DO`STLARGA ULASHING:
AYOLLAR QANDAY HOLLARDA «AYOLLAR DAFTARI»DAN CHIQARILADI ?
📃 Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar daftari»dan chiqariladi:
❗️har bir toifa bo‘yicha belgilangan amaliy yordamlar to‘liq ko‘rsatilganda (individual dastur asosida);
❗️to‘liq davlat ta’minotiga olinganda;
❗️o‘z arizasiga ko‘ra;
❗️«Ayollar daftari»ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda;
❗️boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
❗️sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
❗️shaxs vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda.
✏️ Qarorda ko‘rsatilmagan tartibda va xech qanday yordam ko‘rsatilmay turib ushbu daftarlardan o‘zidan-o‘zi kimdir Sizni chiqarib yuborishga haqli emas.