Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon “ romanini o`rganish

DO`STLARGA ULASHING:

O`zbеkiston Rеspublikasi
xalq   ta’lim vazirligi
surxondaryo viloyat
sHO’RCHI TUMANI xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil
etish bo’limIGA  QARASHLI
 
27- UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
ONA TILI VA ADABIYOTI FANI  O’QITUVCHISI
Xo’janazarova MuhabbatNING
7-SINF ADABIYOT FANIDAN
Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan         chayon “ romanini o`rganish
MAVZUSIDAGI
 
Sana:                                                    Sinf: 7
Mavzu: Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon “ romanini o`rganish
 Darsning maqsadi: 
1.Ta’limiy:
O`quvchilarda “Mehrobdan chayon” asarining yozilish tarixi haqida, uning bosh timsoli bo`lgan Mirzo Anvar haqida tushunchalar hosil qilish;
2.Tarbiyaviy:
O`quvchilar ongiga tinimsiz o`qib-izlanish natijasida yuksak marralarga erishish va ushbu yo`lda uchragan qiyinchiliklardan cho`chimaslik kabi xislatlarni singdirish;
3.Rivojlantiruvchi:
O`quvchilarni o`qib-eshitganlaridan xulosalar chiqarishga, ijodiy fikrlashga o`rgatish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: muammoli vaziyat, “Teskari test”, “Besh bo`lakli matn”, “Klaster” usuli, guruhlarda ishlash.
Darsda foydalaniladigan jihozlar:
7-sinf “Adabiyot”darsligi, Abdull Qodiriy portreti, “Mehrobdan chayon “asari, markerlar,  oq qog`ozlar, rag`bat kartochkalari.
Darsning texnologik xaritasi
Dars bosqichlari
Ajratilgan vaqt
1
Tashkiliy qism
2 daqiqa
2
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
8 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
20 daqiqa
4
Mustahkamlash va xulosalash
10 daqiqa
5
Darsni yakunlash
3 daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Darsning borishi:
  1. Tashkiliy qism :              a) salomlashish;
                                                 b)navbatchi o`quvchi hisoboti tinglanadi;
  1.                          d) siyosiy va ma’naviy daqiqalar o’tkaziladi;
 
  1. O`tilgan mavzuni baholash:
  2. Dars adib Abdulla Qodiriyning quyidagi so’zlari bilan boshlanadi:
So’zim oxirida odil sudlardan so’rayman: garchi    men turli bo’hton,shaxsiyat va soxtalar bilan ikkinchi oqlanmaydurg’on bo’lib qoralandim.  Loaqal ularning, qoralovchi qora ko’zlarning ko’ngli uchun bo’lsa ham menga eng oliy bo’lg’on jazoni bera ko’ringiz. Ko’nglida shamsi g’uboroti teskarichilik maqsadi bo’lmag’on sodda, vijdonli yigitga bu qadar xo’rlikdan o’lim tansiqroqdir. Bir necha shaxslarning orzusicha ma’naviy o’lim bilan o’ldirildim. Endi jismoniy o’lim menga qo’rqinch emasdir. Odil sudlardan men shuni kutaman va shuni so’rayman.
1926- yil 15-iyun, Samarqand. (A.Qodiriyning suddagi nutqidan) (Ushbu matn monitorda ko`rsatiladi).
Ushbu matn yuzasidan o`quvchilarga savol beriladi , darsda muammoli vaziyat yuzaga keltiriladi.Savollar quyidagicha bo`lishi mumkin:
1.Abdulla Qodiriy 1926- yilda  nima uchun qamoqqa olindi?
2.U sudda o`zi haqida nima dedi?
3.Yozuvchiga qo`yilgan ayblar asossiz ekanligini  qaysi jumlalardan bilib oldingiz ?
Shu kabi savol-javobdan keyin guruhlar “Adolat”,”Vijdon”,”Haqiqat”,”Nomus”,”Insof”nomlari bilan nomlanadi.
  1. O’tilgan mavzuni mustahkamlashda “Teskari test” usulidan foydalanib o`quvchilarning mavzu asosidagi bilimlari sinovdan o`tkaziladi.Ushbu usul o`quvchilarni  mustaqil savol tuzishga o`rgatadigan, aqlini charxlaydigan,samarali usuldir.Javob so`zni o`qituvchi aytadi, guruhlar esa o`sha so`zga test savoli tuzishadi,savollar takrorlanmasligi kerak.
Masalan.1-guruh:
A.Maxtumquli
B.A.Qodiriy
C.Cho`lpon
D.Zavqiy
Endi esa o`quvchilar ushbu test javobiga mos savol tuzishlari kerak.1894-yil 10-aprelda tug`ilgan adib kim?
2-guruh:
O`smir yoshida turli yumushlar:prikazchik(yugurdaklik),ustachilik,bog`bonlik bilan band bo`lgan yozuvchi kim?
3-guruh:
1926-yilda “Sho`ro  rahbarlarini matbuot orqali obro`sizlantirdi” degan uydirma ayb bilan qamoqqa olingan adib kim?
4-guruh:
“O`tkan kunlar”,”Mehrobdan chayon”,”Obid ketmon” singari roman va qissalar muallifi kim?
5-guruh:
1937-yilning 31-dekabrida ikkinchi bor qatag`onga uchragan adib kim edi?
O`quvchilar tuzgan testlari baholanadi.Guruhlarga rag`bat kartochkalari beriladi.
 
3.Yangi mavzu bayoni:
            
 
Agar Farhodning Shirin, bo’lsa  
 Majnunlarning Laylosi
Nasib o’lmish menga gulshan aro gullarning – Ra’nosi,
                                                                                           (Mirzo)
Agar or etsa Layli haqlidir Qaysning jununidin
Ne baxt Ra’no xaridoring talab ahlining –Mirzosi.
                                                                                          (Ra’no) 
         Oqituvchi:Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani 1928-yilda yozilgan va shu yili bosilib chiqqan bo`lib,adib asarning muqaddimasida shunda:yozadi:”Men Mirzo Anvar hikoyasini otamdan     eshitganman”.Yozuvchining shu fikrlariga asoslanib bu asarni tarixdan, ya’ni Qo`qon xoni Xudoyorxon hukmronligi davri voqealari bilan bog`lik holda yozgan deb ayta olamiz.(Shundan so`ng,o`qituvchi darslik bilan ishlash barobarida “Besh bo`lakli matn” usuliga tayangan holda guruhlarga asardagi “Baxmalbofda faqir bir oila”parchasi besh qismga ajratib beriladi.O`quvchilar matnni o`qib- tanishadilar va uning mazmunini bir-biriga yetkazadilar. Matnda tushunmagan so’zlarni adabiyot daftariga qayd qilishadi. Ushbu so’zlar lug’atini mavzu tahlilidan keyin o’qituvchi monitorda ko’rsatadi va izohlaydi.
1271-nchi hijriya miyonalari-milodiy hisob bilan1850-51yillar
Baxmalbof mahallasi-duxoba to`qiydiganlar mahallasi
Oqsochliq-boylar uyida xizmatkorlik qiladigan ayol xizmatkor
Kinnachilik-kuf-suf qilib dam soladigan hunar egasi
Bunday usul qisqa vaqt ichida asar matni bilan  tanishish imkonini beradi va A.Qodiriy tilining murakkabligini yechib beradi.Masalan:
“Nomus” guruhiga:
“Anvar 1271-nchi hijriya miyonalarida Qo’qonning Baxmalbof mahallasida faqir bir oilada dunyog’a keldi …”
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash:
O’quvchilar parcha matni mazmuni bilan tanishganlaridan so’ng, “Klaster” usuli yordamida magnit doskasiga tutilgan plakatga har bir guruh ishtirokchisi Anvar timsoliga ta’rif beradilar:
  1. Baholash va rag’batlantirish:
O’quvchilar yiqqan ballari jamlanadi va izohlanadi. G’olib guruh aniqlanadi. Darsda faol ishtirok etgan guruhlar “Eng faol guruh”, “Eng bilimdon guruh”, “Eng intizomli guruh”, “Eng ahil guruh” nominatsiyalari bo’yicha rag’batlantiriladi.
  1. Uyga vazifa:
O’quvchilarga “Mehrobdan chayon” asarining qolgan boblarini o’qish, Anvar timsoliga xat yozishlari topshiriladi.

Оставьте комментарий