Biografiya

Saida Zunnunova (1926–1977)

Isteʼdodli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova 1926 yilda Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan erta yetim qolgan Saida 1941–1943 yillarda Andijon pedagogika institutida tahsil oldi, viloyat maktablarida muallima, gazeta tahririyatlarida adabiy xodim boʻlib ishladi. Saida Zunnunovaning birinchi sheʼri 1945 yili “Paxta fronti” gazetasida bosilgan. Adabiyotga muhabbat yosh shoirani Oʻrta Osiyo Davlat universitetining […]

Saida Zunnunova (1926–1977) Читать дальше »

Furqat (1859-1909)

XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi oʻzbek xalqchil adabiyotining yirik namoyandasi, maʼrifatparvari, lirik shoiri, otashin publitsisti Zokirjon Furqat Qoʻqon shahrida, Mullo Xolmuhammad oilasida dunyoga kelgan. Boʻlajak shoirning otasi zamonasining ilgʻor fikrli vakillaridan biri sifatida turli bilimlardan yaxshigina xabardor boʻlgan. Mullo Xolmuhammad xususan badiiy adabiyot muxlisi boʻlib, oʻzi ham sheʼriy iqtidor sohibi edi. Zokirjon

Furqat (1859-1909) Читать дальше »

Anvar Obidjon (1947)

Ijodi oʻta serqirra esa-da, eng avvalo kichkintoylar adibi, bolalar olamining chinakam shaydosi sifatida dovrugʻ qozongan Anvar Obidjon 1947 yil 8 yanvarda (hujjat boʻyicha 25 yanvarda) Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlogʻida tugʻilgan. Aytishlaricha, bu qishloqqa qadimda mashhur boʻlgan Bolosogʻun shahriga havas qilib nom berilgan, bora-bora, kishilar tilida Polosonga aylanib ketgan. Yosh Anvar oʻz qishlogʻidagi 13-maktabning

Anvar Obidjon (1947) Читать дальше »

Muhammad Shayboniyxon (1451–1510)

Shayboniylar sulolasining asoschisi Muhammad Shayboniyxon hukmdor Abdulxayrxonning nabirasi Shoh Budoqxonning oʻgʻli boʻlib, u 1451 yil tugʻilgandir. Bolaligidan uni Muhammad Shoh Baxt (“Shoh baxti”) deb atar edilar. Muhammad Shoh Baxtning otasi Shoh Budoq Sulton erta vafot etgan. Koʻchmanchi oliy tabaqadagilarning oʻzaro nizolari qurboni boʻlgan Abdulxayrxon vafotidan soʻng (1469) uning hokimiyatiga birlashgan qabilalar tarqab ketdi. Dashti Qipchoqning

Muhammad Shayboniyxon (1451–1510) Читать дальше »

Fitrat (1884-1938)

Fitrat XX asr oʻzbek adabiyoti, fani va madaniyatining yirik vakili. U qomusiy bilimga ega olim, adabiyot nazariyachisi, oʻtkir tilshunos, betakror dramaturg va shoir, jangovar publitsist, noshir va jurnalist, talantli davlat va jamoat arbobi edi. Abdurauf Fitrat oʻz tarjimai holida yozishicha, 1884 yilda Buxoroda tugʻildi (S. Ayniy uni 1886 yilda dunyoga kelgan deydi, hozirgi darsliklar va

Fitrat (1884-1938) Читать дальше »

Nodira (1792-1842)

Mohlaroyim Nodira XIX asrning birinchi yarmida yashab, ijod etgan mashhur shoira, davlat arbobi, madaniyat va adabiyot homiysidir. Shoira 1792 yili Andijon hokimi Rahmonqulbiy oilasida tavallud topdi. Uning onasi Oyshabegim maʼrifatli ayol boʻlgan. Oʻzining oilaviy silsilasiga koʻra Bobur nasliga mansub boʻlib, shoiraning ota-onasi ham davrning eʼtiborli kishilari edilar. Mohlaroyimning taʼlim-tarbiyasi shu muhitda kamolotga yetdi va u

Nodira (1792-1842) Читать дальше »

Turdi Farogʻiy (XVII asr)

XVII asrda yashab ijod qilgan Turdi Farogʻiy oʻzbek adabiyoti tarixida oʻziga xos mavqega ega boʻlgan shoir va mutafakkirlardan biridir. Shoir oʻz sheʼrlarini koʻp hollarda “Turdi” nomi, baʼzan esa “Farogʻiy” taxallusi bilan yozgan. “Farogʻ” Jizzax hududidagi qishloqlardan birining nomi boʻlish ehtimoli bor. Turdi Farogʻiyning hayoti va ijodi haqida tarixiy manbalarda aniq maʼlumotlar saqlanib qolmagan. Bu toʻgʻrida

Turdi Farogʻiy (XVII asr) Читать дальше »

Uvaysiy (1779-1845)

Oʻzbek adabiyoti tarixida mumtoz oʻringa ega boʻlgan Jahon otin – Uvaysiy XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan mashhur oʻzbek shoirasidir. U Margʻilon shahrining Childoʻxtaron mahallasida, taxminan 1779 yillarda dunyoga kelgan. jahon otinning otasi toʻquvchi, ham kosib boʻlib, oʻzbek va tojik tillarida sheʼrlar yozgan, onasi Chinnibibi esa oʻz davrining donishmand ayollaridan boʻlib,

Uvaysiy (1779-1845) Читать дальше »

Usmon Nosir (1912–1944)

30-yillarda koʻzga koʻringan va el ogʻziga tushgan isteʼdodli shoir Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Namangan shahrida dunyoga keldi. Yoshligi Qoʻqondagi bolalar uyida oʻtgan Usmon oʻrta maktabni bitirgach, 1931 yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Pedagogika akademiyasining til va adabiyot fakultetida Amin Umariy, Adham Hamdamlar bilan birgalikda tahsil oldi. Usmon Nosirning ilk sheʼrlari maktabda oʻqib

Usmon Nosir (1912–1944) Читать дальше »

Togʻay Murod (1948–2003)

Togʻay Murod 1948 yili Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi Xoʻja Soat qishlogʻida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida (1967–1971), Moskvadagi Adabiyot institutida (1985–1987) tahsil oldi. Respublika radiosida (1972–1975), “Oʻzbekiston fizkulturachisi” gazetasi (1976–1978), “Fan va turmush” jurnalida (1982–1984) xizmat qildi. 1976 yili Togʻay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” degan ilk qissasi “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgach,

Togʻay Murod (1948–2003) Читать дальше »