Fransiya Prezdenti Emmanuel Macron Oilasi haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Emmanuel Macron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emmanuel Macron Emmanuel Jean-Michel Frédéric Macron
Tugʻilishi 21-dekabr 1977 (42 yosh)

Amiens, Fransiya bayrogʻi Fransiya
Partiyasi Olg’a

Emmanuel Jean-Michel Frédéric Macron — fransuz siyosatchisi va sobiq sarmoyaga oid bankchi, Fransiyaning yangi saylangan 25-chi prezidenti. » Olgʻa » partiyasining yetakchisi. Fransiyaning sobiq Iqtisodiyot, sanoat va raqam ishlari vaziri boʻlgan. Bu lavozimni Manuel Valls ikkinchi hukumatida 26-avgust 2014 yildan 30-avgust 2016 yilgacha egalagan. Fransiyaning 2017 yilgi prezident saylovida gʻalaba boʻlgan, shu bilan Fransiyaning eng yosh prezidenti boʻldi.

Hayoti

Emmanuel Macron 21-dekabr 1977 yilda Amiens shahrida tugʻilgan. Otasi Jean-Michel Macron shifokor va Picardie Jules Verne Universitetida nevrologiya professor boʻlib ishlagan. Paris-Nanterre Universitetida, Siyosiy tadqiqotlar oliygohida va École nationale d’administration oʻqishni bitirgan. 1999 yildan 2001 yilgacha Paul Ricœur yordamchisi boʻlgan. 2004 yildan 2008 yilgacha Iqtisodiyot vazirligida nazoratchi boʻlib ishlagan. 2007 yildan Jacques Attali bilan birgalikda Fransiyaning yahshi osishi hayʼati boʻyicha lavozimida ishlagan. Rothschild & Cie Banqueda sarmoyaga oid bankir boʻlib ishlagan, shu ishda Moliya Mozarti laqabini olgan.

Siyosiy faoliyati

Fransiyaning 2006 yildan 2009 yilgacha Sotsialistik partiyasida boʻlgan. 2012 yildan 2014 yilgacha François Hollande Bosh kotibining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 10-iyun 2014 yili istʼefoga chiqgan va 26-avgustda iqtisodiyot vaziri qilib tayinlangan. 6-aprel 2016 yili Macron » Olgʻa! partiyasini yaratdi. 16-noyabr 2016 yili Macron Fransiya prezident saylovida qatnashadiganini aytdi. 8-may 2017 yili «Olgʻa» partiyasini raislik lavozimidan ketdi.

Saylov

Fransiyadagi 2017 yilgi saylovda qatnashgan. U saylovning 1-bosqichida 23,86% ovoz toplab 2-bosqichga chiqda. U bilan Marine Le Pen 2-bosqichga chiqdi. «Olgʻa» harakati asoschisi Emmanuel Makron Fransiyadagi prezidentlik saylovlarining 2-bosqichida 66,06 foiz ovoz bilan gʻalaba qildi. . Marine Le Pen esa 33,94 foiz ovoz oldi. Macron Fransiyaning eng yosh prezidenti boʻldi

Oilasi

2007 yilda Macron oʻzining maktabdagi fransuz oʻqituvchisiga uylandi. Brigitte Macron Emmanuel Macrondan 24 yosh katta. Brigittening oldingi eridan 3ta farzandi bor

uz.wikipedia.org
.

Оставьте комментарий