BOLA PULI OLISHDA TO‘LANGAN ALIMЕNT OILANING DAROMADIDAN CHIQARIB TASHLANADI.

DO`STLARGA ULASHING:

BOLA PULI OLISHDA TO‘LANGAN ALIMЕNT OILANING DAROMADIDAN CHIQARIB TASHLANADI.

⚡️ Savol; Meni 3 nafar farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im davlat tashkilotida ishlaydi va 3 million so‘m oylik oladi. Turmush o‘rtog‘im oldingi oilasidagi ikki nafar farzandiga 1 million aliment to‘laydi. Shunda bizga ikki million oylik qoladi. Men yaqinda maxallaga bola puli so‘rab murojaat qilsam sizni turmush o‘rtog‘imngizni oyligi ko‘pligi uchun berilmaydi deb aytishdi shu to‘g‘rimi ?

⚡️ Javob; Yo‘q bu noto‘g‘ri. Hukumatning 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, fuqaro tomonidan to‘langan alimentlar summasi oilaning jami daromadidan chiqarib tashlanadi deb ko‘rsatilgan. Ya’ni sizni oilangizga nisbatan alimentdan qolgan o‘sha ikki million so‘mdan kelib chiqib oylik daromad xisoblanishi kerak. O‘sha ikki million so‘m siz, turmush o‘rtog‘ingiz va uch nafar farzandingizga bo‘linganida 400 ming so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda. Nizomda kishi boshiga to‘g‘ri keladigan oylik daromadning 440 ming so‘mdan oshib ketmaslik sharti bor. Sizlarni daromadingiz esa normadan oshiq emas. Oilangizda nizomning boshqa talablariga teskari holatlar bo‘lmasa demak sizlarga bola puli berilishi kerak.

Оставьте комментарий