“Farzand tarbiyasida ota- onaning o`rni” mavzusidagi tadbir ishlanma

DO`STLARGA ULASHING:

O`ralova Mohigul Mamarajabovnaning “Farzand tarbiyasida ota- onaning o`rni” mavzusidagi tadbir ishlanmasi
Boshlovchi:
Assalomu alaykum hurmatli va aziz mehmonlar, ota-onalar , mo’tabar  ustozlar. Bizning 20-sonli maktabimizga “Sog`lom ona va bola yili” munosabati bilan tashkil etilgan. “Bola tarbiyasida ota-onaning o’rni” mavzusidagi  seminarga xush kelibsiz.
O’tar qancha yillar to’zoni,
Yulduzlar ko’z yoshi samoni
O’tar inson yaxshi- yomoni
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Oilada farzand dunyoga keldi. Farzandga Vatanga bo’lgan muhabbat insoniylik  tuyg’ulari, mehr- muhabbat, hurmat- izzat barcha — barchasi ona allasi bilan go’dak qalbiga singadi.
—-Alla yangraydi
Ma’naviyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon — e’tiqodini butun qiladigan vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.
Ma’naviyat insonning qon-qoni, suyak-suyagiga yillar davomida ona suti oila tarbiyasi, ajdodlar o’giti, Vatan tuyg’usi bu hayotning ba’zida achchiq, ba’zida quvonchli saboqlari bilan qatra-qatra bo’lib singib boradi.
(I. Karimov)
—— Bola ulg’ayib,  bog’chaga boradi.
Sahna ko’rinishi
Boshlovchi: Ma’lumki, o’zbek xalqi azaldan o’zining bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib tuzadi. Albatta, farzandga mehr qo’yish, ularning qorning to’q, ustini but qilish o’z yo’li bilan,lekin bolalarimizni yoshlik chog’idan boshlab milliy tarbiya, axloq –odob, yuksak ma’naviyat asosida voyaga yetkazish biz uchun doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan.
——Maktab hayoti ( sahna ko’rinishi)
Maktabdur oftobi jahon saodating,
Maktabdur osmoni zamon sabovating,
Maktab u joyi shirin maqomdur,
Maktab behisht-u jannat, hur tabiating.
Bu yorug’ dunyoda hayot bor ekan oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzod hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi.
——— Kollej hayotidan sahna ko’rinishi.
Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxt-u saodati, ularning yorug’ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin baxt-u saodat faqat boylik, mol-u mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon- e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.
Boshni fido ayla ato qoshig`a
Jismni qil sadqa ano boshig`a
Tun kuningni aylagali nur fosh
Birisin oy ayla, birisin quyosh.
——— Mahalla (sahna ko’rinishi)
Boshlovchi :    Hammamizga ayon bo’lishi tabiiyki, oila sog’lom ekan- jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan-mamlakat  barqarordir. Ma’naviy hayotimizni yuksaltirish, haqida gapirganda, mahallaning roli va ta’siri xususida to’xtalish albatta o’rinlidir.
——- Universitet (sahna ko’rinishi)
Boshlovchi :    Ma’naviyatni shakllantirishda bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil-bu ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog’liqdir.
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi-bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.
—— Vatanni madh etuvchi she’r
Boshlovchi;  Inson o’zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga-muhabbay tuyg’usi ildizi qancha teran bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo’ladi.
Muhtaram  Yurtboshimizning bizga yaratib bergan imkoniyatlardan oqilona foydalanmoqchi bo’lsak, eng avval oilamiz mustahkam bo’lmog’i lozim. Agar oilamiz mustahkam bo’lsa, farzand ta’lim dargohlarining barchasida
  1. Bog’chada
2.Maktabda
3.Kollejda
  1. Oliygohlarda komil inson bo’lib yetishishadi.
  Boshlovchi  Sizga  namoyish etilgan sahna ko’rinishidan ayon bo’lib turibdiki, farzand tarbiyasida oila, maktab, mahalla hamkorligi uzviydir. Bugungi seminar treningda siz mehmonlar bilan shu haqda suhbatlashamiz.
Dunyoda bir so`z bor
Tengdir katta kichikka.
U hatto koinotni
Harir kabi o`raydi.
Kimdir kimni yo`qlasa
Ko`z tikib yaxshilikka,
Dastavval bir- biridan
”Tinchlikmi?”- deb so`raydi.
Seminar treningda maktabimizning iqtidorli o’quvchilarning oilasi taklif qilingan. Keling ular bilan tanishamiz.
1.Malikovlar oilasi
2.Safarovlar oilasi
  1. Ahmedovlar oilasi.
Guruhlar, siz o’zingizga nom tanlab,izohlab yozishlariga qadar
4-sinflarning chiqishi namoyish etiladi.
Guruhlarning nomi eshitiladi.
Guruhlar bilan ishlash, ibratli so’zlarga ta’riflar beriladi.
  1. Onangga boshing xam qil,
Otangga gapingni kam qil.
  1. Odobli o’g’il ko’kdagi yulduz,
Odobli qiz yoqadagi qunduz.
3.Ota-onani hurmatlash va ularga har bir masalada itoatkor bo’lish-qiz va o’g’ilning eng asosiy burchidir.
  1. Bir-biringiz bilan salomlashib yuringlar, shunda o’rtalaringda mehr-muhabbat uyg’onur.
  2. Ustoz va murabbiylar hurmatini joyiga qo’yganlar bu dunyoda ham, oxiratda ham saodat topar.
  3. Ilmdan yaxshiroq xazina bo’lmas,
Qo’lingdan kelgancha tera olsang bas.
  1. Yoshlikda zahmat chekib, ilm o’rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan.
6-“D” sinf o’quvchilarining chiqishlarini tomosha qilamiz.
Ibratlarning izohi  eshitiladi.
Boshlovchi        Hikoya
Marhamat ,hurmatli mehmonlar o’z fikr- mulohazangizni bildiring
8- “A” qizlarining oilani madh etuvchi she’rlari
 
Boshlovchi  Hurmatli ota-onalar seminardan olgan fikringiz qanday?
Aytishlaricha , qaldirgòchlar ham xosiyatli xonadonlarga in qo`yar ekan. Yoki qaldirgo`ch in solgan xonadon xosiyatli bo`lar ekan. Demak , osoyishta, fayzli xonadonni qushlar ham sevadi, unga talpinadi.
Oilaning fayzli, farovon bo`lishi esa, albatta, unda yashaydigan kishilar- oila azolariga bog`liq. Ular o`zaro hamjihat bo`lib yashasa, bir maqsadni ko`zlasa bu xonadon obod bo`ladi.
Kompozitsiyaga ta`rif
musiqali chiqishlar

manba:uchquduq20-maktab.uz

Оставьте комментарий