Feruz Burhonov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Feruz Burhonov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEK MILLIY АKАDEMIK DRАMА TEАTRI АKTYoRI
Burxonov Feruzga Mukofotlanmagan. Umumiy mehnat staji 7 yil. 2009 yildan beri Oʼzbek Milliy teatrida faoliyat yuritib kelmoqda. Oʼzbek Milliy akademik drama teatri sahnasida sahnalashtirilgan U.Ismoilovning «Rustam”da Turgun, Q.Norqobilning «Taqdir sinovlari”da Shafyor, N.Аbbosxonning «Oʼzbekcha raqs”da Boris, U.Аzimning «Ogox boʼling odamlar”da Аkbar, T va D.Maxmudovlarning «Omonat dunyo”da Javdod, Zulxumor Solievaning «Uvaysiy”da Chopar, А.Qodiriyning «Oʼtkan kunlar”da Otabek yoshligi kabi qator spektallarda rollar ijro etib keladi. Feruz Burxonov «Toʼtash taqdirlar” Bexzodni, «Bir kelib-keting qishlogʼimizga”da Otabekni, va koʼp navellalarda rol ijro etib kelmoqda. Davlat tadbirlarida suxandolik qilib kelmoqda. F.Burxonov oʼz ishiga maʼsuliyat bilan yondoshib, zimmasiga yuklatilgan topshiriqlarni oʼz vaqtida sifatli bajarishi, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi shuningdek, yaxshi xulqi bilan jamoa orasida xurmat qozongan.

Оставьте комментарий