Saida Zunnunova (1926–1977)

DO`STLARGA ULASHING:

Isteʼdodli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova 1926 yilda Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan erta yetim qolgan Saida 1941–1943 yillarda Andijon pedagogika institutida tahsil oldi, viloyat maktablarida muallima, gazeta tahririyatlarida adabiy xodim boʻlib ishladi. Saida Zunnunovaning birinchi sheʼri 1945 yili “Paxta fronti” gazetasida bosilgan.
Adabiyotga muhabbat yosh shoirani Oʻrta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetiga yetaklaydi. U oʻqishni tamomlab, “Gulxan” jurnali, “Oʻzbekiston madaniyati” gazetasi va Badiiy adabiyot nashriyotida, shuningdek, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi boʻlib xizmat qildi.
Shoiraning yoshlik sururi, Vatan shukuhi va mehnat zavqini tarannum etuvchi “Qizingiz yozdi” (1948), “Yangi sheʼrlar” (1950), “Gullar vodiysi” (1954), “Qizlarjon”, “Bir yil oʻylari” (1967) sheʼriy toʻplamlari kitobxonlar tomonidan katta quvonch bilan qabul qilindi.
Saida Zunnunova nasrda ham sermahsul ijod etgan adibadir. Uning “Gulbahor” hikoyalar toʻplamida (1956) ishchilar hayoti, oila va muhabbat mavzulari aks etgan boʻlsa, “Gulxan” (1958) qissasining asosiy qahramoni ayollar boʻlib, ularning yigirmanchi yillardagi kurashi oʻziga xos badiiy boʻyoqlarda ifodalangan. Adiba yozgan “Olov” (1962), “Boʻylaringdan oʻrgilay” (1972), “Direktor” kabi asarlarning qahramonlari ham munis ayollardir.
Soʻzga xasislik, badiiy siqiqlik, tabiiylik, sunʼiy obrazlardan qochish Saida Zunnunova hikoyalariga xos xususiyatlardir. Ona Vatanga sadoqat, vatanparvarlik, halol mehnat, baxt va muhabbat tuygʻularini kuylagan shoiraning lirik sheʼrlari, jozibador qoʻshiqlari, nasriy asarlari adabiyotimiz xazinasidan munosib joy olgan.
Taniqli yozuvchi Said Ahmadning sevimli rafiqasi boʻlmish Saida Zunnunova 1977 yili ogʻir xastalikdan keyin 51 yoshida vafot etgan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

16 комментариев к “Saida Zunnunova (1926–1977)”

  1. Уведомление: Аноним

  2. Уведомление: สล็อตวอเลท ไม่มีขั้นต่ำ

  3. Уведомление: prodentim review

  4. Уведомление: Hawaiian mushroom spores,

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: couples chatrooms

  7. Уведомление: legal psilocybin mushrooms in colorado​

  8. Уведомление: Buy Firearms in USA

  9. Уведомление: 홀덤사이트

  10. Уведомление: Plantation Shutters

  11. Уведомление: the one up bar,

  12. Уведомление: buy adderall online

  13. Уведомление: black bbw lesbians

  14. Уведомление: 웹툰 사이트

  15. Уведомление: Continue Reading

  16. Уведомление: casinos not on gamstop

Комментарии закрыты.