DO`STLARGA ULASHING:
Dasturlashda ingliz tili muhim bo’ladimi?
Keling kichik test o’tqazamiz, o’zingiz bilgan dunyoga mashhur 5 ta dasturchi yoki IT biznesmenni eslang. Xo’sh, ulardan nechtasi ingliz tilida gapiradi?
⠀
1️⃣ Har qanday dasturchi professional sifatida rivojlanishi uchun o’z sohasining yetakchilarini kuzatishi kerak. Diqqat spoyler: Dasturlash sohasining mutaxasislari ingliz tilida so’zlashadi. Shu sababli ham kuchli dasturchilarning kodlarini o’qimoqchi bo’lsangiz, ingliz tilini bilishingiz kerak.
⠀
2️⃣ Dasturlashni o’rganishda faqatgina bir manbaga tayanib o’rganish maqsadga muvofiq emas. Til bilsangiz kifoya, Youtube orqali ham ko’plab savollaringizga javob olishingiz mumkin.
⠀
3️⃣ Dasturlashni o’rganish jarayonida sizda ko’plab savollar tug’ilishi mumkin. Bunday hollarda dasturchilar uchun maxsus forumlar juda qo’l kelishi mumkin. Faqat, ingliz tilini bilsangiz kifoya.
⠀
Siz ingliz tilini qanday darajada bilasiz? 5 ballik shkalada o’zingizni baholang va javobni kommentlarda qoldiring.