Erkin Xushvaqtov (1959)

DO`STLARGA ULASHING:

Erkin Xushvaqtov 1959 yil 5 martda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi Chambil qishlogʻida tugʻildi. Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining rejissyorlik boʻlimida (1979–1983), Oʻzbekiston davlat sanʼat institutining oliy dramaturgiya kursida (1998–2000) tahsil oldi.
Mehnat faoliyatini Oʻzbek davlat drama teatrining rejissyor yordamchisi sifatida (1985–1987) boshladi. Shundan soʻng “Diydor” teatr studiyasida aktyor (1989–1990), Oʻzbek Milliy akademik Drama teatrida yorituvchi (2001–2004) boʻlib ishladi. Hozirda mazkur teatrda adabiy emakdosh vazifasida xizmat qiladi.
Uning Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida A. Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani asosidagi inssenirovkasi (1994), “Chimildiq” (1996), “Mashrab” (1997), “Qalliq oʻyini” (2002), “Qirmizi olma” (2003), “Andishali kelinchak” (2005), “Rashk” (2008), “Sizsiz oʻtmas kunlarim” (2010), “Koʻngil” (2011), Oʻzbek davlat drama teatrida “Eski muhabbat” (2004), Respublika yosh tomoshabinlar (2004) va Respublika Qoʻgʻirchoq (2007) teatrlarida “Choʻpqoʻgʻirchoq”, Respublika yosh tomoshabinlar teatrida “Halollik tilab keldim” (2010) kabi pyesalari sahnalashtirildi.
“Chimildiq”, “Bir kuni Afandi”, “Vafo”, “Zumrad va Qimmat” ssenariylari asosida filmlar ishlandi. Erkin Xushvaqtovning “Azon ovozi” (1991), “Chimildiq” (1998), “Andishali kelinchak” (2005), “Halollik tilab keldim” (2009) kitoblari, “Chimildiq” (2009) pyesalar toʻplami nashr etildi. Dramaturgning “Mehmonjonlardan aylanay” nomli ssenariysi asosida 15 qismdan iborat teleserial tasvirga olindi.
Erkin Xushvaqtov “Mehnat shuhrati” ordeni (2002), “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni (2011) bilan taqdirlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

12 комментариев к “Erkin Xushvaqtov (1959)”

  1. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  2. Уведомление: legit dumps shop

  3. Уведомление: Study in Africa

  4. Уведомление: trouver plus ici

  5. Уведомление: Investing in the stock market

  6. Уведомление: try here

  7. Уведомление: Buy DMT Vape Pen and Cartridges Australia

  8. Уведомление: weed delivery Toronto

  9. Уведомление: buy clase azul near me​

  10. Уведомление: Devops solutions

  11. Уведомление: browning shotguns

  12. Уведомление: Lsm99 เว็บบอล Auto

Комментарии закрыты.