Btsa dori preparati

DO`STLARGA ULASHING:

? Btsa dori preparati — 3 ta aminokislota va vitamin B6, B12, C kabi vitaminlarni o’zida jamlagan kompleksdir.

?Chiqarilish shakli :

— Kapsula
— Tabletka
— Suyuqlik

#Btsa vitamini
# Бца витамини

?Dori shakli : Kapsula, tabletka , suyuqlik korinishida boladi.

?Tarkibi ?

3 ta aminokislota ( leysin, izoleysin, valin ) va vitamin B 6, B12 , C kompleksdan iborat.

?Ta’sir qilishiga ko’ra :

Ko’pincha sportchilarda mushaklar massasini oshirishda , bo’y cho’zish uchun ( qisman) , fizik kuchlantiruvchi vosita.

?Qo’llanilishi

— Mushak massasini oshirish uchun
— Qonda glukoza miqdorini normallashtirish uchun
— Kamqonlikka qarshi
— Asab tizimi faoliyatini tinchlantirish uchun.
— Organizmning energiya zahirasini to’ldiradi.
— Aminokislota lar almashinuvini yaxshilashda
— Vitamin B6 va B12 miqdori organizmda kamayib ketganda.
— Immunitetni oshirish xususiyati bor.
— Qon aylanishini yaxshilashda
— Modda almashinuvini jadallashtiradi.
— Kuchlantiradi.

?Qabul qilish usuli va dozasi

Sport bilan shugullanishning birinchi kunlarida sport mashgulotidan oldin, mashgulot vaqti va mashgulotdan keyin qabul qilinadi.Keyingi kunlarda esa faqat mashgulot vaqtida qabul qilinadi.

?Nojo’ya tasiri

—Me’da ichak kasalliklarida qabul qilinganda nojo’ya ta’sirlar kelib chiqishi mumkin
— Me’da osti bezi kasalligi kuchayishi
— Jigar va buyrak yetishmovchilik kasalligi bor bemorlarda bu organlarning faoliyati yanada buzilishi.

?Qo’llash mumkin emas ?

— Me’da ichak kasalliklarida
— Me’da osti bezi kasalligida
— Jigar va buyrak yetishmovchiligida
— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas.
— Preparatga yuqori allergik reaksiya paydo bolganda.
— Sport bilan muntazam shugullanmagan holatda qabul qilish mumkin emas. ( Preparatni qabul qilgandan keyin doim sport bilan shugullanish kerak ).

Оставьте комментарий