Baxtiyor G‘oziyev Dadamning soyasida (Qo`shiq matni)

DO`STLARGA ULASHING:

Baxtiyor G‘oziyev Dadamning soyasida (Qo`shiq matni)
Turibman qaddim kerib
G‘urur tog‘ qoyasida
Yuribman davrim surib
Dadamni soyasida

Ravon umr yo‘llarim
Gulzor o‘ng-u so‘llarim
Ko‘kga yetar qo‘llarim
Dadamni soyasida

Dushmanga hor bo‘lmadim
Do‘stlarga zor bo‘lmadim
Yashnadim, hech so‘nmadim
Dadamni soyasida (2x)

Dadamni soyasida
Dadamni soyasida
Yuribman davrim surib
Dadamni soyasida (2x)

Tirikligi davlatim
Osh pishirar savlatim
Onam mening Jannatim
Dadamni soyasida (2x)

Yonimdasiz Onajon
Baxtiyorman men har on
Ko‘ksim tog‘, boshim omon
Dadamni soyasida (2x)

Topganlarim to‘y bo‘ldi
So‘yganlarim qo‘y bo‘ldi (2x)

Uylarim nurga to‘ldi
Dadamni soyasida
Bu ko‘nglim nurga to‘ldi
Dadamni soyasida (2x)

Dadamni soyasida
Dadamni soyasida
Yuribman davrim surib
Dadamni soyasida (2x)

Yuribman davrim surib
Dadamni soyasida

Оставьте комментарий