Baliq moyi kapsulalari foydasizmi?

DO`STLARGA ULASHING:

Baliq moyi kapsulalari foydasizmi?

2006 yilda o‘tkazilgan 89 ta ilmiy tadqiqot natijalari e’lon qilindi, unda aytilishicha baliq moyi saqlovchi kapsulalar hech qanday foydaga ega emas.
2012 yilda Journal of the American Medical Association jurnalida 68,680 ta patsiyent o‘rtasida o‘tkazilgan 20 dan ortiq tadqiqot natijalari e’lon qilindi, unga ko‘ra kapsulani doimiy ichib yurish infarkt va insult xavfini kamaytirmaydi.

Bunga ikki sabab bo‘lishi mumkin:
1. Kapsula tarkibiga juda oz miqdorda baliq moyi qo‘shiladi.
2. Kapsula tarkibidagi baliq moyi oksidlanib qoladi va sifatini yo‘qotadi.

Yangi Zelandiyalik bir guruh olimlar dunyo bo‘ylab sotiladigan baliq moyi kapsulalarini o‘rganib chiqib, «Kapsula tarkibidagi baliq moyi muddati o‘tmagan bo‘lsada oksidlanib qoladi va sifati buziladi, natijada foydasiz mahsulotga aylanadi» degan xulosaga kelishdi.

O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, tutilgan baliqni moyini olib, tayyorlab, ishlab chiqarib do‘kon va dorixonalarga sotuvga yetib kelgunicha o‘rtacha 3 yil vaqt o‘tadi. Albatta bu vaqt ichida oksidlanib qolishi yoki sifatini buzilishi hech gap emas.

Agar siz baliq yeyishni yoqtirmasangiz baliq moyi saqlovchi kapsulalar qabul qilishingiz mumkin, faqat sharti shundaki, mashxur brend ostida ishlab chiqarilgan va treska balig‘i jigaridan olingan bo‘lishi kerak.

Taomlanish ilmi (https://t.me/joinchat/UFtOc0gAG-8iTHN6)

Оставьте комментарий