Ramazon va Ro‘za haqida sara sherlar to‘plami

DO`STLARGA ULASHING:

Ramazonga oz qoldi

Yurak hapqirib ketar,
Sogʻinchdan dil entikar,
Umidim bor yetkazar,
Ramazonga oz qoldi!

Qalbga surur bahsh etar,
Jannat eshigin ochar,
Doʻzah eshigin yopar,
Ramazonga oz qoldi!

Bu oy fayzi oʻzgacha
Raxmat yogʻar har kecha,
Nur taralar tonggacha,
Ramazonga oz qoldi!

Yerga sigʻmas malaklar,
Rad etilmas tilaklar,
Masjidda jam ummatlar,
Ramazonga oz qoldi!

Tarovehlar oʻqilar,
Tilovatlar qilinar,
Gunohlar ham toʻkilar,
Ramazonga oz qoldi!

Qadr kecha bor unda
Izlang soʻnggi oʻn kunda!
Toq kunlarning birida,
Ramazonga oz qoldi!

Hisobi yoʻq ajrlar
Hatto bilmas Malaklar,
Qabul boʻlgay tilaklar,
Ramazonga oz qoldi!

Roʻza tutaman

Bilaman koʻp gunohim,
Nadomatlar yutaman,
Nasibqilsa Allohim,
Men ham roʻza tutaman.

Erta ozonda turib,
Moʻmin, musilmon boʻlib,
Yuzlarim nurga toʻlib,
Men ham roʻza tutaman.

Muruvvat qilib har on,
Tushlarimga kir Rahmon,
Qoch yoʻlimdan ey shayton,
Men ham toʻza tutaman.

Koʻrkam boʻlar qomatim,
Kular baxtu omadim,
Tashlab yomon odatim,
Men ham roʻza tutaman.

Rizqim soʻrab tong, azon,
Onam bilan yonma yon,
Tilab Allohdan imon,
Men ham roʻza tutaman.

Toʻlib savob qozonim,
Iftorimu ozonim,
Hush kelding ramazonim,
Men ham roʻza tutaman.

Ezgu ishlarni yoqlab,
Sabrim, toqatim saqlab,
Qalbimni poklab, poklab,
Men ham roʻza tutaman.

Dard chokidan soʻkilsin,
Gʻamning qaddi bukilsin,
Gunohlarim toʻkilsin,
Men ham roʻza tutaman.

Oʻlchab berilgan umr,
Sogʻlik-halovat, huzur
Neʼmatlaringga shukur,
Men ham roʻza tutaman.
Xurshid Karim

Kirib keldi Aziz Ramazon

Bizga berib yana bir imkon.
Ajib, go‘zal otadi har tong.
Xushxabarni aytib, urib bong,
Kirib keldi Moxi Ramazon.

Oylar ichra shohi bo‘ladi.
Eng go‘zali Mohi bo‘ladi.
Qalblar oromgohi bo‘ladi.
Kirib keldi Moxi Ramazon.

Yaxshilikka yo‘l ochib, boshlab.
Ginalarni orqaga tashlab.
Shaytonlarni yig‘latib, toshlab,
Kirib keldi Mohi Ramazon.

Yomonliklar ozorlansin deb,
Nafs balosi xor zorlansin deb,
Yer yuzi bir tozalansin deb,
Kirib keldi Moxi Ramazon.

Sovg‘a qilib qadr kechasin,
Savoblarning necha nechasin,
Gunohlarni yuvib qanchasin,
Kirib keldi Moxi Ramazon.

Kibr ustiga bosilsin qadam,
Ibodatdan yuksalsin odam,
Tilovatdan mast bo‘lsin olam.
Kirib keldi Aziz Ramazon.
DILDOR

Ramazonga yetganim haqqi

Muhammadsiz ko‘ngillar qora,
Yo‘l bermasang topolmam chora,
Yo, Zuljalol, tavbamga qara-
Ramazonga yetganim haqqi.

Volidamning aybini o‘chir,
Padarimning gunohin kechir,
O‘zing rahmat sharobin ichir-
Ramazonga yetganim haqqi.

Nomahramdan burgin ko‘zimni,
Yolg‘onlardan asra so‘zimni,
Hisob qilay toki o‘zimni-
Ramazonga yetganim haqqi.

Qay go‘shada mo‘’min dili qon,
Go‘daklari o‘q yeb berar jon,
Qil ularning mushkulin oson,
Ramazonga yetganim haqqi.

Oson qilgin sabr kechasin,
Armon qilma Qadr kechasin,
Borsam… nur qil qabr kechasin-
Ramazonga yetganim haqqi.

Оставьте комментарий