DO`STLARGA ULASHING:
Bolalar haqida sherlar. Bolalar hamda bolalik haqida eng sara sherlar to‘plami. Agar zimdan kuzatsangiz bolajonlarning quvnoq o‘yinlari, shirindan-shakar qiliqlaridan tortib hatto arazlarigacha sodda va samimiy. Shuning uchun bo‘lsa kerak bolalik sog‘inchi bizni bir zum ham tark etmaydi.
Bolalar uchun sherlar
Osmonlarni to’ldirib
Samolyot utib ketdi.
Uning kuchli ovozi
Olamni tutib ketdi.
Ay Vatanim qurgan qush,
Tuxta, meni olib ket!
Tuxta, bir xat berayin,
Qanotingga solib ket.
Osmonlarda mening ham
Bitta lochin akam bor.
Xatimni ber, uqisin,
O‘qisin takror-takror.
Vatanimiz yoviga
Omon berma — deb yozdim.
Orden olmasdan turib,
Uyga kelma — deb yozdim.
Osmonlarni tuldirib,
Samolyot utib ketdi.
Uning kuchli ovozi,
Olamni tutib ketdi.
Oyi, sizda gapim bor
Oyi, sizda gapim bor,
Hammaga ayting takror.
Kim: «mittivoysan» desa,
Ayab rahmimni yesa,
Ezilib ketar ichim,
Yo’qolib qolar kuchim.
Pahlavonsan desalar,
Qahramonsan desalar
Kattalar qilolmagan,
Kattalar bilolmagan
Bir zo’r ish qilgim kelar,
Eng polvon bo’lgim kelar.
Bilim oling do’stlarim,
Aqlli bo’ling doim,
Hormang ilm olishda,
Oqillardek bo’lishda,
Dono bo’ling har ishda,
Ilmlilar xor bo’lmas,
Rostdir bu, yolg’on emas!
Koʼrdingmi, bola paqir,
Senga aytgandim, axir!
Soyabonni olgin deb,
Xaltamizga solgin deb,
Endi iviymiz andak,
Boʼlar ish boʼldi, tentak.
Аlbatta, tinsa yomgʼir,
Uyga borib, baribir,
Oyimga uzr aytib,
Bunday qilmaymiz qaytib.
Tartibli boʼlsak doim,
Yuzga kirarlar — oyim!
Sovun koʼpiklari — uchar xavoda,
Tezroq tarqaladi — essa shaboda.
Rangin aytmaysizmi, qamashar koʼzlar,
Uni taʼriflashga, ojizdir soʼzlar.
Shoirona soʼzlar, men uchun ogʼir,
Endi toʼrt baxorni koʼrdim men axir.
Shu sabab soʼzlayman, oddiyroq tilda,
Ulgʼaysam, xammani qoldiray yoʼlda.
Xavo shari bilan — samoga uchib,
Osmonga joylashib — bulutni quchib,
Bolalik chogʼimda — uchgan koʼpiklar,
Ulgʼayganim bilan meni tabriklar.
Selfiga tushaman — taʼrif aytaman,
Bolalik chogʼimga — bir zum qaytaman!
Nabiram qiziq juda.
Soʼrab qolar goxida:
Kattalar bizga oʼxshab,
Nega yigʼlamas qaqshab?».
Kattalar xam bir odam,
Baʼzan yigʼlar — ular xam.
Yigʼlashar chetga oʼtib,
Dardin ichiga yutib.
Ular yigʼlashar — unsiz,
Sizlar koʼrmaysiz — esiz!
«Bogʼchaga» desa Botir,
Koʼzlarida xavotir.
Goʼyo bogʼchada uni,
Tishin qayrab, xar kuni,
«Ola boʼji» kutmoqda,
Borganlarni yutmoqda.
Yuragi taka-puka,
Qoʼrqma Botirjon, uka.
Mexr qoʼyib, bogʼchaga,
Oʼrnak boʼlib barchaga,
Ilm olib, oʼrganib,
Maqtovlarga burkanib,
Borishni qilmani kanda,
«Zoʼr» boʼlasan oʼshanda!
Norni bosib xayajon,
Dedi: — «Аya. ayajon,
Gurillatib olovni,
Damlab qoʼydim palovni.
Suzib qoʼydim tovoqqa,
Oʼtiringlar yemoqqa!».
Qarasalar palovmas,
Koʼrganlar palov demas,
Qop-qora koʼmoch edi,
Nor oʼziga «Qoch» dedi.
Boyaqish qochdi «Ura»,
Izza boʼlgandan koʼra!
Ayon bo’lgan sher
Tandir oldida,
Yengcha turardi.
Oʼsha atrofda,
Qargʼa yurardi.
Choʼqiy boshladi,
Qargʼa yengchani.
Oʼtirib uyda,
Kuzatdim buni.
Men xayron edim,
Bu xarakatdan.
«Nima yer» dedim,
Qargʼa yengchadan.
Qargʼa ketganda,
Tandirga bordim.
Yengchada shunda,
Qatiqni koʼrdim.
Endi men uchun,
Аyon boʼldi sir.
Qurut yeydiku,
Qargʼalar axir!