Xoreografiya va raqs san'ati asoslari (E.Saitova, N.Abraykulova) Tamaraxonim (Tamara Artyomovna Petrosyan) (1906-y. - 1991-y.) Tamara Artyomovna Petrosyan 1906-yilda Farg‘ona shahrida ishchi arman oilasida dunyoga kelgan. 0 ‘zbek diyorida tug'ilgan arman qizi o‘zbek xalqi san’atini yaxshi bilgan, o‘z iste'dodi va zahmatli mehnati bilan boyitgan va dunyoga tanitgan buyuk san'atkordir. 0 ‘zbek sahna san'atini oyoqqa qo‘yishda ko‘pgina qiyinchilik, to‘siqlar, sinovlarga duch kelinishiga qaramay, 1920-yilda xalq ashulachisi Muhiddin Qoriyoqubov tashkil qilgan ansamblda ayollardan faqat Tamaraxonim bor edi. Ancha yosh boMishiga qaramay vokal, raqs, musiqa san'atidan ustozlari Muhiddin 34 www.ziyouz.com kutubxonasi Qoriyoqubov, Usta Olim Komilov, Yusufjon Qiziq Shakarjonov, To‘xtasin Jalilov, Jo‘raxon Sultonov, Xojisiddiq Islomov kabi mohir san’atkorlardan saboq oldi. Shu yillardan boshlab Tamaraxonim musiqali drama spektakllarida drama artisti, qo‘shiqchi, raqqosa boTib…