Bizda va qo’shni respublikalarda daromad solig’i qancha?

DO`STLARGA ULASHING:

Bizda va qo’shni respublikalarda daromad solig’i qancha?

O’tgan safar biz va qo’shnilarimizning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatgichlari haqida yozgan edik (https://t.me/NarxiQancha/3232). Bu safar daromadi va undan undiriladigan soliqlar haqida ma’lumot beramiz.

U bizda va qo’shni Respublikalarda turlichadir:

O’rtacha bir oylik aholi daromadi:
• Qozog’iston — $467;
• O’zbekiston — $260;
• Qirg’iziston — $233;
• Turkmaniston — $230;
• Afg’oniston — $205;
• Tojikiston — $140;

O’zbekistonda o’rtacha daromad 2015 yilda eng yuqori $456,6 ko’rsatgichga kelgan (https://cabar.asia/ru/kak-izmenilas-zarplata-v-tsentralnoj-azii-po-otnosheniyu-k-dollaru).

Jismoniy shaxslarning daromad solig’i:
• Turkmaniston — 8-12%;
• Qirg’iziston — 10%;
• Qozog’iston — 10%;
• O’zbekiston — 12%;
• Tojikiston — 13%;
• Afg’oniston — 20%;

Turkmanistonda aholining daromadidan kelib chiqib 8% dan 12% gacha soliq to’lashadi.

Оставьте комментарий