Endemik boʼqoq: salbiy oqibatlari, oldini olish va davolash

DO`STLARGA ULASHING:

Endemik boʼqoq: salbiy oqibatlari, oldini olish va davolash

Yod miqdori yetishmasligi turli qalqonsimon bez kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bu kasallikning yurtimiz hududidagi eng keng tarqalgan turi endemik boʼqoq boʼlib, asosan, yosh bolalar, oʼsmirlar, homilador hamda emizikli ayollarda koʼp uchraydi.

Bez faoliyatining pasayishi, yod miqdorining yetishmasligi quyidagi salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradi:

1 Homiladorlikda ogʼir asoratlarga sabab boʼladi:

Homilada miya rivojlanishiga salbiy taʼsir koʼrsatadi;
Umuman, homila oʼsishi va rivojlanishida orqaga qolish;
Bola tashlash va bolaning muddatidan oldin tugʼilishi;
Oʼlik chaqloqning yoki aqliy va jismoniy jihatdan zaif, nogiron bolaning dunyoga kelishi…
2. Bolalarda oʼsish jarayonini kechikishi va aqliy qobiliyatni pasayishi;

3. Yurak-qon tomir kasalliklari;

4. Gipertoniya;

5. Gipotoniya;

6. Аteroskleroz;

7. Oshqozon-ichak kasalliklari;

8. Qabziyat va ich ketishi;

9. Аsab tizimi faoliyati buzilishi;

10. Depressiya;

11. Jinsiy bezlar faoliyati susayishi;

12. Suyaklar rivojlanishinining pasayishi;

13. Past boʼylik va osteoporoz;

14. Аyrim holatlarda bu xastalik qalqonsimon bezda saraton boʼlmagan va yoki saraton oʼsimtalarining paydo boʼlishiga zamin yaratadi.

15. Hatto yod tanqisligining eng yengil shaklida ham mintaqa aholisining intelektual salohiyati 15-20 foizga kamayadi.

Оставьте комментарий