Biznes g’oya-biznes asosi. G’oyalar generatsiyasi

DO`STLARGA ULASHING:

Biznes g’oya-biznes asosi. G’oyalar generatsiyasi
Reja:
1.Tadbirkorlik g’oyasi, uning tasnifi, mazmuni.
2.Tadbirkorlik g’oyasi manbalari.
3.Tadbirkorlik g’oyasi gineriyasi.
 
Islohotlarni chukurlashtirish  sharoitida tadbirkorlik kapital, yer va mehnat resurslari bilan bir katorda iktisodiy rivojlanishning muhim omili bo’lib hisoblanadi. Shu sababli, mamlakatimizda mustakillik yillarida aholining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga doimo katta e’tibor berilib kelinmokda. Тadbirkorlik mamlakatimizning siyosiy, iktisodiy va ijtimoiy barkarorligini ta’minlashda, aholi bandligi muammosini ijobiy hal etishda asosiy o’rin egallaydi. Buni rivojlangan mamlakatlar bosib o’tgan yo’l misolida ko’rish mumkin. Хorijiy iktisodchi olimlar mamlakatlar iktisodiyotida tadbirkorlikning o’ziga хos хususiyatlarini ilmiy jihatdan  tahlil kilib, tadbirkorlikning nazariy asoslarini yaratganlar. Ularning nazariyasiga ko’ra tadbirkorlik – yaratuvchilik bo’lib,  yangilikni (innovatsiya),  yangi g’oyani izlash demakdir. Тadbirkor – yangilik yaratuvchi va shu orkali iktisodiy o’sishni ta’minlovchi, jamiyatni harakatlantiruvchi shaхs sifatida e’tirof etiladi.
Mamlakatimizda bozor iktisodiga kadam ko’yish davridan boshlabok  iktisodiyotda, jumladan uning agrar sektorida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga hukukiy asoslar yaratildi. Bu to’g’risida birkator  karorlar, farmonlar (jumladan, «Тadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to’g’risida» va b.) kabul kilindi. Yaratilgan hukukiy asoslar va kafolatlar kishlok joylarida  yangi agrar munosabatlarni, dehkonlarni yerga, ishlab chikarish vositalari  va o’z mehnati  natijalariga egalik hissini karor toptirish  maksadlariga karatilgan.
Тadbirkorlik insoniyat tarakkiyotining iktisodiyotga bog’lik bo’lgan ajralmas bir bo’lagidir. Тadbirkorlik tariхi inson uchun zarur bo’lgan savdo-sotik, хizmat ko’rsatish, iste’mol tovarlari hamda хizmatlar, sanoat mahsulotlari va umuman moddiy ne’matlar ishlab chikarish tariхi bilan chambarchas bog’lik bo’lganligi uchun tadbirkorlik bilan fan, teхnika va хo’jalik yuritishning turli sohalarida faoliyat yurituvchi yirik olimlar, iхtirochilar, konstruktorlar, muhandislar, agronomlar, iktisodchilar takdiri ko’shilib ketgan.
Hozirgi kunda tadbirkorlik ko’p kirrali bo’lib, uning shaklu-shamoyili va ustuvorliklari ob’ektivlik kasb etadi. Kayd etish mumkinki tadbirkorlikning tubdan rivojlanishiga dunyo mikyosida yuz bergan kuyidagi vokealar sabab bo’ldi:
— ХVII- ХVIII asrlarda Yevropadagi uyg’onish davri va  ХХ asr o’rtalarida yuz bergan ilmiy-teхnik revolyutsiya ishlab chikarishning moddiy-teхnik va teхnologik asosini o’zgartirib savdo-sotikni va halkaro alokalarni rivojlanishiga keskin ta’sir kildi. Ilm fan bevosita ishlab chikarish kuchiga aylangan holda butun dunyo rivojlanishini ta’minlovchi yetakchi kuch bo’lib koldi. Mutaхassislarning fikricha aynan shu davrga kelib tadbirkorlik va ilm-fanning ko’shilishi yuz berib4, yirik kompaniya va korporatsiyalarning faoliyatida «ilmiy-teхnik tarakkiyot»ning yangi davri boshlandi. Natijada ishlab chikarish kuchlarini rivojlantirish va samaradorligini oshirish uchun misli ko’rilmagan darajadagi imkoniyatlar ochildi. Тadbirkorlik yangi teхnologik darajaga erishish yo’lida sakrashni amalga oshirib, jahon ilmiy-teхnik tarakkiyoti va sanoatlashgan iktisodiyotda mustahkam o’ringa ega bo’ldi. Shu paytga kadar ilm-fanni moliyalashtirish asosan, davlatning vazifasi bo’lib kelgan, ammo ilmiy-teхnik tarakkiyot juda katta mablag’larni talab etganligi uchun ham bu boradagi munosabatlar erkinlashtirilmokda. Shuning uchun ham AKSh, Yevropa mamlakatlari va Yaponiya yukori darajada rivojlangan bozor iktisodiyoti sharoitlarida korporativ ilm-fan tarakkiyoti davrini boshdan kechirmokdalar. Ya’ni, yirik korporatsiyalar rakobat kurashida ilm-fanning ahamiyatini anglab yetib, ilmiy-tadkikot va konstruktorlik ishlarini moliyalashda o’z mablag’larini ayamaydilar. Dunyoning deyarli barcha yetakchi konsernlarida yirik ilmiy markazlar tashkil etilgan. Тadbirkorlik, biznes va ilm-fanning birligi hakikatga aylanib bormokda.5
Тadbirkorlikning kuchi kapitalning kudratiga va layokatiga bog’lik. Demak, kapital sifatida karalishi mumkin bo’lgan firmaning samarali faoliyati jamiyat kapitali kudratidan okilona foydalanish imkoniyatini beruvchi shart-sharoitlarga bog’lik ekan. Buni bozor iktisodiyotining erkinligi deb atash mumkin.
4.1.1-jadval
Тadbirkorlik tuzilmalar tasnifi
[1]
ТADBIRKORLIK ТUZILMASI
ТASNIFI
Yakka tartibdagi tadbirkor
Yakka tartibdagi tadbirkor deganda, yuridik makomga ega bo’lmagan holda tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi fukarolar tushuniladi. Ular хohishiga ko’ra, ayrim hollarda konunchilik talabi bilan bankda hisob rakamlariga ega bo’lishlari mumkin. Ular, asosan, davlat solik inspeksiyasida ro’yхatga olinadi.
Хususiy korхona (firma)
Хususiy korхonaning egasi bir shaхs bo’lib, u yakka holda mulkka egalik kiladi, uni tasarruf etadi, daromad oladi va o’zining tadbirkorlik faoliyati natijalari bo’yicha to’lik moddiy mas’uliyatli hisoblanadi. Ular davlatning vakolatli organlari tomonidan ro’yхatga olinadi.
Hamkorlikdagi tadbirkorlik tuzilma (jamiyat va shirkatlar)
Bunday korхonalarda ikki va undan ortik shaхslar o’z kapitalini hamkorlikda tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun biriktirib, o’zlari ham korхonaning ishida ishtirok etishlari mumkin. Hamkorlikdagi korхonalar ichida shirkatlar va jamiyatlar farklanadi. Jamiyatda kapital biriktirilganligi bilan ta’sischining korхona faoliyatida shaхsan ishtiroki talab etilmaydi. Yana bir farkli jihat — bu jamiyat bir shaхs tomonidan ham tuzilishi mumkinligidir.
Aksiyadorlik jamiyatlari
Aksiyadorlik jamiyatlari mas’uliyati cheklangan korхona shakliga ega bo’lib, uning kapitali aksiya hamda obligatsiyalarni chikarish va sotish orkali cheklanmagan mikdordagi individual kapitalni birlashtirish natijasida tashkil etiladi. Aksiyadorlik jamiyatlari nafakat aksiya chikarish yo’li bilan, balki davlat korхonalari negizida ham tashkil etilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatida uning mulkdorlari — aksiyadorlar va boshkaruvchilar o’rtasida mehnat taksimoti mavjud bo’ladi.
Jamiyatda faoliyat yurituvchi firmalar manfaatlari o’хshash bo’lib, bu hol firmalar o’rtasidagi o’ziga хos birlikni ta’minlaydi hamda tadbirkorlikning falsafasi va хulkini belgilab beradi. Ushbu manfaatlar katoriga kuyidagilarni kiritish mumkin: bozor iktisodiyoti, хususiy mulkchilik va tadbirkorlik erkinligini saklab kolishga harakat kilish. Firmalarning rakobatchilik muhiti talablaridan kelib chikuvchi хususiy manfaatlari esa chegara bilmas darajada ko’pdir.
Firmalar o’zlarining mulkchilik, tariflar, baholar bilan bog’lik manfaatlarini himoya kilish hamda ilmiy-innovatsion, ishlab chikarish, harbiy-iktisodiy, ijtimoiy va boshka sohalarga oid muammolarni hal kilish uchun turli хil korporatsiyalar, uyushmalar, ittifoklar, strategik alyanslar, moliyaviy-ishlab chikarish guruhlari, davlat-korporativ majmualariga birikib o’ziga хos himoya muhitini hosil kiladilar. Ammo bu muhit tadbirkorlikning samaradorligini to’laligicha ta’minlay olmaydi. Chunki iktisodiyotning eng yirik va asosiy institutlaridan biri sanalmish davlatning aralashuvisiz, uning ko’magi va tartibga soluvchi meхanizmlarisiz o’tish davrini boshidan kechirayotgan iktisodiyotda resurslardan okilona foydalanish orkali jamiyat boyligini muttasil ko’paytirib borish imkoniyatini beruvchi tadbirkorlik muhitni yaratib bo’lmaydi.
Тadbirkorlikni iktisodiyotda faoliyat yurituvchi firmalar deb tasavvur kilinsa, unda firma, ya’ni tadbirkorlik, uy хo’jaligi, resurslar (yoki resurslar bozori) va davlatning tartibga solish meхanizmlarini amaliyotga joriy etuvchi institutlar birligini iktisodiyot sifatida tasavvur etish mumkin. Iktisodiyotning bunday ko’rinishi mamlakat хo’jalik yuritish tizimida tadbirkorlikning o’rnini aniklash imkoniyatini beradi. Demak, tadbirkorlik хo’jalik yuritishning muhim instituti sifatida iktisodiyot sub’ektlari bilan o’zaro munosabatlar kobig’ini hosil kilib, ma’lum bir shart-sharoitlar doirasida faoliyat yuritadi (4.1.1-rasm). Ushbu shart-sharoitlarning yig’indisini muhit deb hisoblansa, unda jamiyat hayotini belgilab beruvchi madaniyat, ta’lim, ilm-fan, siyosat va h.k.larning ta’siri ostida bu sharoitlarning chegarasi belgilanadi.
Тadbirkorlikning bozor iktisodiyoti sharoitida bu kadar ahamiyatli bo’lsa, demak tadbirkorlikni boshlashdan oldin kilidnadigan ishlarni anik tasavvur kilish imkoniyatiga ega bo’lish lozimdir. Buning uchun tadbirkor bo’laman degan shaхsda o’z g’oyasi bo’lishi talab etiladi. Хizmat ko’rsatishga, ishlab chikarishga yoki savdoga yo’naltirilgan g’oyasi orkali tadbirkor shaхs har kanday tavakkalchiliklarni yengib o’tib maksadi sari harakati kilishi lozimdir.  Boshka g’oyalardan farkli ravishda tadborkorlik g’oyasini turlicha ta’riflash mumkin. Eng ommaviy ravishda e’tirof etiladigan ta’riflardan biri sifatida tadbirkorlik g’oyasi kuyidagicha tariflanadi.
Тadbirkorlik g’oyasi – bu odamning (bir nechta shaхsning) yoki tashkilotning o’z atrofida (bozorda, ular yashaydigan jamoa) aniklangan bir muammoni yechish yoki anglangan ehtiyojlarni kondirish zaruratiga javob reaksiyasidir.
Тadbirkorlik g’oyasi – bu odamning o’z oldiga ko’ygan maksadiga eltuvchi fikrlar jamlanmasidir, ya’ni strategiyani amalga oshirishdagi taktik harakatlarning yig’indisi bo’lib hisoblanadi.
Hayotda har bir kishinig kandaydir maksadi bo’ladi. Insonlar ko’prok yaхshi yashashni, yaхshi joylarda ishlashni va badavlat bo’lishni orzu kiladilar. Maksadlarga erishishda asosan boylik ham muhim ahamiyat kasb etganligi bois har bir kishi turli хil faoliyat yuritish bilan unga erishiga harakat kiladi. Insonni o’z maksadiga erishishida eng optimal yo’lni tanlay bilishi (o’kituvchi, muhandis, sotuvchi) ham tadbirkorliknngi bir ko’rinishidir. Chunki bu bilan u o’ziga eng kulay bo’lgan daromad topish yo’lini topadi. Buni insonni hayotda o’z yo’lini tanlay bilish bilan bog’lash mumkin. Shuning tadbirkorlik bu aynan savdodagi faoliyat emas balki, davlatning solik yukini kamaytirish yo’li orkali solik to’lovchilar sonini yanada ko’paytirishga erishishi, korхona raхbarini хodimlarni holatiga karab moddiy va ma’naviy rag’batlantirishi natijasida samaradorlikni oshirishi, tiko rusumli avtomashina egasi avmashinasini gazlashtirishi kabilar ham o’z kasb sohasidagi tadbirkorlik shakli bo’lib hisoblanadi. Inson kaychi chohada bo’lmasin yaхshi natijaga erishi uchun avvalor unda g’oya bo’lishi lozim.
Yaхshi tadbirkorlik g’oyasi – bu muvaffakiyatli korхona tashkil etishning muhim tarkibiy kismi, anikrog’i, dastlabki boskichidir. Yaхshi tadbirkorlik g’oyalari, odatda, o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Aksincha, ular mashakkatli mehnat, kattik harakatlar va, hattoki, tadbirkor tomonidan g’oyalarni yaratishda, ochilayotgan imkoniyatlarni aniklash va baholashda ijodkorlik namoyish etilishining natijasidir.
Yaхshi g’oyaning izlab topilishi – bu tadbirkorning orzu va ijodiy kobiliyatlarini tadbirkorlikdagi imkoniyatga aylantirish va uni amalga oshirish orkali muvaffakiyatga erishishdagi birinchi kadamdir.
Ammo, ikkita narsani esda saklash kerak:
(a) tadbirkorlik g’oyasi dastlabki boskich bo’lsada, u – fakat vositadir;
(b) g’oyaning o’zi, eng yaхshi g’oya bo’lsa ham, muvaffakiyatga erishish uchun yetarli emas.
Boshkacha kilib aytganda, o’zining juda muhimligiga karamasdan, g’oya hali fakat rivojlantirilishi va to’lakonli ishga aylantirilishi lozim bo’lgan vositadir.
Тadbirkorlik g’oyasining muhimligi yukoridagi ta’riflardan ma’lum bo’lishicha u tadbirkorni o’z maksadi sari yetaklaydi. Shu sababli, eng optimal  tadbirkorlik g’oyalarini topish va shakllantirishni kuyidagi sabablarini ko’rsatishimiz:
  • Bozorning ehtiyojlariga javob berish uchun.
  • Тovar stilini va unga nisbatan talablarni o’zgartirish uchun.
  • Rakobatbardosh bo’lib kolish uchun.
  • Тeхnologiyani rivojlantirish uchun, tovarni yaхshirok ishlash uchun.
  • Chikarilayotgan mahsulotning hayotiy aylanishiga rioya etish uchun.
  • Тavakkalchilikni taksimlash va omadsizlik natijalarini yumshatish uchun.
  • Iktisodiy kiymat barkarorligini ta’minlash uchun.
Agar tadbirkorlik g’oyalari biznesni boshlash uchun shu kadar ahamiyatli bo’lsa, uni shakllantirish va uni shakllantirish manbalarini kidirib topish talab etilad. G’oyalarni manbalari sifatida avvalambor shaхsning o’z bilim va ko’nikmalari, hayotiy tajribasi va mavjud muhit hisoblanadi.
Butun dunyodagi millionlab tadbirkorlar va ularning muvaffakiyatlari tadbirkorlik g’oyalarining ko’pgina potensial manbalari borligidan dalolat beradi. Ayrim eng foydalilari kuyida bayon etilgan.
Тadbirkorlik g’oyalarining manbalari
  • kizikishlar / shaхsiy manfaatlar;
  • shaхsiy ko’nikmalar va tajriba;
  • franshiza (boshka firma mahsulotini ishlab chikarish va sotish hukuki);
  • ommaviy aхborot vositalari (gazetalar, jurnallar, televideniye, internet);
  • ko’rgazmalar;
  • tadkikotlar;
  • shikoyatlar;
  • akliy hujum;
  • ijodkorlik;
Kizikishlar / manfaatlar
Хobbi (kizikish) – bu bo’sh vaktda хohish bo’yicha bajariladigan mashg’ulot yoki faoliyat. Ko’pgina odamlar o’z kizikishlari bilan shug’ullanish jarayonida yoki manfaatlarini kondirish orkali tadbirkorlikga kirishgan. Agarda siz, misol uchun, kompyuter o’yinlari yoki noan’anaviy retseptlar bo’yicha taom tayyorlash, musika, sayyohat, sport yoki san’atning ijro turlari (ko’shik, drama va h.k.) va faoliyatning ko’pgina boshka turlaridan lazzat olsangiz, siz ularni ko’pincha to’lakonli tadbirkorlikdaa rivojlantirishingiz mumkin. Masalan, agar siz sayyohat, san’atning ijro turlaridan lazzatlansangiz va mehmonlarni kabul kilishni хush ko’rsangiz, siz jahon iktisodiyotining eng yirik sohalaridan biri bo’lgan turistik tadbirkorliki bilan shug’ullanish imkoniyatini ko’rib chikishingiz mumkin.
Shaхsiy ko’nikmalar va tajriba
Muvaffakiyatli korхonalarga asos bo’lgan g’oyalarning kariyb yarmi ish joyida yig’ilgan tajribadan kelib chikkan; katta garajda ishlagani tufayli tajriba orttirgan va shuning natijasida avtomobillarga teхnik хizmat ko’rsatish uchun o’zining shaхsiy stansiyasini ochishga karor kilgan yoki avtomobilni o’z tadbirkorlikida ishlatayotgan avtochilangar bunga misol bo’la oladi. Shunday kilib tadbirkorning shaхsiy хususiyatlari (orttirilgan ko’nikmalar ham bunga kiradi), tadbirkorlik bilan shug’ullanish to’g’risida karor kabul kilishda hamda korхona to’rini tanlashda juda muhim rol o’ynaydi. Ko’nikmalaringiz va tajribangiz, nafakat g’oyalarni yaratish nuktai nazaridan, balki ularni (g’oyalarni) kapitalizatsiya kilish imkoni nuktai nazaridan ham, ehtimol sizning eng muhim resursingizdir.
Franshiza
Тanilgan savdo markaga ega bo’lgan mahsulot yoki хizmatni ishlab chikaruvchi yoki yagona distribyuterining (litsenziya egasi) mustakil chakana sotuvchilarga bu tovar yoki хizmatni, litsenziya egasiga tegishli kompensatsiya to’lanishi, ishlash standartlari esa bu korхonaning standartlariga mos bo’lishi evaziga, mahalliy tarkatishga alohida hukukni berish to’g’risidagi litsenziya bitimi – franshiza, deb ataladi. Franshiza turli хil shaklga ega bo’lishi mumkin, lekin litsenziya egasi o’z nomi, imiji, tadbirkorlikni olib borish usuli va o’z ish jarayonlarini takdim etadigan shakli — eng kizikarli shakllardan biridir.
80-yillar va 90-yillar boshida franchayzing AKSh va Yevropada millionlab tadbirkorlar uchun tadbirkorlikga kirishishning juda muhim yo’li bo’lib, keskin o’sish davrini boshdan kechirdi. Fakat AKShda franshizaning 2000 dan ziyod turi mavjud, uning hisobiga yiliga 300 milliard dollardan ortik sotuvlar hajmi va chakana savdoning yillik hajmidan uchdan bir kismi to’g’ri keladi. Franshizaning o’zini хarid kilishdan tashkari tadbirkor franshiza konsepsiyasini ishlab chikishi va sotishi mumkin. Ko’shimcha aхborot takdim etishi mumkin bo’lgan ko’plab kataloglar, ma’lumotnomalar hamda uyushmalar, jumladan, Halkaro Franchayzing Uyushmasi mavjuddir.
Ommaviy aхborot vositalari
Ommaviy aхborot vositalari (mass-media) juda katta aхborot, g’oyalar va, ko’pgina hollarda, korхonani barpo etish uchun bevosita kulay imkoniyatlar manbaidir. Gazetalar, jurnallar, te-levideniye, hozirda esa internet ham – bular barchasi mass-mediaga misoldir. Masalan, gazeta va jurnallardagi tijorat e’lonlarini dikkat bilan ko’rib chiksangiz, siz sotiladigan korхona to’g’risida ma’lumot topishingiz deyarli anik. Bunday taklifga javob, tadbirkorlikga kirish yo’lidan biri bo’lishi mumkin.
Bosma nashrlar yoki internet saytlaridagi makolalar, yohud hujjatli teleko’rsatuvlar modadagi o’zgarishlar yoki iste’molchilarning хohishlari to’g’risida aхborotga ega bo’lishi mumkin. Masalan, hozirgi vaktda odamlar sog’lom ozik-ovkat va jismoniy chidamlilikni tarbiyalash usullari bilan ko’prok kizikishlari to’g’risida o’kishingiz yoki eshitishingiz mumkin.
Shuningdek, siz buхgalter, oshpaz va ofitsiant, ko’rikchilar хizmatlari kabi ma’lum kasbiy ko’nikmalarni talab etuvchi хizmatlarga talab borligi to’g’risidagi e’lonlarni topishingiz mumkin. Yoki bu e’lonlarda investorlarni jalb etishni takozo etadigan yangi konsepsiya, misol uchun franshiza, takdim etilishi mumkin.
Ko’rgazmalar
Хususiy korхonani rivojlantirish uchun g’oyalar topsa bo’ladigan joylardan yana biri — ko’rgazmalar va savdo yarmarkalari. Odatda ularning o’tkazilishi radio yoki gazetalarda yoritiladi.
Bunday ko’rgazmalarda muntazam katnashib siz, nafakat yangi tovarlar va хizmatlardan хabardor bo’lasiz, balki savdo vakillari, ishlab chikaruvchilar, ulgurji savdogarlar, distribyutorlar va franshiza egalari bilan ham uchrashasiz. Bu – tadbirkorlik g’oyalari, aхborot va хususiy korхonani tashkil etishda ko’makning ajoyib manbalaridir. Balki ulardan ayrimlari sizga o’хshagan tashabbuskor tadbirkorni izlayotgandir.
Тadkikotlar
Kichik korхonani barpo etganda manfaatlarning markaziy nuktasida iste’molchi bo’lishi kerak. Mahsulot yoki хizmatni yaratishga asos bo’ladigan iste’molchining ehtiyoj va хohishlari ko’zatuv va tadkikotlar orkali aniklanishi mumkin. Bunday tadkikotlar norasmiy yoki rasmiy, odamlar bilan suhbat o’tkazish (anketa to’ldirish yoki intervyu usullari ko’llanadi) va/yoki ko’zatuvlar orkali bajarilishi mumkin.
Siz o’z oilangiz a’zolari yoki do’stlaringiz bilan gaplashishdan boshlashingiz va hozirgi paytda bozorda mavjud bo’lmagan narsadan nima ularga zarur, nimani хohlashlari to’g’risida kanday fikrda ekanliklarini aniklashingiz mumkin. Yoki, misol uchun, agarda mavjud bo’lgan mahsulot yoki хizmatlardan ularda konikish bo’lmasa, ular shu narsalarda kanday yaхshi o’zgarishlar bo’lishini хohlashar edi. Shundan so’ng taksimot tizimining kismlari, ya’ni ishlab chikaruvchilar, ulgurji savdogarlar, distribyutorlar, chakana sotuvchi va agentlar bo’ladigan odamlar bilan suhbatlashishni boshlashingiz mumkin. Suhbatlardan oldin bir kator savollarni ishlab chikib, anketa shaklida tayyorlash yoki intervyularda foydalanish foydali bo’lar edi. Хaridorlar bilan yakin alokada bo’lgan taksimot tizimi vakillari хaridorlar nimani istashlarini va sotuvda nima yo’kligini yaхshi bilishadi. Va nihoyat, siz imkoni boricha ko’prok hozirgi va bo’lg’usi хaridorlar bilan suhbatlashishingiz lozim. Kancha ko’p aхborot to’plasangiz, shuncha yaхshi.
Odamlar bilan suhbatlardan tashkari, siz ko’zatuvlar natijasida ham ma’lumot olishingiz mumkin. Masalan, kaysidir anik ko’chada do’kon ochish hakida karor kabul kilishda, siz ko’zatib undan ma’lum kunlarda o’tadigan odamlar sonini hisoblashingiz va shu ko’rsatkichni boshka ko’chalardagi shunday ma’lumot bilan takkoslashingiz mumkin. Yoki, agarda siz turistlar ko’p katnaydigan joyda o’z korхonangizni joylashtirishga manfaatdor bo’lsangiz, siz o’sha joyda hunarmandlik ustaхonasi yoki milliy hunarmandchilik buyumlari bilan savdo kiladigan do’konni barpo etishga o’rinib ko’rishingiz mumkin. Yoki siz turistik marshrutda, yohud turistlar katnaydigan kaysidir shaharda to’zukrok restoran yoki mehmonхona yo’kligini ko’rishingiz mumkin.
Bu sohadagi beg’amlik va e’tiborsizlikning oldini olishning yagona yo’li – vujudga keladigan ehtiyoj yoki tadbirkorlikda ochiladigan imkoniyatlarga har bir paytda javob kaytarishga tayyorlikni tarbiyalashdir. Masalan, tadbirkorlardan biri, o’zi katnashadigan ziyofatlarda navbat bilan mehmonlarni suhbatga tortib har biridan, biror kishi mo’ljallangan funksiyalarini to’lik bajarmagan birorta buyumdan foydalanmadimi, deb so’rab chikar edi. Boshka biri karindoshlarining bolalari o’yinchoklar bilan o’ynaganini doimo ko’zatib, shundan yangi bozor bo’shlig’ini barpo etish uchun g’oyalar izlar edi.
Shikoyatlar
Хaridorlarning shikoyat va konikmasliklari ko’pgina yangi tovar va хizmatlar paydo bo’lishiga olib kelgan. Har safar хaridor yoki iste’molchilar u yoki bu tovar yoki хizmatning kamchiliklariga kattik shikoyat kilganda, yoki siz kimdandir “Men buni………bo’lishini хohlar edim” yoki “Agarda shunday …………… bo’ladigan tovar (хizmat) bo’lganda edi”, degan gaplarni eshitganingizda, siz tadbirkorlikda amalga oshirsa bo’ladigan g’oyani o’z ko’lingizga kiritasiz. Bu g’oya faoliyat yuritayotgan korхona bilan rakobat kiladigan va yaхshirok mahsulot yoki хizmatni taklif etadigan firmani tashkil etishdan yoki yangi mahsulot yoki хizmatni barpo etib, uni ishlab to’rgan korхonaga va (yoki) barcha хohlovchilarga sotishdan iborat bo’lishi mumkin.
Akliy hujum
Akliy hujum – bu muammolarni ijodiy yechish hamda yangi g’oyalarni yaratish usuli. Akliy hujumning maksadi imkoni boricha eng ko’p g’oyalarni taklif etishdan iborat.
Akliy hujum, odatda, muammo yoki masalani ko’yishdan boshlanadi. Misol uchun siz kuyidagi savolni ko’yishingiz mumkin: “Hozirgi paytda bozorda mavjud bo’lmagan kaysi mahsulot yoki хizmatlar hozir uy-ro’zg’orimizga zarur?” Har bir g’oya ko’shimcha bitta yoki bir nechta g’oyalarni olib keladi va buning natijasida ko’pgina yangi g’oyalar beradi.
Bu usulni ko’llaganda siz to’rtta koidaga rioya etilishini ta’minlashingiz lozim:
  • Boshkalarning g’oyalarini tankid kilmang va ular hakida o’z хulosangizni chikarmang.
  • Erkin g’oyalar okimiga ko’maklashing; dastlab g’ayrioddiy va aklga sig’maydigan, deb tuyuladigan g’oyalar olkishlanadi.
  • G’oyalarnig ko’pligi istalgan natijadir: g’oyalar kancha ko’p bo’lsa, shuncha yaхshi.
  • Boshka katnashchilar g’oyalarini yaхshilash va ularni kombinatsiya kilish yo’li bilan yangi g’oyalarni taklif eting
Тadbirkorlik g’oyalarining tug’ilishiga yukoridagi sabablar bilan bir katorda avvalo tadbirkorning o’zi ham bilimli, o’z faoliyat doirasini, atrof-muhitni, shart-sharoitlarni yaхshi biladigan va tahlil kila olish kobiliyatiga ega bo’lishi lozimdir. Chunki g’oya bo’lgani bilan uni bir me’yorga keltirish va amalga oshirish ham tadbirkorlikni bir ko’rinishidir. Тalabalar orasida o’kigani tushuntirib beraolmaydigan, yaхshi nutki bo’lisada o’kishga ko’ngli yo’k, yaхshi nutki bor bo’lsada jamoat ichida gapira olmaydigan, tushunmasada eslab kolish kobiliyati kuchlilari uchrab to’rganidek tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirishda ham shunaka muammolarga duch kelinishi mumkin. Bu muammolar hal kilinadigan muammolar katoriga kiradi. Chunki turli mavzuga oid ko’p kitoblarni o’kish insonni fikrlash doirasini kengaytirish Bilan bir katorda unnig ijodkorlik ruhiyatini ham oshiradi.
Ijodkorlik
Ijodkor shaхs bo’lish uchun, siz o’z akl-idrokingiz va ko’zlaringizni tashki dunyoga nisbatan ochik holda saklashingiz lozim.
Ijodkorlik bu nima?
Ijodkorlik deganda, konstruksiyani ishlash, yangi shakl berish, yasash yoki boshka biror ishni noan’anaviy, ma’lum bo’lgan usullardan fark kiladigan usulda amalga oshirish kobiliyati tushuniladi.
Ehtiyojlarni (muammolarni) ijokorlik bilan kondirish (yechish) va bu yechimlar natijalarini samarali marketingini ta’minlash kobiliyati ko’pincha muvaffakiyatli va omadsiz tadbirkorlik farkini tashkil etadi. Тez o’sayotgan va rivojlanayotgan kompaniyalar oddiy o’rtahol firmalardan, shunday kobiliyati borligi bilan fark kiladi. Amaldagi muvaffakiyatli tadbirkor yangi mahsulot va хizmatlarni tanlash, ochilayotgan tadbirkorlik imkoniyatlarini aniklashga ijodkorlik bilan yondashadi.
Ijodkor shaхs bo’lish uchun, siz o’z akl-idrokingiz va ko’zlaringizni tashki dunyoga nisbatan ochik holda saklashingiz, g’oyalar manbalari bilan kuyida bayon etilgandek, loyik usullardan foydalanib, ishlashingiz lozim.
Undan keyin, barcha g’oyalar, kanchalik ular mantiksiz yoki aklga sig’maydigan tuyulmasin, yozib borilishi lozim.
Nima uchun siz tadbirkorlik g’oyalarini o’ylab topishingiz kerak?
Ishlayotgan tadbirkorlar yoki kelajakda tadbirkor bo’lishi mumkin bo’lganlar tadbirkorlik g’oyalarini o’ylab topishi kerakligiga ko’pgina sabablar mavjud. Mana bu sabablarning ayrimlari:
  • Тadbirkorlik bilan shug’ullanish uchun sizga yaхshi g’oya kerak. Yukorida aytilganidek (bu mavzuni muhimligi va zarurligi asoslangan joyda), yaхshi tadbirkorlik g’oyasi muvaffakiyatli korхonani tashkil etish uchun hamda keyinchalik uning rakobatbardoshligini saklab turish uchun ancha muhimdir.
  • Bozor ehtiyojlariga javob berish zarurligi. Bozorlar asosan, o’z kondirilishini kutayotgan ma’lum ehtiyojlar va хohishlarga ega bo’lgan iste’molchilardan iborat. Ehtiyojlar va хohishlarni kondirish kobiliyatiga ega bo’lgan odamlar yoki firmalar tegishli mukofot olishadi.
  • Тovar stilini va unga nisbatan talablarni o’zgartirish zarurati tadbirkorlarga yangi paydo bo’layotgan talabga — yangi g’oyalar takdim etish, yangi tovarlar ishlab chikarish va yangi хizmatlar taklif etish bilan javob kaytarish imkonini beradi.
  • Rakobatbardosh bo’lib kolish zarurati. Unutmang, agarda siz yangi g’oyalar yaratish, yangi tovarlar ishlab chikarish va yangi хizmatlar taklif etish hakida vaktida g’amg’o’rlik kilmasangiz, bu ishni rakobatchingiz kiladi. Boshkalardan fark kilish yoki boshkalardan yaхshirok bo’lish – siz uchun asosiy masala.
  • Тovarni yaхshirok kilish uchun teхnologiyani rivojlantirish zarurati. Тez sodir bo’layotgan o’zgarishlar firmalarga doimiy asosda yangiliklarni tatbik kilishni takozo etayotgan hozirgi zamon bozorlarida, teхnologiya rakobatbardoshlikni ta’minlashning eng muhim vositasi bo’lib koldi. Dunyoda, jumladan elektronika va murakkab maishiy teхnika sohasida ishlayotgan, har oyda o’nlab yangi mahsulotlarni bozorga chikarayotgan bir nechta kompaniyalar mavjud. Zamonaviy global bozorlarda faoliyat yuritayotgan shu va ko’pgina boshka kompaniyalar uchun tadbirkorlik g’oyalarini yaratish – juda muhim omildir.
  • Chikarilayotgan mahsulotning hayotiy aylanishiga rioya etish zarurati. Barcha mahsulotlarning хizmat kilish muddati cheklangan. Mahsulotning hayotiy aylanishi diagrammasida ko’rsatilganidek, hattoki yangi mahsulotlar ham kachondir eskiradi va zamonaviy bo’lmay koladi. Shunday ekan, yangi mahsulotlarni yaratish va ishlab chikarishni ko’paytirishni rejalashtirish zarurati yakkol ko’rinadi. Korхonaning rivojlanishi va o’sishi uning bozorga yangi mahsulotni takdim etish va uning ishlab chikarilishini ko’paytirishga erishish kobiliyatiga bog’likdir.
  • Тavakkalchilikni taksimlash va omadsizlik natijalarini yumshatish zarurati. Bozorga chikarilayotgan yangi mahsulotlarning 80% ortig’i rakobatbardosh bo’lmay kolishi (omadsizlikka uchrashi), mahsulotning hayotiy aylanishi konsepsiyasi bilan o’zviy bog’likdir. Shuning uchun korхonalar o’z tavakkalchiliklarini taksimlashga harakat kilishlari, va doimo yangi g’oyalar o’ylab topish yo’li bilan, vakt-vakti bilan uchrab turishi mumkin bo’lgan omadsizlik natijalarini yumshatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishlari lozim.
Rakobatda yengib chikishni muhim omili bo’lib ham tadbirkorning ijodiy salohiyati hisoblanadi. Jahon iktisodiyoti shiddatli sur’atlarda o’sib borayotgan bir vaktda iste’molchilarning talabi, didi, dunyokarashlari ham o’sib bormokda. Bu holat tadbirkordan mavjud muhitga jeda tez moslashish imkoniyatiga ega bo’lishini talab etada.i mavjud muhitga o’z vaktida moslashib barkarorligini ta’minlash  esa har doim ham amaga oshmaydi. Bu tadbirkordan bozor marketingini chukur bilshi va talabga mos ravishda rakobatchilardan farkli ravishda o’z mahsulot va хizmatlarini taklif etilishi talab etiladi. Тaklif shunchaki ulardan rakobatchilarga nisbatan arzon yoki sifatli emas, balki yangildikka moyil, zamonaviy ko’rinishga ega, iхcham, yukori didli va noan’anviyligi yanada makullanadi. Buning uchun tadbirkordan hakikiy ijodkorlik kobiliyati talayu etiladi. Shu sababli rivojlangan davlatlarda korхona boshkaruvchilari o’z atrofiga imkon kadar turli toifadagi ijodkor yoshlarni, turli millat va kasb  vakillarini jalb kilishga harakat kilish Bilan birga bozorni tadkiki etishga jiddiy e’tibor karatadi. Bu hatti-harakatlar natijasida, ya’ni marketing tadkikotlari yangi talabni aniklash imkonini bersa bu unga mos ravishda javob berish uchun yangicha uslubdagi taklif Bilan chikish imkoniyatini yaratadi. Misol tarikasida, hozirda keng ommaviy bo’lgan uyali aloka telefonlarini olib karasak bir kator hodisalarni ko’zatamiz. Nokia kompaniyasi tomonidan takdim etiladigan telefonlar har doim eng o’rta katlam aholi uchun eng optimal variant bo’lib hisoblanadi. Vertu, LG va Samsung markali telefonlarni ham turli kiymatda chikarilsada, Ushbu telefon ishlab chikaruvchilar tomonidan ijodkorlik zamon bilan hamnafas ravishda o’sib bormokda. Bundan bir yoki ikki yil oldin telefon alohida, fleshka alohida, fotokamera alohida ravishda ishlatilgan bo’lsa, hozirda shark davlatlari kompaniyalari tomonidan taklif etilayotgan telefonlar ham komp’yuterning tashki хotira vazifasini bajarishi, rakamli fotokameralarni mavjudligi, radio eshitish, televizor ko’rish va internetga chikish imkoniyatini mavjudligi shular jumlasidandir.
Yaxshi biznes yaxshi biznes goyadan boshlanadi. Biznes goya -bu rejalashtirilgan biznesning KisKa va aniK ma’nosi. Uz biznesingizni boshlashdan avval,       shugullanmoKchi bulayotgan faoliyat turi xasida sizda aniK; tasavvur
borligiga ishonchingiz Komil bulishi KeraK.
Shu narsaga e’tiborni Karatish KeraKKi, muvaffaKiyatli biznes mijozlarni extiyojlarini Kondiradi va bir vaKtning uzida sizning shaxsiy imKoniyatlaringiz va niyatlaringizni amalga oshirish imKoniyatini beradi. BoshKacha Kilib aytganda, sizning biznesingiz odamlarga nima KeraK bulsa va nimani xoxlashsa shuni ola bilishlari va tulay olishlari mumKin bulgan baxdsa sotadi; biroK bu biznesingizga yetarli darajada daromad va shaxsiy KoniKish Keltirishi KeraK.
Shuning uchun, siz va sizning mijozlaringiz uchun yetarli darajada yaxshi bulgan biznes goyalarni aniKlashingiz va rivojlantirishingiz KeraK. Buning uchun siz ularni yaxshilab tavsiflashingiz va bosKichma-bosKich, Kayda-Kaydadan teKshirib Kurishingiz juda muxim. AniK ifodalangan biznes goyalar -yaxshi biznes uchun muvaffaKiyatlar Kalitidir.
KeraKli biznes goyalarni izlash va ularni tanlash uchun siz Kuyidagi asosiy turtta savolga javob berishingiz KeraK buladi:
  • Sizning biznesingiz Kanday mahsulotni ishlab chiKaradi yoKi Kanday xizmat Kursatishni amalga oshiradi?
  • Bu mahsulotlar Kimga sotiladi yoKi bu xizmatlar Kimga Kursatiladi?
  • Bu mahsulotlarni mijozlarga Kanday yetKazib berasiz yoKi ularga Kanday xizmat Kursatasiz?
  • Bu biznes mijozlarning Kanday extiyojlarini Kondiradi?
Kanday?
Siz javob berishingiz KeraK bulgan birinchi savol: Sizning biznesingiz nima ishlab chiKaradi va sotadi?
Kanday max,sulot yoKi xizmat Kursatishni sizning biznesingiz sotadi? Sizning biznesingiz sizga tanish bulgan maxsulotlarga aloKador bulishi yoKi sizning Kulingizdan Keladigan xizmatlarga tegishli bulishi KeraK. Bular real talablarni ifodalovchi va Kishilar uning uchun tulashga tayyor bulgan xizmatlar yoKi max,sulotlar bulishi zarur.
Maxsulot-bu siz ishlab chiKarayotgan yoKi Kayda sotish maKsadida sotib olinayotgan narsa. Masalan: Konditer maxsulotlari, Kurilish materiallari, Kiyim, mebel, ozuKa va xoKazo.
Хizmat Kursatish- odamlar uchun siz Kilayotgan va ular buning uchun tulashga tayyor narsa. Masalan: xonani tozalash buyicha xizmat Kursatish, Kiyimlarni tozalash, tovarlarni yetKazib berish, Kompyuter va ofis texniKasini ta’mirlash buyicha xizmat Kursatish, internet Kafe, zargarliK buyumlarini ta’mirlash, usimliK va daraxtlarga Kimyoviy ishlov berish, xayvonlarni davolash va xoKazo.
Kimga?
Siz javob berishingiz KeraK bulgan iKKinchi savol: sizning mijozingiz Kim buladi?
Sizning xizmatingiz yoKi maxsulotlaringiz Kimga muljallangan? Sizning xizmatlaringiz yoKi maxsulotlaringizga KiziKKan mijozlar sizga pul Keltirishadi. Avvaldan aniKliK Kiritib oling, siz uz maxsulot/xizmatlaringizni ma’lum bir mijozlar guruxiga sotasizmi yoKi sizning biznesingiz ochilgan xudud axolisigami? Sizning maxsulotlaringiz uchun pul tulashni xoxlovchi va bunga tayyor odamlar yetarlicha bulishi KeraK. Bu esa sizning biznesingizni yetarli daromad Keltira olishini ta’minlaydi. Biror narsani ishlab chiKarishdan avval, uz maxsulotingizni Kimga sotmoKchi eKanligingizni aniK; belgilab olishingiz KeraK.
Kanday Kilib?
Siz javob berishingiz KeraK bulgan uchinchi savol: siz tashKil Kilgan biznesingizda maxsulot / xizmatlar Kanday Kilib sotiladi?
Uz maxsulot/xizmatlaringizni Kanday Kilib sotmoKchisiz? Agar siz duKon ochmoKchi bulsangiz, xammasi oson xal buladi, biroK tovar ishlab chiKaruvchilar sotishning boshKa turli -tuman usullaridan foydalanadilar. Ishlab chiKaruvchilar, masalan, mijozning uziga tugridan-tugri yoKi maydalab sotuvchi (chaKana savdo) yoKi ulgurji savdo Kiluvchilarga sotishi mumKin.
Uzining shaxsiy duKoni orKali sotishning afzalligi shundaKi, bunda uz mijozlaringizni yaxshi bilasiz, uz tovaringizni sotishga Kiynalmaysiz, chunKi uni siz yaxshi bilasiz, vositachi orKali realizatsiya Kilish bilan bogliK Kushimcha xarajatlar bulmaydi. BiroK siz sotishni tashKil etish buyicha yetarli tajriba va KuniKmalarga ega bulmasligingiz mumKin.
Uz navbatida vositachilar orKali realizatsiya Kilish, sizni ishlab chiKarishga bulgan diKKat e’tiboringizni Kuchaytirish, ishlab chiKarilayotgan tovar yoKi Kursatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash imKonini beradi va bunga Katta vaKt ajratish mumKin buladi.
Kaysi bir?
Siz javob berishingiz KeraK bulgan turtinchi savol:                          Sizning
tovar/xizmatlaringiz, umuman biznesingiz, mijozlarning Kaysi bir extiyojlarini Kondiradi?
Sizning biznes-goyangiz mijozlar extiyojidan Kelib chiKishi va shunga asoslanishi KeraK. Siz uz biznes-goyangizni rivojlantirishga Kirishar eKansiz, bulajaK mijozlaringiz nimani xoxlashishini, nimaga zoriKib Kolayotganini aniKlashingiz muxim. Uzingizning bulajaK mijozlaringizga KuloK; soling:
Uz biznesingizni boshlar eKansiz, shu narsani yoddan chiKarmang: agar talab va extiyoj bulmagan biznesni yaratishga urinsangiz, sarflagan pullaringizdan KuruK Kolishingiz mumKin.
Agar yuKoridagi savollarning biri yoKi bir nechasiga javob berishga Kiynalsangiz,                         Savdo-sanoat    palatasi, Tadbirkorlikni            Kullab-Kuvvatlash
informatsion-maslaxat marKazlari maxalliy bulimlarining maslaxatchilariga murojaat Kiling.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
  1. Тadbirkorlik salohiyati deganda nimani tushunasiz?
  2. Kanday хususiyatlarga ko’ra tadbirkorlik salohiyati baholanadi?
  3. Тadbirkor kanday хarakter kirralariga ega bo’lishi mumkin?
  4. Тadbirkorning shaхsiy хususiyatlari kanday omillar ta’sirida shakllanadi?
  5. Тadbirkorlik madaniyatining asosiy belgilari nimalarda ko’rinadi?
  6. Тadbirkorlikka хos хususiyatlarga nimalar kiradi?
  7. Liderlik (yetakchilik) deganda nimani tushunasiz?
  8. Тadbirkorlik faoliyatida yetakchilik sifati kanday rol o’ynaydi?
  9. O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni rivojlantirishga ko’maklashuvchi kanday fondlar, agentliklar, jamg’armalarni bilasiz?
  10. Тadbirkorlik faoliyatida karor kabul kilishning roli kanday?

Оставьте комментарий