Ahmad Berdimurodov (Jamshid) haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Ahmad Berdimurodov 1969 yil 8-mart sanasida Qoraqolpog’istonning Beruniy tumanida tug’ilgan. U oilada to’rt qiz va to’rt o’g’ilning oltinchisi hisoblanadi.
Ahmad Berdimurodov o’rta maktabni tamomlagandan keyin Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetiga o’qishga kirgan. Keyinroq o’qishini Toshkent Davlat Yuridik oliygohiga ko’chirgan. O’qishni yakunlagach Toshkent shahar prokraturasida tergovchi lavozimida ishlay boshlagan. 
Ushbu sohada ishlab yurgan vaqda u tasodifan kinorejissyorlar e’tiboriga tushgan, hamda  1997-yilda ilk marotaba «Tartib» nomli serialda bosh qahramon rolini ijro etgan.
Oradan bir yil o’tib o’sha mashhur «Shaytanat» serialida suratga tushgan. Bu serialdagi Jamshid obrazi unga katta mashhurlik olib kelgan. Haligacha ko’p tomoshabinlar ushbu aktyorni Jamshid ismi bilan tanishadi. 
 
Aktyor o’z faoliyati davomida ushbu serialdan tashqari bugungacha yana «Makrli dunyo», «Panox», «Sevginator», «Qalbim o’g’risi» va «Mehmonxona 2» kabi o’nlab o’zbek filmlarida ishtirok etgan. 
Ahmad Berdimurodov aktyorlikdan tashqari sportning Taykevando turi bilan ham muntazam shug’ullangan hamda 2000 yilda ushbu sport turi bo’yicha jahon chempionligini qo’lga kiritgan.  
 
Ushbu aktyor 2012 yilda grin kart asosida AQShga borib Nyu York shahrida yashay boshlagan. Ushbu shaharda ikki yil yashagan va 2014 yilda Los-Anjelesga ko’chib o’tgan. Bu shaharga kelgach aktyorlik va rejissyorlik kurslarida tahsil olgan.
 
2015 yil sentyabr oyida Ahmad Berdimurodov gollivud kinoaktyorlar gildiyasi a’zoligiga qabul qilingan.
Aktyor Gollivuddagi faoliyati davomida hozirgacha biz bilgan mashhur kinokompaniyalar tomonidan suratga olingan ko’plab film va seriallarda ishtirok etgan. Bundan tashqari u mashhur oskar mukofotini topshirish maroslarida,  qo’riqlash agentligi hodimi sifatida oskar haykalchalirini qo’riqlash jarayonida ham bir necha bor qatnashgan. 
 
Bugungi kunda Ahmad Berdimurodov 50 yoshda bo’lib, bir o’g’il va ikki qiz farzandi bor. Uning farzandlari va ayoli O’zbekistonda yashaydi, aktyorning o’zi esa  Aqshning Kaliforniya shtatidagi Beverliy Hillz shahrida istiqomat qiladi.

 

Ahmad Berdimurodov
Ahmad Berdimurodov

15 комментариев к “Ahmad Berdimurodov (Jamshid) haqida, oilasi, instagram, rasmlari”

  1. Уведомление: automated testing tools

  2. Уведомление: sbo

  3. Уведомление: sbo

  4. Уведомление: maxbet

  5. Уведомление: ยืมเงินด่วน

  6. Уведомление: buy ig followers

  7. Уведомление: Georgia cornhole

  8. Уведомление: mushrooms for sale near me

  9. Уведомление: Plantation Shutters

  10. Уведомление: youtube download video

  11. Уведомление: Pink Lemonade 1g Disposable Vape

  12. Уведомление: Best magic mushroom shop Victoria

  13. Уведомление: how many moons can you buy from the shop

  14. Уведомление: this hyperlink

  15. Уведомление: เว็บมวยราคาดีที่สุด

Комментарии закрыты.