ELEKTRON JURNALGA QANCHA MUDDATDA BAHO QOʻYISHI KERAK?

DO`STLARGA ULASHING:

OʻQITUVCHILAR YOZMA NAZORAT (TEST) ISHLARI OʻTKAZGAN TAQDIRDA ELEKTRON JURNALGA QANCHA MUDDATDA BAHO QOʻYISHI KERAK?
#Savol
Men ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisiman. Yaqinda oʻquvchilardan nazorat ishi oldim. Olingan nazorat ishlarni birma-bir tekshirib, oʻquvchilarga baho qoʻygunimcha Kundalik.com yopilib qoldi.
Administratorga aytsam, siz nazorat ishlarini tekshirib, oʻsha kunni oʻzida oʻquvchilarni baholashingiz kerak edi deb aytdi. Shunday vaziyatda biz nima qilishimiz kerak? Axir ona tili fanidan nazorat ishlarini tekshirib chiqish ancha vaqt oladiku. Bir kunni oʻzida hammasiga jismonan ulgurolmayapman. Aslida nazorat ishi baholarini qancha muddatda elektron jurnalga tushirishimiz kerak?
#Javob
2021-yil 6-sentabrda Xalq ta’limi vazirligining 284-sonli buyrugʻi bilan “Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqida”gi nizom tasdiqlangan. Ushbu nizomda yozma nazorat (test) ishlari oʻtkazilgan taqdirda oʻqituvchi tomonidan ishni tekshirishi va oʻquvchilarga ish uchun baho qoʻyish muddatlari koʻrsatib oʻtilgan.
Mazkur nizomga muvofiq baho qoʻyish, darsda oʻquvchilarni davomatini belgilash, uy vazifasi va dars mavzusini kiritish, yangilash oʻqituvchi tomonidan elektron jurnalga dars kuni toʻldiriladi. Ammo, ayrim fnalardan yozma nazorat (test) ishlarini tekshirib, oʻquvchilarni baholash uzoqroq vaqt talab qilganligi bois, ushbu fanlar boʻyicha baholashda alohida muddatlar belgilangan.
❗️Ya’ni, yozma nazorat (test) ishlari oʻtkazilgan taqdirda oʻqituvchi tomonidan ishni tekshirishi va oʻquvchilarga ish uchun baho qoʻyishini quyidagi muddatlarda amalga oshiradi:
👉matematika (algebra) fanidan 5-8-sinflarda nazorat diktantlari va testlari tekshirilib va keyingi darsga, 9-sinflarda uch kun davomida elektron jurnalga kiritiladi;
👉oʻzbek, rus va ingliz tilidagi bayon va insholar, yozma ishlar 5-8-sinflarda bir haftadan kechiktirmay tekshiriladi va elektron jurnalda koʻrsatiladi, 9-11-sinflarda 10 kundan kechiktirilmay elektron jurnalga kiritilishi lozim;
👉9-11-sinflarda matematika (algebra), fizika, kimyo fanidan testlar 4 kundan ortiq boʻlmagan muddatda tekshiriladi va elektron jurnalga kiritiladi.

Оставьте комментарий