10-avgust – Yozuvchi Erkin A’zam tavallud topgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 10-avgust – Yozuvchi Erkin A’zam  tavallud topgan kun(1950-08-10)

Erkin A’zam 1950-yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topgan. 1967-yili o’rta maktabni tamomlagan. Shu yili Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetiga o’qishga kirib, uni 1972-yilda tugatgan. Adib avval O’zbekiston radiosida muharrir (1972—1976), undan so’ng «Guliston» oynomasida bo’lim muharriri, adabiy kotib vazifalarida ishlab (1976—1981), qalamini charxladi. 1981-yildan 1986-yilgacha «Yoshlik» jurnaliga ishga o’tib, Erkin Vohidov rahbarligida jurnalning shakllanishiga, o’z muxlisini topishiga jonbozlik ko’rsatdi. Proza bo’limini boshqargan yosh adib o’z ijodi takomili bilan birga yangi talantli ijodkorlarning paydo bo’lib, oyoqqa turishida munosib hissa qo’shdi. 1986-1992-yillar davomida ijodkor G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ko’p jildli asarlar tahririyatiga mudirlik qilib, atoqli o’zbek adiblari asarlari, saylanmalarini chop etishda o’zining munosib hissasini qo’shdi.

Оставьте комментарий