Bahor kelyapti.

DO`STLARGA ULASHING:

Bahor kelyapti.

O’lkamizda to’rt fasl ,
Hammasi birdek asl.
Navbat olib turishar
Birin-ketin kelishar.

Qish o’rnini bushatib,
Bahorni qarshi olar.
Dexqon bobom yer yumshatib,
Dalalarga o’g’it solar.

Daraxtlar gul ochdi
Quyosh yaqin nur sochdi
Hammayoq buldi yashil
O’t o’lanlar xilma-xil.

Yangilanar hamma joy
Bog’chamiz ochdi chiroy
Maydonchamiz bezatamiz
Yonlariga gul ekamiz.

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий