Chaqaloqning ona sutidan keyingi ozuqasi…

DO`STLARGA ULASHING:

🍽 Chaqaloqning ona sutidan keyingi ozuqasi…

👶🏻 Odatda chaqaloq 6 oyga to‘lganida unga qo‘shimcha ozuqa berila boshlanadi. Standart holda ko‘pincha ilk ozuqa sifatida meva, sabzavot va don mahsulotlari tavsiya qilinadi. Muammo shundaki, chaqaloqlar don mahsulolarini hazm qilishga tayyor emas. Bola tahminan 3 yoshlarigacha don mahsulotlarini yaxshi hazm qila olmaydi.

🔰 1 yoshgacha bo‘lgan bolaga berilgan guruch yoki sulili bo‘tqalar nafaqat yaxshi hazm bo‘lmaydi, balki organizmda minerallarning yaxshi o‘zlashishiga to‘sqinlik qiladi. Bunga sabab bola organizmi bunday mahsulotlar hazmi uchun kerakli enzimlarni ishlab chiqarilmasligidir. Don mahsulotlaridagi fitin kislotasi esa organizmda umumiy mineral tanqisligini yuzaga keltirishi isbotlangan.

🥗 Meva va sabzavotlar antioksidantlarga boy bo‘lsada, ularda chaqaloq organizmi uchun zarur bolgan amino-kislotalar, kerakli vitaminlar, minerallar yetarli yemas. Buning ustiga, meva–sabzavotlarda kaloriya juda kam, o‘sayotgan bolaga esa kaloriyaga boy ozuqalarni asosiy ozuqa sifatida tanlash lozim. Shu sababli meva va sabzavotlar bola uchun asosiy va yagona ozuqa manbai bo‘la olmaydi.

♻️ Albatta yaqinlaringizga ham ulashing.

Manba© @pediatronline

Оставьте комментарий