Mobil trafikni tejash usullari

DO`STLARGA ULASHING:

Telefoningizdagi internet trafik ko‘z ochib yumguningizcha tugab qolayaptimi? Smartfondagi internetga ortiqcha pul to‘lashni istamasangiz, quyidagi tavsiyalarga amal qiling…
Tuzoq ilovalardan ehtiyot bo‘ling
Internet orqali kerakli-keraksiz ilovalarni telefonga yuklash trafikning haqiqiy dushmanlaridir. Ayrim ilovalar telefon fonida turib ham mobil trafikni “yeyishda” davom etadi.
Ko‘pincha WhatsApp, Instagram, Facebook kabi messenjerlar asosiy internet “iste’molchilari” hisoblanadi. Trafikni tejashga ularni faqat kerakli vaqtdagina yoqib turish orqali erishish mumkin. Telefondagi qanday dasturlar trafik “yeyotganini” bilish uchun sozlamalarga kirish kerak bo‘ladi.

Android gadjetlar uchun “Sozlamalar”ning “Ma’lumotlardan foydalanish” bo‘linmasiga kirish kifoya. iOS tizimli qurilmalarda esa “Sozlamalar”ning “Mobil aloqa” bo‘limiga kirish kerak bo‘ladi.
Alohida dasturlarni, alohida sozlamalarni o‘zgartirib qo‘yish ham mumkin. Masalan, WhatsApp’ning audio-video fayllar ulashish funksiyasini o‘chirib qo‘yish trafigingizni sezilarli darajada tejashga yordam beradi. Buning uchun ilovaning “Ma’lumotlar va saqlash” bo‘limiga kirib “mediani avtomatik yuklash” tugmasini o‘chirib qo‘yishning o‘zi kifoya.

Ma’lumotlarni qisish
Agar muayyan brauzerlar va ma’lumotlarni qisish funksiyasidan foydalanilsa trafikni tejashga erishish mumkin. Google Chrome, Opera Max, Opera Mini dasturlarining ma’lumotlarni qisish funksiyasini yoqish mumkin. Buning uchun:
• Bosh sahifaga ilovasiga kirish;
• Yuqori o‘ng burchakda joylashgan vertikal nuqtaga bosish;
• Ochilgan ro‘yxatdan “Sozlamalar” punktiga o‘tish;
• “Trafikni tejash” bo‘limiga kirish va uni faol holatga keltirish kerak bo‘ladi.
Yangilanishni o‘chirish
Trafikning asosiy qismi tizimli dasturlarni avtomatik ravishda yuklashga sarflanadi. Avtomatik yuklash rejimini o‘chirishni tavsiya qilamiz. Buning uchun:
• “Sozlamalar” bo‘limiga kirish;
• “Tizimli yangilanish” bo‘limiga kirish va undagi avtomatik yuklash tugmasini o‘chirib qo‘yish kerak bo‘ladi.
Aksariyat telefonlarda bu kabi vazifalar “Telefon haqida”, degan bo‘limda bo‘ladi. iOS tizimli qurilmalarda esa App va iTunes Store ilovalarining “mobil ma’lumotlarni qo‘llash” menyusini o‘chirib qo‘yish kerak.
Trafikni tejashni “yoqing”
Har bir telefonda mana shunday funksiya mavjud. Buning uchun siz “Sozlamalar”ga kirishingiz kerak bo‘ladi. Ana undan keyin “Tarmoq va internet”, “Ma’lumotlarni ulashish” va “Tarifni tejash” bo‘linmalariga ketma-ketlikda kirishingiz zarur. Ularga kirgach, kerakli tugmalarni faollashtirishni unutmang. Tarifni tejash funksiyasi yoqilishi bilan telefoningizda maxsus belgi paydo bo‘ladi.
Reklamalardan qutuling
Turli ilovalar yoki dasturlar sabab paydo bo‘luvchi reklamalar ortiqcha gigabaytlaringizni olishi mumkin. Ortiqcha reklamalarning telefonga “mo‘ralashiga” chek qo‘yish uchun AdAway dasturidan foydalanish tavsiya etiladi. Undan foydalanish uchun hosts fayllarini yuklab olish kerak. Mana shu fayllar reklamalarning o‘chirilishiga javob beradi.

Shuningdek, har bir ilovaning sozlamalarida reklamani o‘chirish tugmasi bo‘ladi. Internetda reklamalarni bloklovchi maxsus ilovalar majvud. Ulardan foydalanishingiz ham mumkin.

16 комментариев к “Mobil trafikni tejash usullari”

  1. Уведомление: แทงบอลออนไลน์

  2. Уведомление: legal psychedelics for sale usa

  3. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดิน

  4. Уведомление: how to make passive income

  5. Уведомление: website

  6. Уведомление: second brain template

  7. Уведомление: best passive income

  8. Уведомление: Thomas Adewumi University

  9. Уведомление: colorado mushroom dispensary​

  10. Уведомление: azure mushroom chocolate bar

  11. Уведомление: click here for more info

  12. Уведомление: Buy DMT Vape Pen Perth

  13. Уведомление: 다시보기

  14. Уведомление: 토렌트

  15. Уведомление: cartel oil

  16. Уведомление: Online medicatie kopen zonder recept bij het beste Benu apotheek alternatief in Amsterdam Rotterdam Utrecht Den Haag Eindhoven Groningen Tilburg Almere Breda Nijmegen Noord-Holland Zuid-Holland Noord-Brabant Limburg Zeeland Online medicatie kopen zonder r

Комментарии закрыты.