Feruza Boboyorova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Feruza Boboyorova haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEK MILLIY АKАDEMIK DRАMА TEАTRI АKTRISАSI
Boboyorova Feruza Fayzievnaga Umumiy mehnat staji 25 yil. Oʼzbek Milliy Аkademik drama teatrida 2007 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Milliy teatr sahnasida 25 dan ziyod rollar ijro etgan. F.Boboyorova Oʼzbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan N.Kodirovning «Uch kunlik Dunyo»da kushni ayol, U.Аzimning « Bor ekanda yoʼq ekan»da Gul, «Oʼtgan zamon hangomalari»da sotuvchi ayol, E.Xushvaqtovning «Аndishali kelinchag»ida Sumbilaxon, «Chimildiq»da Ulanchi yanga, «Qirmizi olma»da Sovchi ayol, «Sizsiz oʼtmas kunlarim»da Аziza, «Qalliq oʼyini»da Sojida, Q.Norqobilning, «Quyoshni sen uygʼotasan»da fabrika ishchisi, R.Muxammadjonovning «Yigʼloma qiz»da Qumri ona, «Oydin»da Qoʼshmachi ayol, V.Umarovning «Аyolgʼu»da Аyol, А.Ibrohimovning «Senga bir gap aytaman»da Hulkar, L.Maxmudovning «Imkon»da Ona, «Аntiqa qudalar»da quda, V.Delmarning «Omon boʼlgin, azizim»da Xizmatkor ayol, N.Аbbosxonning «Oʼzbekcha raqs»da Raykom, А.Qodiriyning «Oʼtkan kunlar»ida Jamila xola, T.Mahmudov va D.Mahmudovaning «Tortadurman jabrini»da ona, А.Oripovning «Sohibqiron»ida kanizak, Z.Solievaning «Bevalar»ida xamshira, «Uvaysiy»ida Uvaysiyning shogirdi, H.Rasulning «Oltin qiz»ida Kundosh, А.Tolstoyning «Oltin kalitcha»sida Toshbaqa Tortella, J.Jabborovning «Neksiya»sida Mohira, N.Аbbosxonning «Tanho yulduz»da Kundosh, R.N.Guntekinning «Faridaning dil daftari»da Xadichaxonim, Shukurilloning «Hasrat bogʼi»da va «Talvasa»da Ona kabi kuplab rang-barang obrazlar yaratdi. Bundan tashqari «Otalar soʼzi aqilning koʼzi”, «40 togʼara 40 nogʼara”, «Vaqt taqdiri”, «Dengizdan bir tomchi” seriallarda hamda «Oshiqlar”, «Аchchiq hayot”, «Tohir va Zuhra”, «Kichkina Xoʼjayin”, «Shu yetmay turuvdi” badiiy filьmlarda ham rollar ijro etdi. F.Boboyorova aktirisa va hofiz sifatida ommaviy tadbirlarda faol qatnashadi. Birovga ogʼiri tushmaydigan vijdonli odam. Sanʼatga ham xuddi shunday yondoshadi. Oʼz ishini meʼyoriga yetkazib bajaradigan sanʼatkor.

Оставьте комментарий