Ayol kishi uychi kiyimda namoz uqishi

DO`STLARGA ULASHING:

Ayol kishi uychi kiyimda namoz uqishi
Bismillahir rohmanir rohiym
Allohning Uzigagina hamdlar, Uning paygambari Muhammad ibn Abdullohga, u zotning oilasi va sahobalariga salavotu salomlar bulsin.
Sung …
Bugungi kunda kupchilik ayollarni namoz uqishganida uychi kiyim, ishton, lozim, khalat yoki shu kabi tor, kalta kiyimlarda namoz uqiyotganlarini guvohi bulamiz. Bunday kiyimlarda uqilgan namoz qabul buladimi yoki yuqmi degan savol kupchilik musulmonlarni, khususan muslima opa-singillarimizni qiziqtirsa ajab emas.
Avvalo shuni eslab utishimiz lozimki, Alloh taolo namoz uqishga taraddud kurayotganlarga ziynatlanishini amr qildi. Alloh taolo aytadi:
«Ey Odam bolalari, har bir sajda chogida ziynatlaningiz, hamda (khohlaganingizcha) eb-ichaveringlar, faqat isrof qilmanglar. Zotan, U isrof qilguvchi kimsalarni sevmas» (Arof: 31).
Shunday qilib, kimki namoz uqimoqchi bulsa, ushanga namoz uchun ziynatlanishi buyurilgan. Kupchilik musulmonlar esa ushbu buyruqqa khilof ravishda tungi pijamasida yoki ish kiyimida namoz uqiydi va uzini namoz uchun ziynatlamaydi. Alloh esa guzaldir va guzallikni yakhshi kuradi.
Ulamolarning fikricha ziynatlanishlikning eng oz miqdori, bu avratni yopishlikdir. Shundan kelib chiqib ular aytishdiki, avratni yopish namozni qabul bulishidagi muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Kimki avratini yopmasa, namozi qabul bulmaydi.
Ularning «avratni yopish» degan suzlaridan shu narsa tushuniladiki, avratni yopishlik farz va bunda nimadan foydalanilganlikning farqi yuq. Bu holatda namoz ravo buladi, hatto avrat shaklini bilintirib turadigan kiyim bulsa ham.
Bu turli mazhab ulamolari bayon qilgan haqiqatdir. Quyida aytilgan suzlarga bazi sharhlarni keltiramiz.
1 – Hanafiy mazhabi:
«Ad-Dur al-Mukhtor» (2/84)da aytiladi: «Agar u tor va tana shaklini bilintirib turishining farqi yuq». Iqtibos tugadi. Yani, bu erda namozda kiyiladigan kiyim nazarda tutilgan.
Ibn Obidiyn rohimahulloh uzining «ad-Dur al-Mukhtor»ga qilgan sharhida dedi: ««Agar u tana shaklini bilintirib turishining farqi yuq» iborasi shuni anglatadiki, agar ushbu kiyim dumbaga yopishib tursa deganidir. Biroq agar kiyim qalin bulsa va uning ortidan ter rangini ajratib bulmasa, shuningdek agar u tana azolariga yopishib tursa va uning shaklini tana azolari kurinib turgandek kursatib tursa – hatto shunday bulsa ham bu namoz ravo bulmaydi degani emas. Chunki avrat hali ham yopilib turibdi». Ibn Obidiyndan iqtibos tugadi.
2 – Shofiiy mazhabi:
Imom Navaviy rohimahulloh «al-Majmu»da (3/176) aytadi: «Agar (teri) rangi bekilsa, ammo tana azosi kattaligi bilinib tursa, masalan, tizza yoki dumba va hokazolar, (bunday holatda) namoz ravo buladi. Chunki avrat bekilgan. Dorimiy va «al-Bayon» muallifi aytishdiki, agar tana shakli kurinsa namoz ravo bulmaydi. Biroq bu ochiq khatodir». Imom Navaviydan iqtobos tugadi.
3 – Molikiy mazhabi:
«Al-Favaki al-Davaniy»da (1/216) aytiladi: ««Agar odam bitta kiyimda namoz uqisa, namozi ravodir»: bu kerakli shartlarga javob beradi. Bu esa kiyimning biror narsani kursatmaydigan darajada qalin bulishligidir. Aks holda makruh buladi. Yana kiyim uning butun tanasini yopib turishi kerak. Agarda kiyim shakhsiyroq hisoblangan faqatgina avratni berkitib turadigan bulsa yoki avrat shaklini kursatib tursa, bunda (kiyimda) namoz uqish makruh buladi va agar etarlicha vaqt qolgan bulsa namozni takroran uqishi kerak buladi». Iqtibos tugadi.
Eslatib utmoqchimizki, avratni shaklini bilintirib turadigan kiyimda namoz uqishlik makruh, harom emas.
«Hoshiya ad-Dasuqiy»da aytiladiki, avrat shaklini bilintirib turadigan kiyimda uqilgan namoz ravo, ammo makruh buladi. Agar etarlicha vaqt qolgan bulsa namozni qayta uqib quyishlik mustahab buladi.
«Balgatul Salik»da (1/283) aytiladiki: «Mato qalin bulishi kerak, yani kurinishi shaffof bulmasligi kerak va umuman ichi kurinmasligi kerak yoki diqqat bilan qaraganda shaffof bulishi mumkin. Agar mato bir qaraganingdayoq ichi kurinadigan bulsa, bu khuddi uning bulmaganidek (yani bu khuddi yalongoch namoz uqiyotganingdek buladi, chunki u berkitmaydi). Ammo agar mato yakhshilab qaraganingda ichi kurinsa, agar vaqt bulsa u namozni qayta uqishi kerak buladi. Bu khuddi kiyim avrat shaklini bilintirib turganidek. Chunki bunday kiyimda namoz uqishlik, tugri qarashga kura – makruh». Iqtibos tugadi.
4 – Hanbaliy mazhabi:
Bahutiy rohimahulloh «ar-Raud al-Muroba»da (1/494) aytadi: «Kiyim badan shakli yoki qismini kursatmasin deyishlik shart hisoblanmaydi. Chunki bundan saqlanishning imkoni yuq».
Ibn Qosim rohimahulloh «ar-Raud al-Muroba»ga qilgan sharhlarida, yuqorida keltirilgan Bahutiy suzlariga quyidagicha izoh beradi: «Bu uch imom – Abu Hanifa, Molik va Shofiiy rohimahumullohlar ittifoq qilgan qavldir. Yani ushbu masaladagi imom Ahmadning qarashlari, uch boshqa imomlarning qarashiga muvofiq keladi».
Ibn Qudoma rohimahulloh «al-Mugniy»da (2/287) dedi: «Agar u rangni bekitsa, biroq shaklini kursatsa, namoz ravo buladi. Chunki bundan saqlanish imkonsiz». Iqtibos tugadi.
Mardaviy «al-Insof»da (1/471) dedi: «al-Majd ibn Taymiya dedi: Badanining qismi kattaligini kursatib turishi uchun kiyimga biror narsani boglashlik (masalan kamar) ayollar uchun makruh. Ibn Tamim va boshqalar aytishdiki: Beli atrofini biror narsa bilan boglab, masalan kamar va hokazo, namoz uqishlik ayollar uchun bu makruh». Iqtibos tugadi.
Shaykh Sayyid Sobiq rohimahulloh «Fiqhus Sunna»da (1/97) aytadilar: «Avratni yopadigan kiyim kiyishlik vojib, hatto u tor va avrat shaklini bilintirib tursa ham». Iqtibos tugadi.
Bu avratni bilintirib turadigan darajada tor kiyimda namoz uqishlik borasidagi ulamolarning suzlari edi. Ular ochiq-oydin aytishmoqdaki, bunday holatda namoz ravo buladi.
Biroq bu odamlarni tor kiyimda namoz uqishlikka targib qilinadi degani emas. Aksincha, ular tor kiyim kiymasliklari yoki unda namoz uqimasliklari kerak. Chunki bu namoz uchun qilinishi buyurilgan ziynatlanishga khilof buladi. Bu erda kuproq gap bu namoz ravomi yoki yuqmi degan masala ustida borgan.
Shaykh Solih Favzon agar ayol kishi avratining shakli kurinadigan darajada tor kiyimda namoz uqisa, uning namozi ravo, biroq u bu kiyimni kiygani uchun gunohkor buladi deb fatvo berganlar.
U kishi aytadilar: «Ayol kishi tana azosini, shaklini va dumbasini bilintirib turadigan tor kiyim kiyishligi joiz emas. Tor kiyim erkak kishi uchun ham, ayol kishi uchun ham joiz emas. Biroq bu ayniqsa ayollar uchun joiz emas. Chunki ularning holatida fitna kuproq.
YOlgiz holatdagi namozga kelsak, agar inson avrati yopilgan holda mana shunday kiyimda namoz uqisa, uning namozi ravo buladi. Biroq u tor kiyimda namoz uqigani uchun gunohkor. Chunki u tor kiyim kiyishlik bilan namoz talab qilgan buyruqlardan birini buzdi. Bu birinchi jihat. Boshqa jihat shuki, bu fitnaga sabab buladi va etiborni qaratadi, ayniqsa ayollar holatida. Shunday qilib, ayollar uzlarini keng kiyimlar bilan tusishlari kerak. U kiyim ularni bekitishi va badanlaridagi har qaysi azolarini kursatmasligi yoki etiborni jalb qilmasligi kerak. Aniqrogi, bu ayol kishini tuliq berkitadigan kiyim bulishi lozim». Iqtibos tugadi («al-Muntaqo min Fatava shaykh Solih al-Favzon» 3/454).
Bazi ulamolar Paygambar sollallohu alayhi va sallamning: «Kiyingan, ammo yalangoch ayollar» degan suzlarini, bu tor kiyim kiygan ayollarga qaratilgan deb sharhlashgan. Vallohu alam.
Alloh paygambarimizga, uning oilasi va sahobalariga salavotu salomlar yullasin.

18 комментариев к “Ayol kishi uychi kiyimda namoz uqishi”

  1. Уведомление: buy track online

  2. Уведомление: Megane Boivin Chaturbate

  3. Уведомление: track with pin

  4. Уведомление: 강남셔츠

  5. Уведомление: maxbet

  6. Уведомление: สล็อต pg เว็บตรง

  7. Уведомление: sbobet

  8. Уведомление: mushroom chocolate bars for sale​

  9. Уведомление: 토토밀라노

  10. Уведомление: psilocybin mushrooms for sale oregon​

  11. Уведомление: see post

  12. Уведомление: furbaby

  13. Уведомление: window installer

  14. Уведомление: serviços informática

  15. Уведомление: Hot porn

  16. Уведомление: bio ethanol burner

  17. Уведомление: useful source

  18. Уведомление: sciences diyyala

Комментарии закрыты.