Daraxtlar haqida sara sherlar to‘plami

DO`STLARGA ULASHING:

Daraxt
Bog‘imizda biz bugun.
Ekdik mevali ko‘chat.
Olma, o‘rik navlari.
O‘sib bo‘lar zo‘r daraxt.
Shaftoli, olma, uzum –
O‘tqazdik har turini.
Ko‘p unumli o‘tkazdik,
Shu yakshanba kunini.

Meva berguncha daraxt,
Balki o‘tar ko‘p yillar.
Lekin hosilin ko‘rib,
Yayraydi barcha dillar.
Shu damdan unut bo‘lar.
Barcha mehnat-mashaqqat.
Mevasidan yeganlar.
Aytadi bizga rahmat.
Daraxt o‘tqazdim
Men bir daraxt o‘tqazdim,
Suvga bordim – quyishga.
Ammo ko‘kni qoplagan,
Bulutlar tushdi ishga.
Yomg‘ir yog‘di. Rayhonlar,
Bo‘yi bilan so‘yladi:
“Sen o‘tqazgan niholni,
Qara, osmon o‘yladi”.
Daraxtlar uchi falakda
Baland-baland daraxtlarning uchi falakda.
Bir hayratki, musaffo, pok, kezar yurakda.
Kichkinaman — ruhim, qalbim qarshingda karaxt.
Bir ozgina bo‘ying kalta bo‘lsa-chi, daraxt!

U paytda men shabnam edim, men lola edim.
Mittigina, yalangoyoq bir bola edim.
Baland-baland daraxtlarim, cho‘kib qolibsiz.
Hech bo‘lmasa sizni ko‘ray devdim qolipsiz.
Yuragimda na havas bor, na-da bir hayrat.
Falak sari bo‘yingni cho‘z, daraxt, bir fursat!
Har bir dardni o‘lchab-kesib shu yurishimda.
Baland-baland daraxt har kun kirar tushimga.
Daraxtning qo’shig’i
Men shunday yaraldim: Sumbatim egri.
Gullarim qalblarga solmas hayajon.
Mevamga hech kimning tushmagan mehri.
Bargim — chumoliga bo‘lmas soyabon.

Alvido! Men endi maqsadga yetdim.
Bog‘doshlar, so‘ng yo‘lga kuzating, qani.
Men o‘tin bo‘lgani uzlatga ketdim.
Men ketdim, do‘stlarim, olov bo‘lgani!
Bog’lar qiyg’os gulda
Bog‘lar qiyg‘os gulda — yaxlit bir chaman.
Har daraxt anvoyi bir tarovatda.
Bir kaft bog‘ mehnat-u hosilga vatan.
O‘zga ko‘rk, o‘zga rang har bir daraxtda.
Har navda bir gulda, har gulda bir ro‘y.
Har daraxt bargi bir dunyo hikoya.
Har birin hosili o‘zgasiga ko‘rk.
Biri biri uchun qudrat, himoya.

Vatanim ko‘zimda: qay burchi aziz.
Bilmam, qayda tole’ serzavq, serjilo?
Yalpi to‘lishadi bedaxl yurtimiz.
Naq har qarichi dil, jon tomir go‘yo.
Bir qardosh tinchisiz — o‘zga beorom.
Birining nonisiz — o‘zga emas to‘q.
Bu — qadim dunyoda yangi bir olam.
Bunda orqa tog‘siz bir tirik jon yo‘q.
Tayanch bo‘lmasaydi odamzot albat.
O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.
Daraxtlar suhbati
Qaragʻay
Boʻyin choʻzib Qaragʻay.
Yon-atrofga Qaragay.
Der u: Barcha daraxtdan.
Baland akang — Qaragʻay.

Terak
Men terakman, Terakman.
Men hammaga kerakman.
Osmon mening yelkamda.
Men olamga tirgakman.
Majnuntol
Boshim egik Majnunhol,
Majnuntolman, Majnuntol.
Dam olsangiz soyamda.
Men sizlardan mamnun tol.
Archa
Men archaman, Archaman.
Men xursandman Barchadan.
Atrofimda Aylanib.
Hech charchamang, charchamang!
Olma
Men sizlarning Olmangiz.
Xomligimda Olmangiz.
Nortojiga oʻxshab soʻng.
Voy qornim, deb qolmangiz!

Oʻrik
Qantak oʻrik otim bor.
Xoʻp mazali totim bor.
Magʻizimga berkitgan.
Qantim bor, novvotim bor.
Shaftoli
Sariq, oq shaftoliman.
Zargʻaldoq Shaftoliman.
Maqtanib oʻltirmayman.
Manandoq Shaftoliman.
Yongʻoq
Miya kabi shaklim bor.
Boshim toʻla aqlim bor.
Meni yegan donishmand.
Boʻlur degan naqlim bor.
Nashvati
Meni derlar nashvati.
Sharbatlarning sharbati.
Mazalarning mazasi.
Lazzatlarning lazzati.

Gilos
Men gilosman, quloq sol.
Rangim olu totim bol.
Topsang qoʻshalogʻimni.
Qulogʻingga taqib ol.

Оставьте комментарий