Karta qanday ochiladi? Visa, MasterCard va UnionPay

DO`STLARGA ULASHING:

Spot mamlakatning barcha banklarida Visa, MasterCard va UnionPay kartalarini chiqarish va ularga xizmat ko’rsatish tariflarini o’rganib chiqdi va ularni qayerda ochish foydaliroq, bankni tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerakligi, karta egalari qanday qo’shimcha xizmatlardan foydalanishlari mumkinligini haqida so’zlab beradi.

Spot mamlakatning barcha banklarida Visa, MasterCard va UnionPay kartalarini chiqarish va ularga xizmat ko’rsatish tariflarini o’rganib chiqdi va ularni qayerda ochish foydaliroqligi, bank tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerakligi, karta egalari qanday qo’shimcha xizmatlardan foydalanishlari mumkinligi haqida so’zlab beradi.

Qanday kartalar mavjud?

To’lov tizimlarida sezilarli farq yo’q. Visa va MasterCard dunyodagi yirik to’lov tizimlaridir. Ularning kartalari dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qabul qilinadi. UnionPay qamrovi yildan-yilga kengayib bormoqda, kartadan dunyoning 174 mamlakati va hududlarida foydalanish mumkin.

Spot tomonidan so’ralgan banklarning ta’kidlashicha, Yevropaga sayohat qilishda MasterCard’ni, AQShga esa Visa’ni olib borish tavsiya etiladi.

Xalqaro kartalardan bankomat orqali naqd pul yechib olish, tovarlar va xizmatlar haqini to’lash va internetda xaridlarni amalga oshirish uchun foydalanish mumkin. Kartalar ma’lum bir to’lov tizimiga qarashliligidan qat’i nazar, turlariga ko’ra farqlanadi — virtual, elektron, oddiy va premium.

Virtual karta elektron ravishda ochiladi, shu sababli uni terminallarda yoki bankomatlarda ishlatish mumkin emas. Asosiy afzallik — rasmiylashtirishning osonligi va past tariflardir. Kartani uydan chiqmasdan turib, bankning mobil ilovasi orqali ochish mumkin, va odatda, kuymaydigan depozit 10 $dan oshmaydi.

O’zbekistonda bunday kartalarni bir nechta banklarda ochish mumkin, masalan, “O’zmilliybank” va Hamkorbank’da. Birinchisida buni bepul amalga oshirish mumkin, kuymaydigan qoldiq — 5$, Hamkorbankda ro’yxatdan o’tish uchun siz 10 ming so’m to’lashingiz kerak, ammo sug’urta depoziti yo’q.

Elektron kartalarga Visa Electron, Maestro kiradi. Bunday kartadagi har qanday operatsiya faqat karta rekvizitlarining elektron tekshiruvidan so’ng amalga oshiriladi, shuningdek hisobda yetarli mablag’ bor-yo’qligi tekshiriladi.

Shuni yodda tutish kerakki, elektron kartalar hamma joyda ham qabul qilinavermaydi. Agar siz bunday karta bilan sayohat qilishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, bankomat yoki chakana savdo do’koni qabul qilmaslik holatlarini bartaraf etish uchun naqd pul olib yurish kerak bo’ladi.

Shunga qaramay, elektron kartalar yordamida bankomatlardan naqd pul yechish, internet orqali va savdo nuqtalarida to’lovlarni amalga oshirish mumkin. Texnik xizmat ko’rsatish oddiylariga qaraganda arzonroqga tushadi. O’zbekiston banklarida bunday kartalar ko’pincha bepul chiqariladi, sug’urta depoziti 5−20 $ni tashkil etadi.

Eng keng tarqalgan tur — bu klassik kartalar (Visa Classic, MasterCard Classic). Ular xizmat ko’rsatishning past narxiga va keng funksionallikka ega. Kartalar yordamida mehmonxona xonasini bron qilish, aviachiptalarni xarid qilish kabilarni amalga oshirish mumkin.

Premium karta egalari (Gold, Platinum) to’lov tizimlari hamkorlaridan chegirmalar, shuningdek, bir qator qo’shimcha xizmatlarga ega bo’lishadi — masalan, chet elga sayohatda bepul sug’urta, yuridik va tibbiy yordam.

O’zbekistonda milliy valyutani chet el valyutasiga konversiyalash cheklanganligi sababli, konversion kartalar ham mavjud. Ba’zi banklarda ular alohida turga bo’linadi, bu holda karta nomiga Exchange qo’shimchasi qo’shiladi, boshqalarida esa — so’mni oddiy valyuta kartasiga o’zgartirish mumkin.

Karta qanday ochiladi?

Deyarli barcha banklarda kartani rasmiylashtirish, karta chiqarilishi uchun to’lovni amalga oshirish va sug’urta depozitiga mablag’ qo’yish uchun faqat pasport va pul talab qilinadi. “O’zmilliybank»da STIR (INN) talab qilinishi mumkin.

Aksariyat hollarda bank ofisiga ikki marta tashrif buyurish kerak: birinchisida — ariza yozib, hujjatlar taqdim etiladi, ikkinchisi — tayyor kartani olish uchun.

Oddiy kartalar bo’yicha komissiya o’rtacha 10−50 ming so’mni tashkil etadi. Odatda ular 2−3 ish kuni ichida tayyor bo’ladi. Bank xodimi qo’ng’iroq qilib uning tayyorligi to’g’risida xabar beradi.

Karta 2−3 yilga amal qiladi. Ushbu davrdan so’ng, bank kartani, shu jumladan, bepul qayta chiqaradi.

Hamkorbank’da arizani saytda qoldirish mumkin (saytning o’zida komissiyani to’lash mumkin), so’ngra tayyor kartani olish uchun ofisga borish kerak.

Boshqa banklar — “Agrobank”, “Kapitalbank”, “Ipak Yo’li” banki (hozircha faqat pensionerlar uchun) tayyor kartani to’g’ridan-to’g’ri uyga yoki ofisga bepul yetkazib berishadi. Hozircha xizmat faqat Toshkent shahrida amal qiladi.

Bundan tashqari, mijozlarning qulayligi uchun ko’plab banklar tushlik tanaffusisiz ish rejimiga o’tdilar. Ular orasida Kapitalbank, OFB (faqat bosh ofis), Trastbank (faqat bosh ofis), Hamkorbank, “O’zmilliybank”, Universalbank. Ipak Yo’li Bank “Markaz” ofisida ish kunidan keyin ham kartani olish mumkin.

Bankni qanday tanlash kerak?

Avvalo tariflarga e’tibor berish kerak — chiqarish qiymati, naqd pul olish va tovarlar uchun komissiya, minimal qoldiq miqdori va boshqalar (O’zbekiston banklari tomonidan chiqarilgan barcha turdagi kartalar uchun tariflar quyidagi jadvalda keltirilgan).

Xaritada ko’plab banklarning saytlarida nafaqat bank filiallari, balki bankomatlar joylashgan manzillar ham ko’rsatilgan. Ularga e’tibor berish kerak. Faqatgina karta chiqarilgan bank bankomatlarida pulni bepul yechish mumkin. Agar “boshqa” bankda naqd pul olinsa, ikkala bank ham komissiya yechib oladilar.

Turli xil banklarda xalqaro kartalarga xizmat ko’rsatish turlicha — kartani qayta chiqarish, blokirovka qilish, karta buzilgan yoki yo’qolganda uni tiklash, hisobni to’ldirish, hisobni muddatidan oldin yopish, SMS-ma’lumotlarga ulanish, qat’iy hisobot shakllarini shakllantirish va boshqalar.

Spot ma’lumotni aniqlashtirish yuzasidan bankka murojaat qilishni maslahat beradi.

Bank nomi Karta turi Chiqarish (ming so’m) Kuymaydigan depozit Naqd pulni yechish Tovar va xizmatlarga to’lov
Аgrobank Visa Electron (Konvers.) 12 $10 1% 0,5%
Visa Classic 25 $10 1,5% 1%
Visa Gold 50 $10 1,5% 1%
Asia Alliance Bank Visa Classic 30 $10 1% 0,5%
Visa Gold 50 $20 1% 0.8%
UnionPay Classic 30 $10 1% 0.5%
MasterCard Standard 30 $10 1% 0.5%
MasterCard Gold 50 $20 1% 0.8%
“Aloqabank” Visa Classic 30 $10 1% 0,30%
Davr bank UnionPay Classic bepul $20 1% 0,50%
InfinBank Visa Classic 20 $20 1% (min. $2) 0,5% (min $0,5)
Visa Gold 20 $20
Visa Platinum 50 $100
UnionPay Classic 20 $20
Ipak Yo’li Banki Visa Virtual bepul $5 0,7% (min. $0,5)
Visa Classic 40 $50 1,5% (min. $2) 0,5% (min. $1)
Visa Classic Exchange 40 $10 1% (min. $2)
Visa Gold 101 $70 1,1% (min. $2) 0,4% (min. $1)
Visa Platinum (конверс.) 202 $100 1% (min. $2) 0,3% (min. $0,5)
UnionPay Classic bepul $0 0,8% (min. $2) 0,5% (min. $1)
UnionPay Gold 60 $0
Kapital Bank Visa Electron bepul $15 2% (min. $1) 0,5% (min. $0,01)
Visa Classic 110 $20 2% (min. $1) 1% (min. $1)
Visa Gold 210 $50 2% (min. $1) 1% (min. $1)
Qishloq qurilish bank Visa Classic 100 $100 1% 0,7%
Orient Finans Bank Easy (konvers. Visa, MasterCard, UnionPay) bepul $20 1% (0,5% tarmoq bo’ylab) 0,7% (min. 1 $)
Maestro 30 $25 1,5% 0,5%
MasterCard Standard 85 $20 1,5% (мин. 2 $) 0,5% (мин. 0,5 $)
UnionPay Classic
Trastbank Visa Electron 100 $30 3% 1%
“Тurkistonbank” Visa Electron 30 $20 1,5% 1%
Turon bank MasterCard Standard 30 $20 0.5% 0,5%
MasterCard Gold 40 $35 0.5% 0,5%
Visa Classic 35 $20 1,5% 0,5%
Visa Gold 50 $35
HamkorBank Visa Virtual 10 0 0.5%
UnionPay Classic 30 $10 1% (min. $2) 0.4%
UnionPay Exchange (конвер) 30 $10 1% (min. $1) 0,4%
O’zmilliybank Visa Virtual bepul $5 0
Visa Classic bepul $25 1% 0,5%
Visa Gold 100 $50 2% 0
Visa Platinum 200 $100 2% 0
“O’zsanoatqurilishbank” Visa Electron bepul $10 0,5% + $0,5
Visa Classic 15 $10 0,5% + $1
Visa Gold 55 $50 0,5% + $1
Universal Bank Visa Electron 30 $10 1,5% 0,50%
Hi-Tech-Bank Visa 30 $20 0,5% 0,50%
Ravnaq Bank Visa Electron bepul $5 2.5% (min. $1.5) 0
Visa Classic 20 $10 2.4% (min. $1,5) 0
Visa Gold 50 $25 2,3% (min. $1,5) 0
Visa Platinum 200 $50 2.2% (min. $1.5) 0
Visa Electron Exchange bepul $5 1% (min. $2) 0
Asaka Maestro bepul 0 1% (min. $2) 0,5%
MasterCard Standard bepul $50 1% (min. $2) 0,5%
Ziraat Bank Uzbekistan Visa Electron 100 $50 0,5% 0,5%

18 комментариев к “Karta qanday ochiladi? Visa, MasterCard va UnionPay”

  1. Уведомление: Аноним

  2. Уведомление: important source

  3. Уведомление: Sobha Town Park Price

  4. Уведомление: sbo

  5. Уведомление: wow slot

  6. Уведомление: สินเชื่อส่วนบุคคลอนุมัติง่ายที่สุด

  7. Уведомление: BUY Nighthawk Custom CHAIRMAN

  8. Уведомление: เงินด่วน ออนไลน์

  9. Уведомление: legal psilocybin mushrooms in colorado​

  10. Уведомление: quit drugs

  11. Уведомление: liberty cap mushrooms ireland location

  12. Уведомление: เว็บตรง betclic88

  13. Уведомление: Tropical Cookies 1.5g High Roller Pre-Roll

  14. Уведомление: Buy DMT online Perth

  15. Уведомление: pg slot

  16. Уведомление: คาสิโนออนไลน์

  17. Уведомление: 늑대닷컴

  18. Уведомление: instalatii industriale

Комментарии закрыты.