Avtomobilingizda pul ishlashning 8 usuli

DO`STLARGA ULASHING:

Ba’zilar deyarli kuch talab etmaydi.

1. Taksi

Ushbu xizmat talabga juda yuqoriligini hisobga olgan holda, raqboat yuqori bo’lishidan qat’iy nazar siz yaxshigina pul ishlab topishingiz mumkin.

Taksi haydovchisi sifatida ishlashni boshlashning eng oson usuli bu dispetcherlik xizmati bilan shartnoma tuzish va mobil ilova orqali buyurtmalarni qabul qilishdir. Bugungi kunda minglab odamlar shunday ishlaydi. Sizga smartfon va GPS-navigator kerak bo’ladi. Ba’zi xizmatlar esa taksometrni o’rnatishni talab qiladi.

Dispetcherlik xizmati o’z xizmatlari uchun belgilangan to’lovni yoki buyurtmaning umumiy summasidan ma’lum bir foiz oladi. Mijozlarni eltishni boshlanishiga ular bilan foiz ko’rinishida hisob kitob qilishingizni, buyurtmalar ko’payishi bilan esa ma’lum bir aniq narxga kelishib olishingiz mumkin.

MIJOZLARNI DOIMO OSON IZLAB TOPISH VA ULARNI USHLAB TURISH UCHUN BIR VAQTNING O’ZIDA BIR NECHTA DISPETCHERLIK XIZMATLARI BILAN SHARTNOMA TUZING.

Yana bir variant — rasmiy ravishda taksi haydovchisi sifatida ishlash. Buning uchun siz yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tishingiz va litsenziya olishingiz kerak. Bu yerda oylik soliqni to’lash kerak. Bu qo’shimcha xarajatlardan boshqa hech narsa bermaydi.

Yo’l chetlarida mijoz kutib turish bugungi kunda foydasiz. Chunki ko’pchilik odamlar allaqachon taksini telefon orqali qo’ng’iroq qilish arzon va tez ekanligiga ishonch hosil qilib bo’lishdi. Internet hamma joyda mavjud va hatto notanish shaharda sayyoh mahalliy xizmatlarning raqamlarini osongina topishi yoki dasturdan foydalanishi mumkin.

Afzalliklari:

  • Daromad o’rtacha ko’rsatkichdan yuqori.
  • Erkin ish jadvali.
  • Boshlang’ich sarmoyalar talab etilmaydi.
  • Yangi tanishlar.
  • Asosiy faoliyatingiz bilan bir vaqtda olib borish.

Kamchiliklari:

  • Ko’p o’tirish, mashinaning tez ishdan chiqishi va uni ta’mirlash xarajatlari.
  • Pul tushumining kunning, yoki mavsumning ma’lum bir oralig’iga bog’liqligi.
  • Mashinangizga mast va jinoyatchining minishi.

2. Eltib berish xizmati

Hozirgi kunda restoranlardan tayyor ovqatlarni yetkazib berish juda mashhur. Shuningdek, gul do’konlari, sovg’alar do’konlari va turli xil onlayn-do’konlar yetkazib berish xizmatlari bilan qiziqishadi. Siz mashinaga mos keladigan hamma narsani olib yurishingiz mumkin.

To’lov esa kelishuv asosida amalga oshiriladi: siz har bir tugallangan buyurtma uchun pul olasiz, shuningdek yonilg’i uchun ham kompensatsiya olishingiz mumkin. Hattoki ma’lum bir vaqt oralig’ida ishlash imkoniyati ham mavjud. To’g’ri ishda ko’ngilsizliklar ham bo’lib turishi kuzatiladi: buyurtmani vaqtida yetkizib bermaslik, jarimaga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun shaharni juda yaxshi biladigan insonlar uchun bu ish ayni muddao.

Afzalliklari:

  • Turli xil to’lov usullari: ish vaqti, soatlik.
  • Tanlash uchun to’liq va to’liq bo’lmagan ish kuni.
  • Tovarlarning keng tanlovi.

Kamchiliklari:

  • Daromad o’rtacha ko’rsatkichdan past.
  • Kechikkanlik uchun jazo.

3. Shaxsiy haydovchi

Bu yerda siz yuqori daromad olishingiz mumkin. Bularning barchasi ish beruvchi bilan individual kelishuvga bog’liq. Avtomobil hech bo’lmaganda konditsionerli va elektr oynalar bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Katta menejer yoki badavlat biznesmen bilan ishlash uchun sizga texnik ko’rikdan o’tgan avtomobil kerak bo’ladi. Albatta, bo’ysunishni bilish, xushmuomalalik, transport vositasining tozaligi va texnik holatiga alohida e’tibor berish kerak.

ISH HAQI QANCHA YUQORI BO’LSA, TALABLAR SHUNCHA KO’P BO’LADI.

Ba’zan mijozlar bir odamdan haydovchi va tansoqchilik qilishni talab qiladilar, bu variant sobiq harbiylarga yoki sportchilarga mos keladi.

Ish tartibsiz jadvalni o’z ichiga oladi: ehtimol siz ertalab yoki kechqurun odamni olib yurishingiz kerak bo’ladi. Asosiy omil ish beruvchi bilan munosabatlardir. Agar ular do’stona munosabatlarga yaqin bo’lsa, unda ish ham pul, ham zavq keltiradi.

Afzalliklari:

  • Daromad o’rtacha ko’rsatkichdan yuqori.
  • Moslashuvchan jadval.
  • Nufuzli odam bilan do’stlashish imkoniyati.

Kamchiliklari:

  • Kunning istalgan vaqtida ishlashga tayyor bo’lish kerak.
  • Bo’ysunishni bilish va hurmat qilish.

4. Bayramlarda ijaraga berish

Yuqori narxlar va qimmat xizmat tufayli, boshqaruv mashinalarini taksi yoki tashuvchilik bilan shug’ullanishdan ko’ra yuqori. Bunday mashina to’y va bayramlarda ko’proq talabga ega bo’ladi.

Mijozlarni topish oson emas, shuning uchun dastlab kundalik ish bilan ishlashga umid qilmaslik kerak. Mijozlarni jalb qilish uchun barcha mavjud vositalardan foydalanishingiz mumkin: Internet, ichimlik va yeguliklar.

Afzalliklari:

  • Kuniga bir ikki soatlik daromad.
  • Oz masofa.
  • Bir vaqtning o’zida taksi sifatida ham ishlash imkoniyati.

Kamchiliklari:

  • Xaridorlarni topishdagi qiyinchiliklar.
  • C va undan yuqori sinfga ega avtomobil.

5. Birgalikda sayohatlar

Agar siz tez-tez bitta shahardan boshqasiga sayohat qilsangiz, sayohat xarajatlarini qoplash va hatto ozgina pul ishlab olish uchun siz o’zingizga sayohat uchun hamroh topishingiz mumkin. Yo’lovchilarni qidirish uchun siz maxsus onlayn dasturlardan ro’yxatdan o’tishingiz, o’zingiz haqingizda va safarning rejalashtirilgan yo’nalishi haqida ma’lumot berishingiz kerak bo’ladi holos.

Bekatlardagi tasodifiy sayohatchilardan farqli o’laroq, bunday xizmatlarda shubhali shaxslarni olib yurish xavfi kamroq bo’ladi. Bunday faoliyat uchun mo’ljallanganda dasturlarda har bir foydalanuvchi o’zlarining reytinglari va fikrlariga ega, sizning xushmuomalaligingiz va yaxshi xizmat ko’rsatishingiz sizga boshqalardan ustun ekanligingizni ta’minlaydi.

Afzalliklari:

  • Passiv daromad.
  • Asosiy ish bilan bir vaqtda bajarish.

Kamchiliklari:

  • Juda katta daromad emas.

6. Haydashni o’rgatish

Siz o’z mashinangizda biror bir mashina haydashni istovchiga o’qituvchilik qilishingiz mumkin. Buning uchun sizning kamida 3 yillik haydovchilik tajribangiz bo’lishi talab etiladi.

Avtotransport vositalaridan foydalanishga ruxsat berish va yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash bo’yicha mansabdor shaxslarning majburiyatlariga muvofiq YHXB qoidalariga ko’ra, o’quv mashinasi qo’shimcha debriyaj va tormoz pedallari bilan jihozlangan bo’lishi kerak, shuningdek o’qituvchi uchun qo’shimcha orqa ko’zgu. O’quv mashinasi boshqa mashinalar orasida yaqqol ko’rinishi kerak, old tomonida va orqasida «O’» harfi yozilgan uchburchak stikerlariga ega bo’lishi kerak.

Agar siz mustaqil ravishda ishlasangiz, mijozlarni qidirishingiz kerak. Buni katta investitsiyalarsiz qilishingiz mumkin: ijtimoiy tarmoqlar, bosma nashrlar, tashrif qog’ozlari. Shaxsiy haydovchilik darslari narxlarini bilish va dastlab bozor narxidan biroz pastroq qilish foydali bo’ladi.

O’ragnuvchilarning doimiy oqimi bilan, xususiy o’qituvchi yarim kunlik ish bilan birga haydovchilik maktabining o’qituvchisidan ko’proq maosh oladi.

Afzalliklari:

  • Daromad o’rtacha ko’rsatkichdan yuqori.
  • Moslashuvchan jadval.

Kamchiliklari:

  • Avtomobilni qayta jihozlash.
  • Talabning mavsumiy o’zgarishi.
  • Minimal pedagogik bilim va ko’nikmalarga ehtiyoj.

7. Avtomobillarga yordam ko’rsatish

Barcha haydovchilar nosozlikni mustaqil ravishda aniqlay olmaydi. Agar siz mashinalarni yaxshi bilsangiz, pul ishlashning yaxshi usuli bu yo’lda texnik yordam berishdir. Mijozlarni topishning eng oson usuli — e’lonlar taxtasidan foydalanish.

Asboblar va ehtiyot qismlar to’plami yordamida siz shinalarni o’rnatish, o’tirib qolgan akkumuyatorni yurgizish va boshqa muammolar hal qilish, shuningdek o’ta og’ir hollarda avtomobillarni eng yaqin xizmatgacha eltib qo’yish ulash kabi kichik ta’mirlarni osongina bajarishingiz mumkin. Odamlar pulni tejash imkoniyatini qo’ldan boy bermaydilar va avtoulovlarga yordam xizmatlari yuk mashinasini chaqirishdan ancha arzonga tushadi.

Afzalliklari:

  • Erkin ish jadvali.
  • Boshqa ish bilan birga bajarish imkoniyati.

Kamchiliklari:

  • Barqaror daromad.

8. Avtomobilda reklama

Passiv daromadning eng oson manbai. Mashinangizga reklama rasmlarini yoki yozuvlarini yopishtirib olib, shahar bo’ylab sayohat qilish kifoya.

Asosiy talab — bu har kuni ma’lum bir masofani bosib o’tish, chunki avtoulovlar qancha ko’p bo’lsa, odamlar shuncha ko’p reklamalarni ko’rishadi. Ammo bu ertalabdan kechgacha g’ildirak ustida o’tirish kerak degani emas. Ba’zi reklama beruvchilar atigi 30 km uchun ham haq to’lashlari mumkin.

Afzalliklari:

  • Passiv daromad manbai.
  • Avtomobildagi boshqa ish bilan birlashtirish qobiliyati.

Kamchiliklari:

  • Avtomobilning hilma hil ko’rinishi.
  • Bunday mashinani ijaraga olishdagi qiyinchiliklar.

Ro’yxatda keltirilgan ba’zi usullar haqiqatan ham yuqori daromad keltirishi mumkin. O’zingizning sharoitingizga qarab, istalgan pul topish usulini tanlab olishingiz mumkin.

10 комментариев к “Avtomobilingizda pul ishlashning 8 usuli”

  1. Уведомление: sbo

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: sbobet

  4. Уведомление: golden teacher mushroom bar,

  5. Уведомление: 토토벳스핀

  6. Уведомление: one up mushroom bar for sale

  7. Уведомление: go now

  8. Уведомление: 다시보기티비

  9. Уведомление: https://www.heraldnet.com/reviews/phenq-reviews-is-it-legit-update/

  10. Уведомление: erectile dysfunction

Комментарии закрыты.