Alisher Navoiy ijodiga bag’ishlangan tadbir ishlanma

DO`STLARGA ULASHING:

Alisher Navoiy ijodiga bag’ishlangan tadbir ishlanma
         1-boshlovchi: Assalomu-alaykum jamiyat ma’naviyatining ziyobonlari, ilmu fan gulshani bog‘bonlari.
2-boshlovchi:  Assalomu-alaykum poklik va adolat timsoli bo‘lgan ziyokor ustozlar.
1-boshlovchi: “Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni” mavzusidagi, nazm va navo shukuhi ufurib turgan  tarovatli davramizga xush kelibsiz!
2-boshlovchi: 9-fevral. Bu kun barcha taraqqiyparvar mamlakatlarda o‘zgacha shukuh, o‘zgacha fayz, o‘zgacha quvonch bilan o‘tadigan kun. Bundan 575 yil muqaddam Hazrat Alisher Navoiy dunyoga kelgan edi. Oradan 5 asrdan ko‘proq vaqt o‘tibdiki, bu tabarruk nom tillardan tushmay, hamon ahli-adab dilidan chuqur joy olib kelmoqda.
1-boshlovchi:
Assalom, Navoiy, g‘azal sultoni
Yetubdur suhbatingiz olmoq mahali.
Siz-la diydorlashmoq so‘z istak edi,
Muborak yoshingiz bir imkon berdi.
2-boshlovchi:
Buyuk tog‘lar ishra bo‘lib buyukroq,
Suyuk tog‘lar ishra bo‘lib suyukroq
Navoiy ko‘rinar ko‘zimga mening,
Nafasi urilar yuzimga mening.
Endi navbatni Alisher Navoiy haqidagi fikrlarga beramiz.
Shundan keyin davraga Navoiy siymosi kirib keladi.
1-o‘quvchi
Emas bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy oanjasiga panja urmoq.
Kerak she’r oldida hamki she’r jangi,
She’r bo‘lmasa bo‘lg‘ay bori palangi.
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
Yo‘ldasa bu yo‘li Nizomiy yo‘lim,
Qo‘ldasa Xusrav bila Jomiy qo‘lim.
Navoiy o‘tirib ijod qila boshlaydi, shu payt sahna ortidan Abdurahmon Jomiyning Navoiyga ta’rifi aytiladi:
Parda ortida: “Bu qalamga falakdin ofarinlar yog‘ilsin, chunki bu muloyim naqshlarni o‘sha qalam yaratdi. Navoiy forsiy tilda ijod qilganlarga rahm-shavqat qildi va o‘z asarlarini turkiy tilda bitdi. Navoiy asarlarini forsiyda bitganda edi, boshqa shoirlarning ijod qilishiga majoli qolmasdi.
 NavoiyNe vajdin fuqaro ajib bir majlis qurmish?
               Ushbu anjumanning boisi nedur?
2- o‘quvchi:     Sizdek doni ruhini shod etmak maqsadi,
            Bizning yurtda har bir o‘zbek navoiyxon
Navoiy:  Nahotki shul damgacha xotirim yod etular?             
3- o‘quvchi:      Navoiy nazmi bilan tili chiqar farzandi,
            Bobosidan faxr etmas topilmas qiz-o‘g‘lo
NavoiyA’sholarimni hozir ham yod eturlarmi?
4- o‘quvchi:        Qur’ondek tavof etsa arzir sizning “Xamsa”ngiz
             «Chor devon» kirmagan topilmas xonadon
Navoiy: Turk nazmida chu men tortib alam
               Ayladim ul mamlakatni yakqalam (Navoiy siymosi baytni aytib sahnadan chiqadi).
4 – 5 — o‘quvchilar:
Besh yarim asrdan o‘tsada ustoz
Siz tergan gavharga biz hanuz muhtoj
Siz tuzgan devonga yetmaydi quloch
Siz turkiy tiliga qo‘ydirdingiz toj
Naqorat:
O‘tsada necha yil necha bir zamon
Shoirlar bo‘ynida siz bergan tumor
Besh yarim asrdan o‘tsada zamon
Adolatga chorlar siz qurgan minor
O‘tsada necha yil necha bir zamon
Shoirlar bo‘ynida siz bergan tumor
Naqorat:
O‘tsada necha yil necha bir zamon
Shoirlar bo‘ynida siz bergan tumor
Nizomiy qo’liga qo‘lini urdingiz
So‘ng bu maydon ichra surdingiz
Go‘yoki besh doston besh haykal bo‘lib
She’riyat ko‘ksiga qasr qurdingiz
Naqorat:
O‘tsada necha yil  necha bir zamon
Shoirlar bo‘ynida siz bergan tumor
1-boshlovchi: “Xamsa” Navoiy merosining buyuk sayqali, xalqimiz ma’naviy taraqqiyotining ko‘zgusi
2-boshlovchi: “Xamsa” jami 51 ming misradan iborat besh dostondir. “Xamsa”ning birinchi dostoni “Hayrat ul-abror” bo‘lib, yaxshi kishilarning hayratlanishi demakdir. Asar 7976 misra 3988 bayt bo‘lib, 64 bob, 20 maqolatdan tashkil topgan.
(“Shoh G‘oziy” hikoyati qo‘yiladi).
Boshlovchi: Kunlarning birida Shoh G‘oziy saylga chiqadilar. Yo‘lda ketayotganda yonidan bir telbanoma kampir uning yo‘lini to‘sdi.
Kampir: Sen mening yakka-yu yagona jigarbardimni, merosxo‘rimni o‘ldirding, sen qotilsan, qotil. Yur, sen bilan shariat mahkamasiga boramiz.
Shoh: Ey ona, agar talabing sha’riy bo‘lsa, jonimni talab qilsang ham aybimga iqror bo‘lurmen.
Shoh: (mulozimga) Mulozim!
Mulozim: Xo‘p bo‘ladi, shohim.
Qozi: Shohim, bir qoshiq qonimdan keching. Huzurungizga ne vajdin chorladingiz.
Kampir: Taxt uchun kurash bo‘lganda yakka-yu yagona o‘g‘limdan ayrildim.
Qozi: Shariat qonuni bo‘yicha har qanday qilinayotgan da’voga ikki guvoh keltiring, guvohingiz bormi?
Kampir: Menda ikkita guvoh bor. U shohning adolati va insofi.
Qozi: Yo shoh qotilligi uchun qatl etilishi kerak. Yoki xun to‘lashi kerak.
Boshlovchi: Butun boshli bir mamlakat va uning aholisi taqdiri o‘z ixtiyorida bo‘lgan shohning bu hukmga munosabatiga e’tibor qarating.
Boshlovchi: Shoh kampirning bir qo‘liga qilichni, bir qo‘liga bir patnisga to‘la oltin berdi va dedi:
— Ey ona, agar boylik kerak bo‘lsa, mana oltin to‘la hamyonimni ol. Agar qasos tilasang, mana qilich bilan boshimni ol,
Kampir: yo‘q menga joning ham, oltinning ham kerak emas. Men bir o‘g‘limni yo‘qotdim, ikkinchisini topdim. Sen o‘z xalqingga ana shunday adolatli va insofli bo‘lgin.
Boshlovchi: shundan so‘ng bu kampirni tilla Kampir deb aytishadi. Bunday adolatli va insofli podshoh o‘z yuritining boshlig‘i  bo‘la oladi. Alisher Navoiy “Shoh G‘oziy” hikoyasi asosida Husayn Boyqaroni tasvirlagan. “G‘oziy” so‘zi “G‘olib” degan ma’noni beradi.
Parda ortidan: “Farhod va Shirin”, “Hamsa”ning ikkinchi dostoni bo`lib,asar 1484- yilda yozilgan. 59 bob, 5782 baytdan iborat.
Parda ortidan: “Layli va Majnun” “Xamsa”ning uchinchi dostoni bo‘lib, 1484- yilda yozilgan, 36 bob, 3622 baytdan iborat. Mazkur doston sevgi haqidagi dostonlari orasida eng g‘amgin va dardlisidir.
Parda ortidan: “Xamsa”ning 38 bob, 5000 baytdan iborat to‘rttinchi dostoni “Sabbayi sayyo”dir. Bu asar “Hikoya ichida hikoya” usulida yozilgan.
Parda ortidan: “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”) doston 1485 yilda yozilgan bo‘lib, 89 bob, 7215 baytdan iborat. U “Xamsa” dostonlari ichidagi hajm jihatidan eng kattasidir.
Raqs (              )
1-Boshlovchi: Navoiy ijodini o‘rganish o‘z davridayoq boshlandi. Bu izlanishlar XX asrda ayniqsa yaxshi olib borildi. Atoqli ijodkorimiz Oybek “Navoiy” poemasi, “Navoiy” romanini, M.Jo‘rayev “El desa Navoiy” ni to‘plamini, Uyg‘un va Izzat Sulton hamkorlikda “Alisher Navoiy” dramasini yaratdilar. (Sahnaga Guli va Navoiy chiqadi).
2-Boshlovchi:
Tarix zulmatining uzun yo‘lida
Uchrashdi muzaffar ustozu tolib
Armon masha’lasi birin qo‘lida
Biriga qalam bor orzuday g‘olib.
1-boshlovchi
Uchqur asrlarning shiddati nurab,
Tonglar talvasasi kelar halqumga,
Oybek Navoiyga yetishdi teran
Navoiy Oybekni berdi xalqimga.
Qo‘shiq: (Alisher Navoiyning “Fido” g‘azali.)
Ko‘zingga tanu notovonim fido,
Ravonbaxsh baxshi la’lingga jonim fido.
Labing rangin olinda qonim sabil,
Qading jilvasiga ravonim fido.
Junun birla aqlim g‘aming sadqasi,
Ki olinda yaxshi-yomonim fido.
Fano dashtida qani ovoralig‘,
Kim, ul sayrga xonimonim fido.
Navoiydin olding ko‘ngil jonni ham,
Sanga bo‘lsin, ey dilistonim fido.
Mushoira (Navoiy g‘azal va ruboylaridan namunalari aytiladi)
“O‘n sakkiz yosh hayratlari” g‘azali.
O‘n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakkiz yoshundadir.
Desa bo‘lg‘aykim, yana ham o‘n sakkiz husni bor,
O‘n sakkiz yoshinda muncha fitnakim boshindadur.
O‘n sakkiz yil dema, yuz sakson yil, o‘lsa o‘ldurur,
Husn shohi, ul balolarkim ko‘zi qoshindadur.
Hayrat etmon husni naqshindaki, har hayratki bor,
Barchasi ezid taolo sun’i naqqoshindadur.
“Kelmadi” g‘azali.
Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro‘  kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yo‘lida intizor,
Keli jon og‘zimg‘a-vu, ul sho‘xi bad‘xo kelmadi.
Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro‘zg‘orimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormikim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
Ko‘zlaringdin necha suv kelgay, dev o‘turmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha suv kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo‘sa kim qo‘yi qadam,
Yo‘ldakim, avval qadam mashuqe o‘tru kelmadi.
Ey, Navoiy, boda birla xurram et ko‘ngling o‘yin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
“Topmadim” g‘azali.
Mehr ko‘p ko‘rgizdim, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.
G‘am bila jonimg‘a yetdim, g‘amguzore ko‘rmadim,
Hajr ila dilxasta bo‘ldim, dilistone topmadim.
Ishq aro yuz ming malomat o‘qig‘a bo‘ldim nishon,
Bir kamon abro‘da tuzlikdin nishone topmadim.
Ko‘nglim ichra savr o‘qdir, g‘uncha paykon, gul tikon,
Dahr bog‘i ichra bundoq dilistone topmadim.
O‘z ishimdin bo‘lajabroq dostone topmadim,
Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim.
Taob ganjidin Navoiy xo‘rdasin yuz qatla hayf,
Kim nisor etmakka shohi xurdadone topmadim.
So‘z guharig‘a erur oncha sharaf –
Kim, bo‘la olmas anga gavhar sadaf.
To‘rt sadaf gavharining durji ul,
Yetti falak axtarining burji ul.
Tangriki, insonni qilib ganji roz,
So‘z bila hayvondin anga imtiyoz.
Dona-i dur so‘zini afsona bil,
so‘zni jahon bahrida durdona bil.
Raqs (Navoiy g‘azaliga)
She’r “Sulton Navoiy”
Dil mulkidin dur tutgan sulton Navoiy,
Hikmat otliq nur tutgan osmon Navoiy.
Tafakkurning tog‘iga chiqmoq istasang,
Umring tilab qo‘l cho‘zgan imkon Navoiy.
Go‘zallikning mevasi ko‘kdan tushmagay,
Turkiy tilda bol bergan bog‘bon Navoiy.
O‘qinga ming rahmat uqganlar aytsin,
So‘z ila el qadriga qalqon Navoiy.
Besh yuz yillar besh ming bob kelgaydir illo,
Asrlarni qotirgan davron Navoiy.
2-Boshlovchi: Shuning bilan bugungi kechamizga yakun yasaymiz. Navoiyning nazmiy javohir bo‘stoni hamisha ma’naviy olamimini munavvar aylasin!

Оставьте комментарий