esa yetuk romanchilik xususiyatidir.
«Tarix bizga voqealarni, uni avra tomonidan, sahna tomonidan ko‘rsatadi. Ichkarida bo‘layotgan xodisalar ustidagi pardani ko‘tarib tashlaydiki, bu xodisalar orqasida haligi bizga ko‘rsatilayotgan voqealar manbai ham, ularning kundalik oddiy hayotda qanday ro‘y berishi ham bekinib qoladi.
Roman tarixiy faktlarni aytib berishdan voz kechadi va voqealar romanning mazmunini tashkil yetuvchi xususiy voqea munosabati bilan tilga oladi, ammo shu shaxsiy voqea orqali bizning ko‘z oldimizda tarixiy voqealarning ichki faktlarini, ularning astarini ochib beradi…. Mamlakat hayoti va asarning koloriti, ularning odatlari va xalqlari tarixiy romanning har bir xususiyatida (garchi bu uning maqsadi bo‘lmasada) yaqqol ko‘rinib turadi. Shuning uchunham tarixiy roman-fan sifatida tarixning san’at bilan qo‘shilib ketgan nuqtasidir, tarixning qo‘shimchasidir; go‘yoki uning boshqa tomonidir.
Abdulla Qodiriy o‘z tasvirida tarixiy faktlarga, hatto ayrim shaxslar Xudoyorxon, Musulmonqul, Azizbek va boshqalarni tasvirlashga suyangan holda, davr tavsifi, «jamiyat hayotining poyetik analizi» ni romanning markaziy qahramonlari Otabek va Kumushning taqdirini tasvirlash orqali beradi. Otabek va unga hayrihoh kishilarning taqdiri juda murakkab, ba’zan fojialidir. Bu ayniqsa romanning bosh qahramonlari taqdiri uchun xarakterlidir. Otabek, uning otasi Yusufbek Hoji, Kumushbibi va boshqalarning taqdiri orqali o‘quvchini o‘z davrining deyarli hamma ijtimoiy tabaqalari hayotiga olib kiradi.
Xon Xudoyorxondan boshlab qul Hasanaligacha jamiyatning turli tabaqalari vakillarining hayoti, bu davrda hukmdorlar va tobelar, xotinlar bilan yerkaklar, yoshlar bilan keksalar orasidagi munosabatlar, kishilarning turmushi va ularning bir-biriga bo‘lgan munosabatlari asar davomida lavhalarda gavdalanadi.
Abdulla Qodiriy xarakterlarning ishonchli va yorqin tasvirlanishiga alohida ye’tibor beradi.
Boylar va savdogarlar muhitidan Otabek, Yusufbek Hoji, Qutidor, Ziyo Shoxchi, Homid va boshqalar; feodallar muhitidan Azizbek, Musulmonqul, O‘tabboy qushbegi va boshqalar; mehnatkashlar muhitidan (ommaning tasviridan tashqari) Usta Olim, Usta Parpi va Hasanali hamda boshqalarning xarakterlari romanda juda ustalik bilan yaratilgan. Xarakterlar tasvirida yozuvchi, hayot haqiqatiga mos ravishda ularning xilma-xilligi, bir-biriga o‘xshamasligini ko‘rsatishga intiladi va shu bilan hayotning rang-barang yekani haqida tasavvur uyg‘otadi.
Agar faqat boyvachchalar doirasini olsak, Otabek bilan Homid xarakterlari shunchalik farqliki, ular bir-biriga qarama-qarshi bo‘lib maydonga chiqadilar. Xotin-qizlardan Kumush, Zaynab, Xushro‘y, O‘zbekoyim, Oftoboyim bir ijtimoiy muhit va bir jinsga mansubligiga qaramasdan bir-biridan juda farqli, yorqin obrazlardir. Abdulla Qodiriy xarakterlar tasvirida ularning «tabiiyligi» ga katta ye’tibor berar, hatto satira borasida ham «adabiyotda bir necha xil kulgi yo‘llari bo‘lsa ham… lekin yeng mo‘tabari xarakter kulgisi» yekanini uqtirib berar yedi.
«O‘tgan kunlar» qanchalik novatorlik xarakteriga yega bo‘lmasin, milliy adabiyotning asriy an’analaridan ajrab qolmagan, ularning yeng yaxshilarini rivojlantirish ruhida yozilgan.
Abdulla Qodiriy o‘z romanini Sharq xalqlari tomonidan necha asrlar davomida sevib kelingan «Tohir va Zahra», «Farhod va Shirin» larga o‘xshatgani bejiz yemas. Abdulla Qodiriyga mazmundan ajrab qolgan shakl, o‘quvchining tabiiy ta’b yehtiyojlari ko‘zda tutilmay yozilgan asar, bemaqsad va bema’ni «novatorlik» dan yot yedi. O‘z romanida adabiyotning an’analaridan «etarli darajada uzoqlashmagani» ni ayb hisoblagan tanqidchilarga qarata yozuvchi aytgan yedi.
Biz ko‘pchillik ishchi va dehqon ommasi uchun yozar yekanmiz, «yeski usul bilan yozadi, binoan alayx bu yozuvchiga birinchi nomerni bermaymiz» deb qilingan tasdiqlardan qo‘rqmaymiz.
Sovet adabiyotining ayrim vakillari turli formalistik «oqimlar» ta’siriga tushganidan kulib, A.Qodiriy «Mushtum» jurnaliga she’riy hajviyasida quruq shakliy «izlanishlar» yo‘liga tushib ketish halokatli deb ye’lon qilgan yedi. «O‘tgan kunlar» ning mumtoz adabiyot va xalq ijodi bilan bog‘lanadigan tomonlari-hayotdagi yorqin shaxslarga ye’tibor berish, ularni adabiyotga bosh qahramon sifatida olib kirish va yana ham «ko‘tarib» tasvirlashdirki, buning natijasida Abdulla Qodiriyning ijobiy qahramonlari kuchli jozibadorlik kasb yetadilar. Otabek o‘z davrining ilg‘or kishisi, u mamlakat va xalq taqdirini o‘ylaydi, feodal zulmning halokatli yekanini ko‘rib, undan xalos bo‘lish yo‘llarini axtaradi va zamonasi kishilarining ko‘pchilligiga yordam qo‘lini cho‘zishga harakat qiladi. Qodiriy zamonasi kishilarining ko‘pchilligiga xos bo‘lgan milliy va diniy cheklanganlik illatlarini engib, ijobiy namunani «yot xalq» dagi idora usulinigina havas qiladi va savdo ishlari bilan Shamayga borganda uning idora uslubini ko’rib, Turkistonda ham xuddi shunday idora uslubi bo‘lishini hohlaydi. Ziyo Shohchi oilasida bo‘lgan yig‘ilishda shu masalaga to‘xtalib o‘tadi. Otabek haqqoniy va samimiy so‘zlariga ahli hayron qoladi.
O‘zbek oyim qotib qolgan xarakter yemas. Voqealar jarayonida, muhit ta’sirida mana shu o‘jar ayol ongida, tabiatida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi; chunonchi, bir vaqtlar orqavarotdan «andi» sanalib yurgan Marg‘ilonlik keliniga ilk bor duch kelganda mehri jo‘shib, uni mahkam bag‘riga bosadi, yuzidan o‘pib, negadir yig‘laydi, yendi Zaynab qolib Kumush tomonga o‘tib ketadi.
Romanda xalqimiz udumlariga xos nafosat, hassoslik bilan yanada uyg‘unlashadi. Ba’zi misollar: Yusufbek hojining kelini Kumush bilan ilk bor uchrashuvi lavhasi shunday chiziladi: «Kumush uyalib zo‘rg‘agina salom berdi va Yusufbek hojining yaqiniga kelib bo‘yin yegdi. Hoji qo‘li bilan Kumushning elkasiga qoqib suydi va Kumushning manglayiga tekkizib olgan o‘z qo‘lini o‘pdi».
Kumush Otabekninggina yuragida sevgi, mehr muhabbat uyg‘otib qolmay balki O‘zbek oyim, Yusufbek hoji, Hasanali va boshqalarning yuragida iliq munosabat uyg‘otgan. Kumushni Marg‘ilonga ketishga O‘zbek oyim, Yusufbek hojilar ruxsat bermaydi. Kumushda ham ketish istagi tug‘ilmaydi. Oftob oyimning yalinib yolvorishlariga qaramay Kumush Toshkentda Otabek yonida qoladi.
Kumushning Toshkentda qolgani Zaynabga nechog‘lik og‘ir yekanligini bilish qiyin yemas. Kumush kelgan kundanoq Otabekdagi jonlanish, Yusufbek hojining Marg‘ilonda shunday kelinim bor yekan, bilmay yurgan yekanmiz degan so‘zlari, Zaynabga qanchalik og‘ir yekanligini tasavvur qilish kerak. O‘zbek oyimning Zaynabga bo‘lgan munosabati o‘zgaradi. Zaynab o‘tirsa o‘poq, tursa so‘poq, undan faqat xato va kamchilliklar axtaradi. Hammaning tilida Kumush. Kumush va Zaynabning o‘zaro urushlari Otabekni ham qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Yusufbek hoji Zaynab bilan Kumushni xonasiga kirgizib pand-nasihat qiladi, ikkisini yarashtirib qo‘yadi. Bu mojarolar davom yetsa ikkalalaringdan bittalaringning javoblaringni beraman degan Otabekning achchiq so‘zlari Zaynabga qattiq ta’sir qilardi. Chunki Zaynab bilardi, Otabek Kumushni qanchalik sevishini. Otabekning bu gaplari Zaynabga aytilayotgandek jo‘yilar yedi.
Ayniqsa, Zaynabning ayollik sha’ni, nafsoniyati tahqirlanganligi, javobsiz sevgi alamida o‘rtanib, sevmagan odam Otabek quchog‘iga o‘zini tashlab «jonsiz haykalni» o‘pib, quchoqlab yolvorishlari manzarasini ko‘rganda Zaynabning shu qadar yurak dardi borligini bilib o‘quvchi unga behad achinadi.
Kumushning xomiladorligini yeshitgan Otabek, Yusufbek hoji, O‘zbek oyim Kumushga bo‘lgan munosabatlari yana bir parda oshadi. Buni yeshitgan Zaynab oldin kundoshlik balosiga chidagan bo‘lsa, bu xabarni yeshitib yanada yeziladi.
Biz Zaynabga ham, Kumushga ham, Otabekka ham oson tutolmaymiz. Ota-ona ra’yi-orzusi tufayli ularning taqdiri chigallashib, baxti xazon bo‘layotganini ko‘rib, tushunib turamiz, buning uchun behad achinamiz. Kundoshlik muhitida bo‘sh-bayov, mut’e Zaynab sekin-asta «haqi» ni tanib, qasoskorga aylana boradi. Biroq u hali qotil darajasiga borgan yemas. Yehtimol, yegachisi Xushro‘y uning ko‘zini ochmaganida, o‘ziga «o‘zligini anglatmaganida» bir umr kuydi-chiqdilar ichida Kumush bilan murosa qilib o‘tavergan bo‘larmidi. Demak, Zaynab ko‘ngliga g‘ulg‘ula solgan Xushro‘y ham muayyan darajada Kumush halokatiga sababchi. Biroq yozuvchi bu ayolni ham oshkora qoralamaydi. Aksincha, xolis turib uning yegachisi Zaynabdan keskin farq qiladigan sajiyasini ta’riflaydi, ichki va tashqi qiyofasini chizadi, uning o‘ziga xos hayot, yashash aqidasini ko‘rsatadi. Ayni paytda Xushro‘yning isyonkor ona hatti-harakatlarini ham to‘la oqlay olmaymiz. Birovning oilasi vayronasi ustida tiklangan oilani haqiqiy oila, shafqatsizliklar evaziga topgan baxtni chinakam baxt deb bo‘lmaydi… Qodiriy realizmining kuchi avvalo ana shunda-hayotni, odamlar turmushi, taqdiri, tabiati, ular amal qiladigan aqidalarni bor holicha butun murakkabligi, ziddiyatlari bilan ko‘rsatganligidadir.
Qish kunlarining birida oy-u kuni etgan Kumush dard azobini chekayotgan bir vaqtda O‘zbek oyim Zaynabga atala qilishni buyuradi. Zaynab bunday qulay vaziyatdan foydalanib atalaga zahar soladi. Kumushning ko‘zi yoriydi. Yusufbek hoji oilasida yangi tug‘ilgan chaqaloq ovozi yangraydi. Shunday vaqtning birida Otabek tush ko‘radi, tushidan juda xavotirga tushadi. Otabek o‘g‘illi bo‘lganini yeshitib benihoya xursand yedi. Yusufbek hojining xursandchiligi dunyoga sig‘mas yedi. Faqatgina Zaynab yuragidan kechayotgan dard, alam, g‘azabini bilish qiyin yemas yedi. Bu xursandchilik uzog‘ga cho‘zilmadi. Ataladan tanavvul qilgan Kumushning a’zoi badani qaqshayotganini ko‘rgan O‘zbek oyim qiyin ahvolga tushadi. Otabek boyagina ota bo‘lganligi bilan faxrlanayotgan bo‘lsa, yendi Kumushning qiynalishini ko‘rib, nima egan yedi deb so‘radi. Shunda atalani ko‘rsatishdi, tabib atalani tekshirib ko‘rib Kumushning zaharlanganligini aytdi.
Butun oila bir zum sukut ichida qoldi. Otabek atalani kim qildi deb so‘radi, unga atalani Zaynab qilganligini aytishdi. Otabek qattiq g‘azab ichida Zaynabni chaqirdi, unga atalani egin deb baqirdi. Zaynab o‘zini chetga oldi. Otabek Zaynabni uch taloq qildi. Shu payt yeshikdan Yusufbek hoji keldi. Zaynabga ket bu erdan, hayf sendek xotinga deb haydadi.
Odamni titratib yuboradigan yana bir yorqin milliy lavha: Kumush zaharlanib o‘lim to‘shagida yotibdi. Qaynotasi Yusufbek hoji Kumushning boshiga kelib o‘tirdi. Kelinning ko‘zi yumiq, sochlari yuzi ustida parishon. Hoji kelinning sochlarini tuzatib, manglayiga qo‘lini bosdi, «Oyim… oyim» deb murojaat yetadi. Bunaqa tig‘iz holatda yoshi ulug‘ odam, qaynotaning kelin yoniga kelib parishon sochlarini tuzatishi, manglayiga qo‘lini qo‘yib hol-ahvol so‘rashi tabiiy bir hol. Shunga qaramay Kumush ko‘zini ochib besaranjom unga nazar tashlaydi va tanib… qo‘zg‘olmoqchi buldi. Qarangki, behush yotgan kelin bir dam o‘ziga kelib qaynotasini tanib, uning oldida aftodhol hijolat chekib, o‘sha nochor holatda ham odob bilan qo‘zg‘olmoqchi, o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi.
Kumushning ahvoli borgan sari og‘irlashdi va kuchli qonli qaytlardan keyin bu dunyoni tark yetdi. Zaynab nima bo‘ldi degan savollar tug‘iladi. U Kumushning hayotiga nuqta qo‘yibgina qolmay, balki o‘zining baxtli hamda baxtsiz kuniga nuqta qo‘ydi. U telbaga aylanib, men Kumushman deya qabristonlarda kezib yurardi.
Otabek yesa o‘g‘li Yodgor bilan Marg‘ilonga ketdi.
«O‘tgan kunlar» romanidagi voqealarga xulosa qilib aytganda romanni o‘qigan har bir o‘quvchi undagi Otabek, Kumush, Yusufbek hoji, Qutidor, Oftob oyim kabi ijobiy obrazlardan bahra oladi. Zaynab, Xushro‘y, Homid kabi baxil, qora niyatli salbiy obrazlarning taqdiri hamisha shu ahvolga tushushini asar davomida biladi. «O‘tgan kunlar» romanini o‘qiganda boshdan-oyoq qulog‘ingiz ostida voqea-xodisalar ruhiga mos musiqiy ohang yeshitilib turganday bo‘ladi. Bu ohanglar o‘quvchi dilida har xil kayfiyatlar uyg‘otadi.
Xullas, «O‘tgan kunlar» romani hayot haqiqatlarining xilma-xil qirralarini o‘zida mujassam yetgan, sir-sehrga to‘la noyob go‘zalliklar obidasidir.

Оставьте комментарий