BAHOR SENI SOG’INDIM

DO`STLARGA ULASHING:

                                  Men bahorga oshiqib, zorman

Kurtak ochgan sokin dillarga,

Nafislikni baxsh etgin hayot.

Eng pokiza mahzum dillarga,

Sen oxista kirib kel bahor.

O, bahor qirlaringda lolayizorman,

Taftinda men kurtak ochgan niholman.

Nafasingni intizor kutgan,

Men bahorga oshiqib zorman.

Maysaning taftini hidlay erkalab,

Gullarga gul qo’shay seni etalab.

Har tong seni kutay tog’larga qarab,

Men bahorga oshiqib, zorman.

Erimas tog’larda qishning honishi,

Ketkisi kelmaydi har tong nolishi,

Bahor ham kuylaydi keldiku ishi,

Men bahorga oshiqib, zorman.

Sen huddi go’dakning ilk qadamlari,

Sen huddi hayotning yorqin nurlari.

Bobom aytgan, momom aytgan iliq so’zlari,

Men bahorga oshiqib, zorman.

Xayqir, tog’lar oshgin ko’rsat jamoling,

Gumburlasin ona yerda sho’x bir navoying.

Ko’ksingda yangrasin ulug’ ash’oring,

Men bahorga oshiqib, zorman.

Оставьте комментарий