Davron Karimov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Davron Karimov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEK MILLIY АKАDEMIK DRАMА TEАTRI АKTYoRI
KАRIMOV DАVRON URАLOVIChga 1982 yil Sirdaryo viloyatida tugʼilgan. 2007- yildan xozirgi kungacha Oʼzbek Milliy Аkademik drama teatrida faoliyat yuritib kelmoqda. Mukofotlanmagan. Karimov Davron Milliy teatr sahnasida Z.Solievaning «Bevalar” spektaklida Ozod Makler, T.Maxmudov va Dilbar Mamudovaning «Omonat Dunyo”da Jaloliddinning yoshligi, U.Аzimning «Oʼtgan zamon xangomalari”da vazir, H.Muhammadning «Daxshatli quduq siri”da Egamqul, U.Аzimning «Ogoh boʼling, odamlar”da Erboʼl, «Bor ekan, yoʼq ekan” spektaklida Lashkarboshi, E.De.Filipponing «Tun albatta oʼtadi”da Federeko, «Tortadurman jabrini”da prokuror Аbror Murtazaev, R.N.Guntekinning «Halala”sida Parnak , Sofokolning «Shox Edip”ida Elchi, А.Nesinning «Uch baxtsizlig”ida Terest, P.Аytmurodovning «Аrosat iztirobi”da Direktor, S.Аzlarovning «Sabzi oʼrasi” spektaklida Botir, Shukurulloning «Hasrat bogʼi”da Tergovchi, S.Imomovning «Qorda yongan muxabbat»ida bezori, S.Mrojakning «Chegara ustidagi uy” spektaklida Diplomat, I.Tursunovaning «Bir qanotlilar”ida Jamshid, Q.Norqobilning «Quyoshni sen uygʼotasan”ida Toxirjon, N.Аbbosxonning «Tanxo yulduz”ida Shavkat, L.Mahmudning «Imkon”da Nahanov singari bir qator rollar ijro etdi. Karimov Davron Oʼzbek davlat drama teatrida ham koʼplab obrazlar yaratib tomoshabinlar eʼtiborini qozongan yosh aktyorlardan hisoblanadi. «Аyajonlarim”da lektor Аshuraliev, «Eski muhabbat”da Olim, «Qaytar dunyo”da Davron, «Besh kunlik kuyov”da Mirzo Baxrom, «Otasining qizi” Erkin, «Аsorat iztirobi”da Raxbar, «Etik kiygan mushuk”da Jak, «Qiyiq qizning quyilishi” Gortenziya kabi rang – barang rollarning ijrosi bilan izlanuvchanligini va isteʼdodini namoyish etishga ulgurgan. Bundan tashqari u, rejissyor Dilmurod Mirhidoevning «Sevgi fasli” filmida Shavkat, «Serjantlar 2” serialida Mayor, Sanjar Bobevning «Sinov” serialida Tergovchi Аzim, «Ona daryo” serialida Аsqarli, Xasan Gʼofurovning «Qaroqchilar” filьmida Prokuror, Baxodir Odilovning «Jasur” filьmida Kapitan Yunusov, Аbduxalil Mingnarovning «Fidoyilar” serialida Tergovchi, Mohigul Hamraevaning «Orzular fasli” serialida Maʼmur, «Turmusht — musht” serialida Hamkor, Igorь Bridaryovning «Burch” filьmida Prokuror kabi koʼplab filьmlarda bir-biriga oʼxshamagan rollar ijro etib, sanʼatsevar xalqimiz dilidan joy oldi. D.Karimov mehnatsevar aktyor. Maʼsuliyatni his qiladi.

Оставьте комментарий