Idish tovoqlar haqida topishmoqlar.

DO`STLARGA ULASHING:

Idish tovoqlar haqida topishmoqlar.

O’zi dumaloq lo’ppi,
Boshiga kiygan do’ppi.
Bir qulog’i bor,bir burni,
Egallaydi doim to’rni.
(choynak)

Xurmati ziyoda,
Yurmaydi piyoda,
Navbat kutib turadi,
Qo’ldan qo’lga o’tadi.
(piyola)

Chiroyli maftunkor,
Ichida naqshi bor,
Yuzi silliq dumaloq,
Nomin topgin Oybodoq.
( tovoq)

Ishlatamiz kunda,
Ovqat yeymiz unda,
Idishlarni boyi,
Oshxonada joyi.
(kosa)

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий