BAXTLI OILA QURISH UCHUN MASLAHATLAR

DO`STLARGA ULASHING:

1. Turmush o`rtog`ingiz uyga kelganida «Xush kelibsiz” deb, tabassum ila qarshi oling.

2. Ishdan kelganida unga ko`proq e’tibor bering, kuni qanday o`tganligi haqida so`rang.

          

3. Muvaffaqiyatga erishganida yoki ishi o`ngidan kelmaganda «men” va «sen” so`zlari o`rniga «biz” ni qo`llang. Turmushda «menlik”ning «bizlik”ka aylanishi bir-biringiz uchun yashayotganingizning belgisidir.

4. Qanchalik haq bo`lsangiz ham, tortishishga urinmang. Tortishish er-xotin o`rtasidagi muhabbatni so`ndiradi. Bunday holatda sukut saqlang. Bir oz vaqt o`tgach, xotirjamlik bilan to`g`ri tushuntirsangiz, u sizni albatta tushunadi.

5. Turmush o`rtog`ingizni boshqalar oldida, ayniqsa, yaqinlari oldida pastga urmang. Aksincha, ular oldida unga ko`proq hurmat ko`rsating.

6. Turmush o`rtog`ingizga boshqa erkaklarning yutug`ini gapirib o`tirmang. Bilingki, har kimning o`z yutug`i va kamchiliklari bo`ladi.

7. Yaqinlaringiz turmush o`rtog`ingizga qandaydir yordam ko`rsatgan bo`lsalar, buni aslo uning yuziga solmang, minnat qilmang.

8. Uning ota-onasini, qarindoshlarini hurmat qiling, ularning kamchiliklarini aytib yurmang. Uyingizga taklif qilib, mehmon qiling va duolarini oling.

9. Do`stlari, yaqinlari bilan ko`rishib turishiga to`sqinlik qilmang, hadeb qistovga olib uni siqmang.

10. Turmush o`rtog`ingiz va uning oila a’zolariga qilgan xizmatingizni aytib, minnat qilmang.

11. O`zingiz ishlab topgan pulni faqat o`zingizga sarflamang. Turmushni ham moddiy, ham ma’naviy birdamlik go`zallashtiradi.

12. Istaklaringiz inobatga olinishi uchun unga buyruq bermang. Yaxshisi, iltimos qiling.

13. Oilangizda moddiy tanqislik sezilayotgan bo`lsa, buni aytib uni ranjitmang. Bu kabi muammolarni birgalikda hal qilishga harakat qiling.

14. Turmush o`rtog`ingizga chiroyli ko`rinish uchun o`zingizga oro bering. Ishdan kelishidan avval yoki uyda ekanligida chiroyli va orasta kiyining.

15. Kayfiyatsiz, jahldor yoki xo`mrayib yurmang. Doim tabassum ila yurishga va go`zal xulqli bo`lishga harakat qiling.

16. Turmush o`rtog`ingiz uyga kelganida barcha ishlaringizni bir ozga chetga surib, u bilan o`tirib suhbat quring.

17. U uyda bo`lmaganida uni sog`inganingizni, kelganidan quvonganingizni va kelishini sabrsizlik bilan kutganingizni ayting.

18. Nimalarni yoqtirib-yoqtirmasligini bilib, ko`ngliga yoqadigan ishlarni ko`p-ko`p qilib turing.

19. Biror bir xato ish qilganida, «Sizga aytgandim-ku” deb aql o`rgatmang. Uning ham vaziyatini tushunishga harakat qiling.

20. Sizni bexosdan ranjitib qo`ysa, undan xafa bo`lib uzoq vaqt arazlab yurmang.

21. Biron bir iltimosingizni o`z vaqtida bajarmasa, «Mayli, hechqisi yo`q. Bu safar bo`lmasa, keyingi safar”, deb qo`ying. Keyingi gal ham unutsa, sabr va xotirjamlik bilan yana bir bor eslatib qo`ying.

22. Turmush o`rtog`ingizni xafa qilgan yoki ko`nglini og`ritgan bo`lsangiz, uzr so`rang va ko`proq mehr ko`rsating.

23. Xato qilib uzr so`raganida darhol qabul qiling.

24. Uydan chiqayotganida tabassum ila xayrlashing.

25. Ayol turmush o`rtog`idan muhabbat kutgani kabi o`zi ham unga muhabbat ko`rsatishi va doim buni bildirib turishni unutmasligi darkor

Оставьте комментарий