29-Sentabr – Bag‘dod tumani tashkil etilgan kun.

DO`STLARGA ULASHING:

29-Sentabr – Bag‘dod tumani tashkil etilgan kun.

Bagʻdod tumani — 1926-yilning 29-sentabrida tashkil topgan. 1962-yil 24-dekabrda Uchko’prik tumaniga qo’shib yuborildi 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzildi. Tuman Fargʻona viloyatining markaziy hududida joylashgan boʻlib, 333,3 km. kv maydonni egallaydi. Aholisi 218 mingdan ziyod. Chegaralarining umumiy uzunligi: 98,1 km. Janubdan Rishton (34,2 km), sharqdan Oltiariq (21,2 km), shimoldan Buvayda (19,5 km), gʻarbdan Uchko’prik (23,2 km) tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududidan „Qoʻqon-Andijon-Qoʻqon» yoʻnalishi boʻyicha harakatlanuvchi temir yoʻl oʻtgan. Markazi — Bagʻdod shaharchasi. Hamda Fargʻona Katta kanali ham oqib oʻtgan, Bagʻdod tumani qishloqlari hamda Fargʻona vodiysidagi koʻplab qishloqlar haqida Yozuvchi shoir Muqimiy oʻzining „Sayohat noma“ asarida koʻplab maʼlumotlar keltirilgan.

Оставьте комментарий