KITOBdan – yaqin do’st yo’q nomli tadbir ishlanma

DO`STLARGA ULASHING:

KITOBdan – yaqin do’st yo’q nomli tadbir ishlanma
Tadbir quyidagi sharoitda o‘tkaziladi: xona yoki zal shior- lar, o‘qish va ilmga chorlovchi plakatlar bilan bezatiladi. Kitob ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Olib boruvchi: Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar! Xush kelibsizlar. Men sizlarni axborot-resurs markazimizda ko‘rib turganimdan juda mamnunman. Bilasizlarki,YUNЕSKO tomonidan 23 aprel “Xalqaro kitob va mualliflik huquqlari- ni qimoya qilish” kuni deb belgilangan. Ushbu kun 1995 yildan beri nishonlanadi. Bizning axborot-resurs (axborot-kutub- xona) markazi (ARM, AKM) ham bugun “Kitob – mo‘’jizaga chorlaydi” nomli tadbirni tayyorlagan. 1: Kitob – oftob. Zaminni, ona tabiatni oftob isitsa, odam qalbini kitob ilitadi, nafaqat ilitadi, balki yoritadi, nurlantiradi. Kitobga eng qisqa ta’rif berish joiz bo‘lsa, uni ma’naviyat quyoshi deb ta’riflash o‘rinlidir. Ya’ni, quyosh bo‘lmasa olamning, tabiatning, hattoki hayotning bo‘lishi shubha ostida qoladi, kitob bo‘lmasa, ma’naviyatning rivoj- lanishi ham mavhum bir fikr bo‘lib qolaveradi.
Kengroq mushohada yuritadigan bo‘lsak, millat barkamol- ligi, Vatan taraqqiyoti elning kitobxonlik darajasiga, ya’ni o‘qimishliligiga bog‘liq. Istiqloldan so‘ng mustaqil mamlaka-timizda Prezidentimiz tashabbusi va bevosita e’tibori tufayli sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Mehnat jamoalarida sport-sog‘lomlashti- rish inshootlari, tennis maydonchalari barpo etildi. Biroq sog‘lom avlod deganda faqatgina jismonan baquvvat inson- nigina tushunish masalaga biryoqlama yondoshish bo‘lur edi. Avlod barkamolligi uning ma’naviy kamolotiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Ana shuni nazarda tutsak, o‘shanday binolar yonida kitob do‘konlari, kutubxonalar qad rostlasa nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi.
2 :
har ko‘ngilning orzusi shul erur obi hayot,
qadrini bilgan kishiga shubhasiz jondir kitob.
Ko‘zning nuri, dil sururi dillarning darmonidir,
har qorong‘u dilga go‘yo mohitobondir kitob.
har balodan asraguvchi eng muhim himmat yarog‘,
Tiyri vahshat xanjari zillatga qalqondir kitob.
har kishi yoshlikda qilsa vaqtida g‘ayrat agar,
Tez zamonda oshno bo‘lmog‘i osondir kitob.
3 : O‘quvchilar qalbida yuksak ma’naviyatni shakllan- tirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosdir.
Kitob asrlarni-asrlarga, zamonlarni-zamonlarga, rishta- larni-rishtalarga ulovchi vosita. “Kitobsiz xonadon jaholatga o‘xshaydi”,degan ekan bir donishmand. Lekin to‘g‘ri kelgan kitobni o‘qish ham yaramaydi. Chunki buning bir qator sabablari bor. Avvalo, insonning umri barcha kitoblarni o‘qishga yetmay- di. Bundan tashqari, duch kelgan asarni o‘qib ketaverish kishi- ning saviyasiga, uning dunyoqarashining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin.
2- :
Ilm kaliti – kitob,
Gar o‘qisang bobma-bob,
O‘rganib bor bilimni,
Ochar bag‘ri dilingni.
Safarga chiqqan chog‘ing,
U eng yaqin o‘rtog‘ing.
Oshno bo‘lsang kitobga,
Yuksalasan oftobga.
4- : Inson tabiati, fe’l-atvori, ruhiyatiga mos narsa- larga qiziqadi. Kimdir tarixiy kitoblarga qiziqsa, kimdir falsafiy romanlarni o‘qiydi, kimdir sarguzasht asarlarni yoqtirsa, yana kimdir hajviy asarlar ixlosmandi. Yana bir boshqa odam esa she’riyat shaydosi bo‘ladi. Shuningdek, kitob- larning davriyligi ular uchun muhimdir. Masalan, mumtoz-an’anaviy, zamonaviy adabiyot namunalarining ixlosmandlari ham o‘ziga yarasha topiladi. Odamning o‘qiyotgankitobiga qarab ham uning maqsad va intilishlari, fe’l-atvori, kayfiyatini aniqlash mumkin. Shu ma’noda unga ana shu qiziqishlarini hisobga olgan holda kitob o‘qishni tavsiya qilish mumkin.
2- : Kishilar savdosi boshimdan yiroq
Erta-kech bo‘lmisham kitobga o‘rtoq
5-talaba: Bilasizlarmi, mashhur kinoaktyor kung-fu ustasi Bryus Li kitob mutolaa qilishni judayam yaxshi ko‘rar, ularga g‘oyalarning sarchashmasi deb qaragan ekan. Bryus Lining kutub-xonasida falsafiy kitoblar har qanday amerikalik faylasuf- ning kitoblaridan-da ko‘p bo‘lgan. Uni ko‘pincha Xitoy dao-monaxlarining kurash jarayoni aks ettirilgan suratlar dunyo- siga g‘arq bo‘lib o‘tirishi, og‘ir o‘ylarga cho‘mib she’r yozayotgan yoki tarjima qilayotganini ko‘rish mumkin edi.
6- : O‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan havaslari oiladan boshlanadi.
Ota-bobolarimiz xonadonlarida Mashrab, Navoiy, Bedil va boshqa shoirlarimizning asarlarini maroq bilan o‘qishgan. Farzandlari kitobxonlik davralarida ishtirok etishgan. Natijada ularda kitob o‘qishga havas uyg‘ongan.
XIX asrning o‘rtalarida Buxoro madrasalari faoliyati bilan tanishgan N.Xanikovning guvohlik berishicha, madrasa- ning to‘liq kursini o‘qib tugatish uchun tolib taxminan 137 ta kitob o‘qishi talab etilgan ekan.
7- : Bilim manbai bo‘lgan kitobni sevish va o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Kitob o‘qish madaniyatiga kitob xarid etish va kutubxonani muntazam boyitib borishga alohida e’tibor bilan qarash, kitob saqlash odobi, o‘qish jarayoni, o‘qiganni o‘ziga va hayotga tatbiq etish, bilish kabi yana o‘nlab masalalar kiradi.
2- :
Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda,
g‘amxo‘ring bo‘lgay u g‘amli zamonda.
U bilan hol tang‘o, hech bermas ozor,
Joningga yuz rohat beradi takror.
8- : Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti- ning “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’min- lashni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni yuksaltirish uchun mana shunday g‘amxo‘rlik zarur edi. Bu o‘z vaqtida chiqqan qaror, ertaga o‘z samarasini berishi shubhasizdir.
9- : Biz talabalar esa o‘z navbatida kutubxonalari- mizni turli janrdagi adabiyotlar bilan boyitishimiz mumkin. Buning uchun har bir talaba o‘z ixtiyori bilan bittadan kitob olib kelib topshirsa, kutubxona 20-30 dona kitob bilan qo‘shimcha ravishda boyiydi. Natijada 1 dona kitob olib borgantalaba yana 20-30 dona yangi kitob o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu ishga homiylarni ham jalb etish mumkin.
Farzandlari kamolini, yurt kelajagini, Vatan ravnaqini o‘ylaydigan saxovatpesha insonlarning bu ishda faol ishtirok etishi katta savob deb o‘ylaymiz.
10-talaba: Ammo, hozirgi kunda rang-barang voqea va hodisalarga boy filmlar, sarguzashtlar haqida hikoya qiluvchi boshqa vositalar – televizor, kompyuter, Internetning ta’siri kuchaymoqda. Odam kitob o‘qimasa, divanga yotvolib kuniga o‘n soatlab FM radiosini tinglaydimi, yo ikki-uchta teleserial ko‘radimi-boshining garang bo‘lgani qoladi.
Televizor, radio hech qachon kitobning o‘rnini bosa olmaydi. O‘qish va uning orqasida keladigan zakovat mamlakatni dunyoga tanitishdan ham zarurroq bo‘lgan narsaga – ma’rifatga yo‘l ochadi. Ma’rifatli, ya’ni ma’naviyati yuksak va bilimi teran bo‘lgan kadrlar yurtni farovon qiladi, mamlakat taraqqiyotini tezlashtiradi. Chinakam bilimni esa kitob o‘qimasdan turib egallash aslo mumkin emas. Shunday ekan “har doim bo‘lsin kitob” deymiz (barcha talabalar ushbu xitobnibaland ovozda aytadilar).
Talabalarning chiqishi tugagandan so‘ng navbat musiqaga beriladi qo‘shiq yoki raqs ijro etilishi mumkin).
Musiqa tugagach bir necha talaba sahnaga chiqib donolarning kitob haqidagi fikrlarini aytib beradi.
Ushbu chiqish yakunlangach, boshlovchi 2 oy davomida ARMga faol qatnagan kitobxonni davraga taklif etadi va unga esdalik sovg‘alarini: kitoblar, o‘quv qurollarinitaqdim etadi.
So‘ngra boshlovchi mehmonlarga, talabalarga va barcha tomo-shabinlarga doimo kitob bilan hamroh bo‘lishlarida yaxshi tilaklar bildirib, tadbirni yopiq deb e’lon qiladi.

manba:uchquduq20-maktab.uz

Оставьте комментарий