DARAJA TO’RI, MERIDIAN VA PARALELLAR

DO`STLARGA ULASHING:

DARAJA TO’RI, MERIDIAN VA
PARALELLAR

▪️Yer sharining ikkita aylanmaydigan (harakatlanmaydigan ) qismi bu qutblar deb ataladi. Bu shimoliy va janubiy qutblardir.

▪️ Shimoliy va janubiy qutbni
tutashtiruvchi chiziqlar meridian chiziqlari deb ataladi.

▪️Aylana 360° bo’lganligi uchun
meridianlar soni ham 360 ta bo’lib
hisoblanadi.

▪️Bosh meridian, ya’ni 0° meridian London shahri yaqinidagi Grenvich observatoriyasi ustidan o’tganligi uchun uni Grenvich meridiani deb ham ataydilar.

▪️Bosh meridiandan sharqda joylashgan hududlar sharqiy uzunlik (shq.u.) deb ataladi va Bosh meridiandan g’arbda joylashgan hududlar g’arbiy uzunlik (g’b.u.) deb ataladi. Demak, 1800 gacha sharqdagi joylar sharqiy geografik uzunlik va g’arbdagi joylar g’arbiy geografik uzunlik deb yuritiladi.

▪️Shimoliy va janubiy qutbdan bir xil masofada joylashgan va yer sharini qoq o’rtasidan o’tadigan chiziq ekvator chizig’i deyiladi.

▪️Ekvatordan shimoliy va janubiy qutbga tomon o’tkazilgan aylanma chiziqlar parallel
chiziqlar deb ataladi.

▪️Ekvator chizig’idan janubda joylashgan hududlar janubiy geografik kenglik ( j. k.) deb ataladi va ekvatordan shimolda joylashgan hududlar shimoliy geografik kenglik (sh.k.) deb ataladi.

▪️Meridian va parallel chiziqlarining kesishuvidan hosil bo’lgan to’rga daraja to’ri debaytiladi.

▪️Yer sharidagi xohlagan joyning qaysi geografik kenglik va uzunlikda joylashganligini daraja to’ri orqali aniqlash mumkin.

Оставьте комментарий